"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.55K subscribers
3.92K photos
677 videos
3 files
1.77K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Audio
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarning is gazidan zaxarlanishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davra suhbati o’tkazildi.

🔥“Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti mutaxassislari hamda Favqulodda vaziyatlar Yunusobod tuman bo’limi mas’ullari mavsum boshlanishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlar bo’yicha talabalarga batafsil tushunchalar berib o’tdi.

📻 “Mahalla” radiosining “Yangiliklar” dasturida shu haqda so’z bordi.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Audio
Joriy yil 2 - noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko’chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan edi.

🏝🌳🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek yashil maydonlarni ko’paytirish orqali yurtimizda ekologik xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda mavjud daraxtlar parvarishiga munosib hissa qo’shish maqsadida belgilangan joylarda ko’chat ekish loyihasiga start berildi. Joriy yil 10 - dekabrga qadar loyiha doirasida “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.

“Mahalla” radiosining “Yangiliklar” dasturida shu haqida eshittirildi.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Тошкентнинг учта тумани вақтинча газ таъминотисиз қолади

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/49481

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Har yili kuz - qish mavsumi yaqinlashgach tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoj har qachongidanda oshadi. Aholi va mutasaddi tashkilotlarning maqsadi bitta - mavsumni betalofat o'tkazish. Is gazidan zaharlanish kabi holatlarning oldini olish borasida joylarda targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Gaz uskunalaridan to’g’ri foydalanish har birimizning salomatligimiz uchun juda muhimdir.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan shaharni gazlashtirish bo’yicha ham ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “aqlli” hisobdonlarni iste’molchi xonadoniga o’rnatish orqali inson omili aralashuviga barham berilmoqda.

📺 “Mahalla” kanalining “Mahalla tongi” dasturida shu haqida so’z yuritildi.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

Yashnobod tumani, Maxtumquli ko’chasida joylashgan “Texnopark” hududidagi yer osti o’rta bosimli D - 325 mm gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021- yil 13 - noyabr kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha Maxtumquli ko’chasidagi 14 ta harbiylar uyidagi 600 ta xonadonlar, 87, 89 uylarda, 4 ta "Golden house" uylarida, hamda “Texnopark” MChJda,
“Makro” supermarketida, Koreya bolalar shifoxonasida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.
 
✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali
Audio
🏢 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarning is gazidan zaxarlanishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davra suhbati o’tkazildi.

🔥 “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti mutaxassislari hamda Favqulodda vaziyatlar Yunusobod tuman bo’limi mas’ullari mavsum boshlanishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlar bo’yicha talabalarga batafsil tushunchalar berib o’tdi.

📻 “O’zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar” dasturida shu haqda so’z bordi.

✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati