Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.14K subscribers
11K photos
909 videos
6 files
2.66K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANTIRILADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi agentlik va markaz o‘rtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, xususan STEM sohasini rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish, kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbir doirasidagi muloqotda Agentlik direktori A.Ubbiyev ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari har tomonlama izchil rivojlanayotgani, xususan ta’lim sohasida manfaatli kelishuvlarga erishilayotganini e’tirof etdi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 11 ta maktabda koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga koreyalik malakali o’qituvchilar jalb qilingan. Iqtidorli o’quvchilarning Koreya Respublikasidagi nufuzli ta’lim muassasalariga safari ham tashkil etilmoqda.

Tomonlar agentlik tasarrufidagi maktablar hamda Koreya Respublikasining nufuzli xalqaro maktablari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi o‘qituvchilarni jalb qilish, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni ko‘zda tutuvchi qisqa muddatli treninglar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashdi.

— Markazimiz faoliyati koreys tilini o’qitish bilan birga ta’limning boshqa zamonaviy turlarini ham o’z ichiga oladi, - dedi Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man. – Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, markazimiz Agentlik tomonidan ilgari surilgan takliflarni qo’llab quvvatlaydi. Kelajakda shu kabi foydali muzokaralar davom etishiga ishonamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, maktablarda o‘quv jarayonlarining sifat-samaradorligini oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, shu yilning 25-29-mart kunlari Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Ushbu seminarda ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, ular Toshkent shahriga yetib kelishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING IKKINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun

Kembrij
xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.

Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Samarqand

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida xorijiy mehmon Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbatlashib, ular yaratayotgan loyihalarga qiziqish bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV


AQSH
Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari – Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.

Unda vazirlik va tashkilot mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda vazirlik va UNICEF bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari, ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Rehina Kastijio vazirlik va UNICEF o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash niyatida ekanini ma'lum qilib, bu borada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi.

Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Yakuniy bosqich jarayonlaridan fotoreportaj.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube