Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.14K subscribers
11K photos
904 videos
6 files
2.65K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube