IMA Hazorasp
438 subscribers
2.49K photos
106 videos
7 files
714 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o‘quv kurslarining dastlabki mashg‘ulotlariga start berildi

Bugun poytaxtimizda umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun "Menejerlik o'quv kurslari" ni boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivojidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘z tavsiyalarini ulashdi.

🔗 Ma’lumot uchun: o‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitiladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1463

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#менежерлик_ўқув_курси
#таълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird menejerlik o‘quv kursi haqida


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari direktorligiga nomzodlarni o‘qitish maqsadida menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

O‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad nima;

mashg‘ulototlarga kimlar jalb etiladi;

o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar qayerga murojaat qiladi;

menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan nomzodlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?


👏 An’anaga muvofiq Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videolavhadan yuqoridagi savollarga to‘liq javob topasiz.


❗️Menejerlik o‘quv kursi — zamonaviy direktorlar maktabi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Videoselektor yig‘ilishida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hokimlar yana mingta maktabda Prezident maktablari ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yishda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM