Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.14K subscribers
11K photos
904 videos
6 files
2.65K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#fan_tõgaraklari
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida bir qator fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, bugun Sayyora Bekmuradova rahbarligida 5-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan rus tili fan to‘garagi noan‘anaviy tarzda o‘tkazildi.

📚🌞To‘garak mashg‘uloti davomida o‘quvchilarimiz "Иван Царевич и серый волк" ertagini ajoyib sahna ko‘rinishlari orqali ijro etishdi. Bu albatta ularning rus tilida yanada erkin va ravon suhbatlasha olish ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
🌍🔥

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar: 👇👇👇
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

📣 Aziz o'quvchilar!

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?

"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bolgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️Unda "Personal statement" va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter"ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
#sinf_soatlari
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida navbatdagi sinf soatlari o‘tkazildi.👨‍🏫👩‍🏫

❇️ Sinf soatlarining tashkil etilishi o‘quvchilarimizning yanada ko‘proq yangi bilimlarga ega bo‘lishi hamda mustaqil fikrlash va o‘zaro fikr almashishlarida yordam beradi
.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
📌Guliston shahridagi Prezident maktabiga Toshkent shahridagi IT Park Universitetidan bir guruh mehmonlar tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida yuqori sinf o‘quvchilariga IT Park universitetiga hujjat topshirish, qabul jarayonlari, universitet talablari va u yerni bitirgandan so'ng qanday ish bilan ta‘minlanishi haqida to‘liq ma‘lumotlar berildi
.

🏢Universitet Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi IT-Park tomonidan Epam Systems xalqaro IT kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.   IT Park University-gibrid formatda (asosan onlayn) faoliyat yuritib, Toshkent shahridagi kampusi va 14 ta shaharda ofislari bilan butun mamlakat  bo'ylab IT-ta'lim olish imkonini beruvchi O'zbekistondagi birinchi universitetdir.

☑️Shuningdek, o‘quvchilar uchrashuv yakunida IT sohasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram