IMA Hazorasp
436 subscribers
2.59K photos
113 videos
7 files
740 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
#Kasbga_yònaltirish
#Hazorasp_IM

🏢 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi  10-11-sinf o'quvchilari  Hazorasp tuman "Hazorasp Diamond" MCHJ korxonasida bo'lishdi.

🔖O'quvchilar bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.   
 
🔴 Bu kabi amaliyotlar zamirida,  keyingi yillarda O'zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan yoshlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.                                            


🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Taekvondo_WT
#3_òrin

💠
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchisi Odilbekov Nodirbek Elyor o'g'li
🥋Taekvondo WT bo'yicha bolalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida "BUKHARA OPEN V"  respublika ochiq turnirida 2011-yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida 46 kg vaznda faxrli 🥉-darajali diplom bilan taqdirlandi.

🎉 G‘olib o‘quvchini va maktab jamoasini samimiy tabriklaymiz.

Bizni kuzatishda davom eting:
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hayʼat_majlisi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

❗️Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Tadbirda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doir qator muhim masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.

✔️Yig‘ilish so‘ngida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1354

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Xorazm
#jarayon

📝 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faolyat olib borayotgan matematika va kimyo fanlari o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilindi. Unda jami 62 nafar pedagoglar ishtirok qilmoqda.

📍Ma'lumot uchun,ushbu bosqich gʻoliblari 2024-yilning yanvar oyida oʻtkaziladigan Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

💯 Olimpiadada ishtirok qilayotgan barcha ustozlarimizga omad tilab qolamiz.

🌐Telegram | Facebook
Assalomu alaykum ustozlar!

28-noyabr kunidan asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start beriladi.

28-noyabr kuni - 9-sinflarga;
29-noyabr kuni - 10-sinflarga;
30-noyabr kuni - 11-sinflarga

Asosiy fan olimpiadaning barcha turlari (yozma ish, test) shu kunning o'zida Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat binosida hamda Urgach tumani 48-maktabda o'tkaziladi.

Manzil: 📍 Urganch tuman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy
Bugun asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start berildi.

Jarayonlar Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat binosi va Urganch tumanidagi 48-sonli maktabda bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, olimpiada 28-noyabr kuni 9-sinflarga, 29-noyabr kuni 10-sinflarga, 30-noyabr kuni 11-sinflar uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt