"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.55K subscribers
3.94K photos
683 videos
3 files
1.78K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
"Hududgaztaʼminot" AJning rasmiy xabari

Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan tabiiy gaz isteʼmolining ortishi kutilmoqda. Isteʼmolchilar o‘rtasida yoqilg‘ini teng taqsimlash maqsadida «Hududgaztaʼminot» AJ fuqarolardan undan oqilona foydalanishga chaqiradi.

Hozirgi vaqtda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy, suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida soha mutaxassislari tomonidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Yirik sanoat obyektlari, AGQKSH va xususiy sektorga gaz yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu sovuq ob-havo davrida tejalgan gazni aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyojlariga yo‘naltirish imkonini beradi.

Gaz taʼminoti mutaxassislari muammoli joylarda gaz taʼminotini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Yaqinda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishi tugallanib, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘ida yashovchi isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi, yuqori bosimli yer osti gaz tarmog‘iga ulandi. Bugungi kunda o‘lchov uzellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Poytaxtning gaz taʼminoti tizimidagi yana bir muammo yechimini topdi. Xususan, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani "Kichik Beshyog‘och" ko‘chasi hududida o‘rta bosimli gaz quvuri qurilib, 128 - sonli ko‘p qavatli uyning isitish qozoniga ulandi. "Rakat boshi" ko‘chasidagi yaroqsiz holga kelgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvuri o‘rniga yer usti shaklidagi gaz quvuri qurildi. Sergeli tumanidagi “Jaloyir” MFY, «Ilg‘or» va “Dilkash” ko‘chalarida gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 1,8 km yer usti yuqori bosimli gaz quvuri qurildi va ikkita yangi gaz taqsimlash qurilmasi o‘rnatildi.

Ayni paytda Namangan shahridagi “Maʼrifat” mahallasi hududidagi 14 ta ko‘p qavatli uylarning gaz taʼminotini yaxshilash uchun 3,5 km uzunlikdagi yuqori bosimli gaz quvurini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Ob-havoning keskin yomonlashganiga qaramay, isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilash bo‘yicha amaliy jarayonlar olib borilmoqda. Ushbu davrda mahalla va uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz tanqisligini oldini olish maqsadida «Hududgaztaʼminot» AJ fuqarolardan gaz isteʼmol qiladigan jihozlardan faqat zarur hollarda foydalanishlarini va iloji boricha uydan chiqib ketayotganda isitish moslamalarini o‘chirishni unutmasliklarini iltimos qiladi.

Fursatdan foydalanib, «Hududgaztaʼminot» AJ tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

«Hududgaztaʼminot» AJ tizimi mutaxassislari barcha takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqami orqali, gaz sizib chiqishi holatlari, favqulodda vaziyatlarni va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni 104 raqami bo‘yicha qabul qiladilar.

"Hududgaztaʼ minot " AJ matbuot xizmati
Forwarded from Aktualno.uz
АО «Худудгазтаъминот» приняло ряд мер по улучшению газоснабжения - фото

#Потребитель

👉 https://aktualno.uz/ru/news/7755

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadida poytaxtimizda amaliy ishlar davom etmoqda

Sergeli tumani eski "Jaloyir" MFY aholisiga tabiiy gaz yetkazib berish ko‘lamini oshirish maqsadida "Hudugaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Sergelitumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan diametri 114mm yuqori bosimli, uzunligi 2km 100m bo‘lgan gaz quvurlari tortilib, 2 ta yuqori va o‘rta bosimli GTPlar o‘rnatildi.

Ushbu xayrli ishlar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tomonidan 7 ta payvandlash brigadasi hamda 4 ta maxsus texnikalar ajratilib, ishlar bir hafta davomida, 2 semenada kecha-yu kunduz olib borildi.

Natijada mahallada istiqomat qiluvchi 500 dan ortiq xonadonlarda gaz bosimi bir me'yorga keltirildi. Bugun eski "Jaloyir" mahallasidagi har bir xonadon qishni qirovli kunlariga tayyor holda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aholi fikri!

Bu kabi xayrli ishlardan aholi mamnun.
Eski "Jaloyir" MFY raisi Mahmuda opa fidoyilar mehnatini quydagicha ta'riflaydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
Photo
HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! TA'MIRLASH ISHLARI SABABLI YUNUSOBOD TUMANINING AYIRM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI.

Yunusobod tumani shimoliy qo'riqlash gaz taqsimlash punkitidagi d-720mmli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Shu sababli tumanning ayrim joylarida ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Shundan;

Aholi xonadonlari

6-kvartilda 43 ta ko'p qavatli uyning 2450 ta xonadonida;
7-kvartilda 50 ta ko'p qavatli uyning 2700 ta xonadonida;
15-kvartilning 56 ta ko'p qavatli uyning 3500 ta xonadonida.

"Iftixor" MFYning 700 ta uy xo'jaliklarida, "Turk qo'rg'on" MFYdagi 800 ta uy xo'jaliklarida, "Registon" MFYdagi 520 ta uy xo'jaliklarida, "Otchopar" MFYdagi 1000 ta uy xo'jaliklarida.

Ijtimoiy obyektlar

17 ta kasalxonalarda, 3 ta maktab, 5 ta bog'cha, 20 ta korxona, 60 ta maishiy xizmatlarda.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

Ta'mirlash ishlari yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berib boramiz.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
#Siz uchun xizmatdamiz

Mehnatkashlar noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan o'z ishlarini sidqidildan davom ettirmoqda.

"Hududgaz Potaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! TA'MIRLASH ISHLARI SABABLI YUNUSOBOD TUMANINING AYIRM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI. Yunusobod tumani shimoliy qo'riqlash gaz taqsimlash punkitidagi d-720mmli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan.…
HURMATLI ISTE'MOLCHILAR! YUNUSOBOD TUMANINING AYIRM MAHALLALARIDA TA'MIRLASH ISHLARI O'Z YAKUNIGA YETGANLIGINI MA'LUM QILAMIZ.

Hozirda Yunusobod tumanidagi mahallalarda tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No comment

Izohsiz ish jarayonlari

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali rasmiy munosabati

Avval xabar qilinganidek, 10 yanvar kuni Yunusobod tumanining "Shimoliy" gaz taqsimlash punktida D-720mm bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Uni bartaraf etish maqsadida hududdagi baʼzi mahallalarga gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali xodimlarining tinimsiz harakatlari bilan taʼmirlash ishlari tez orada yakunlandi. Hozirda Yunusobod tumani isteʼmolchilariga tabiiy gaz bir meʼyorda yetkazilmoqda.


"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Taʼmirlash ishlari tufayli Yashnobod tumanining baʼzi hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Yashnobod tumani 1-tor Aviasozlar hududidan o‘tgan D-50 mmli past bosim gaz quvuriga daraxt sinib tushishi natijasida gaz quvuri uzilishi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida bugun 1-tor Aviasozlar hududidagi 14 va 20 - uylardagi 120 ta xonadon isteʼmolchilarga tabiiy gaz taʼminotini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmat
TA'MIRLASH ISHLAR TUFAYLI SERGELI TUMANINING BA'ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILDI

Sergeli tumani "Feruz" ko‘chasi 8-uy oldidan o‘tgan D-50mm past bosimli gaz quvuri ustiga daraxt sinib tushganligi sababli gaz quvuri uzilib tushgan. Natijada hududdagi 20 ta uy xo‘jaliklarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Hozirda "Sergelitumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi payvandlash brigadasi tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
TA'MIRLASH ISHLAR TUFAYLI SHOYXONTOHUR TUMANINING BA'ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHALIK TO‘XTATILDI

Shayxontoxur tumani "Navoiy" ko‘chasi 39-ko‘p qavatli uy istish qozonxonasiga o‘tgan yer osti D-89 past bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Shu sababli 39-ko‘p qavatli uydagi 40ta xonadonda issitish tizimi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Hozirda hududda "Shayxontohurtumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi payvadlash brigadasi tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati