"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.55K subscribers
3.94K photos
685 videos
3 files
1.78K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
💐💐💐 "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialida 8–mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Bayram tadbirida filial direktori Temur Grabovich ishtirok etib, barcha xotin-qizlarni tabrikladi.

Nafosat va go’zallik, lobarlik, zebolik Sizni hech qachon tark etmasin. Oilangiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz, elu yurtimiz baxtiga hamisha sog’-omon bo’ling!


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hududgazta'minot” AJda 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Sohadagi barcha dilbar ayollarimizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sog'liq va bardavom quvonch aslo arimasligini tilab qolamiz.

https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot
🖌🖌🖌Bosma nashrlar biz haqimizda.

🗞🗞🗞"O'zbekiston yoqilg'i va energetikasi" gazetasining navbatdagi sonida iste’molchilar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

🔥Sergeli tumani, “Ko’bay tepa” mahallasi hududida joylashgan yer osti o’rta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 9-mart kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

🛠Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Hushyorlik – xavfsiz hayot kafolati

⛺️🔥Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Bektemir tumanida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, fuqarolarga zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Audio
Gaz xoʻjaligidagi xavfsizlik borasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarning zamirida inson manfaati, favqulodda holatlarning oldini olishdek ulkan maqsadlar mujassamdir.

🔥Har birimiz kundalik hayotimizda “zangori olov”dan muntazam foydalanib kelamiz.

⛺️Uyimizdagi gaz jihozlarining soz holatda ekanligi muhim ahamiyatga egadir.

📻“O’zbekiston 24” radiosining “Yangiliklar” dasturida shu haqida so’z yuritildi.


✍️“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

Sergeli tumani, “Ko’bay tepa” mahallasi hududida joylashgan yer osti o’rta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 10-mart kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mahalladagi tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Poytaxtimizda 438 ta obyekt muhofaza zonasida qurilganligi aniqlangan bo'lib, yuqori bosimli gaz quvurlarining xavfsizlik zonasida 143 ta, o'rta va past bosimli gaz quvurlarida 295 ta bino va inshootlar qurilgan. Hozirda 10 dan ortig'i bartaraf etilgan.

Batafsil...


✍️ "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHAYXONTOHUR, UCHTEPA TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

Shayxontohur tumani "Kõkcha" mahallasi hamda Qõrğoncha kõchasida joylashgan gaz quvurlarida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 11-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Shayxontohur tumanining "Yangi shahar", "Katta hovuz", "Ipakchi", "Qõrğoncha", "Istirohat", "Gulobod", mahallalarida, Uchtepa tumanining "Boltaboyeva" mahallasida hamda ushbu manzillardagi ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha tõxtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
📊 Ахборот хизмати раҳбарлари фаолияти самарадорлиги рейтинги эълон қилинди

2022 йилнинг январь-февраль ойларида АОКА томонидан республика даражасидаги 139 та ташкилот ва идора, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар, Тошкент шаҳри ҳамда 206 та туман ва шаҳар ҳокимликлари матбуот котибларининг 2021 йил II ярим йилликдаги фаолияти самарадорлиги ўрганилди ҳамда Адлия вазирлигида 3187-рақам билан рўйхатдан ўтказилган Низомга кўра 10 та асосий мезон бўйича баҳоланди.

● Республика даражасидаги 139 нафар матбуот котибидан 45 нафарининг иш натижалари юқори, 57 нафариники ўрта, 33 нафариники қониқарли, 4 нафарининг фаолияти паст даражада, дея баҳоланди.

● Туман ва шаҳарлар ҳокимликлари кесимида 206 нафар матбуот котибидан 14 нафарининг фаолияти юқори, 97 нафариники ўрта, 75 нафариники қониқарли, 9 нафариники эса паст даражада, деб топилди.

📌 Батафсил
〰️〰️〰️〰️〰️

https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot