Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.17K subscribers
11.1K photos
913 videos
6 files
2.67K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_
#70_yil

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida ertalabgi saflanish vaqtidan unumli foydalangan holda O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o'quvchilar shoirning ibratli hayot yo'li, so'nmas ijodi haqida ma'lumotlar, she'rlaridan namunalar aytishdi, she'rlari asosida dunyoga kelgan Vatanni madh etuvchi qo'shiqlardan kuylashdi.

✳️Ayniqsa, "Yetmish yulduz yog'ilib.." satri bilan boshlanuvchi ''Onajon'' she'ri asosidagi qo'shiqqa o'quvchilar tomonidan sahnalshtirilgan klip hamda barcha ustozlar, o'quvchilar tomonidan faxr va iftixor bilan kuylangan "Ulug'imsan Vatanim!" qo'shiqlari barchaga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Sahifalarimiz ⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Audio
#katta_tanaffus_🔔
#xayrli_kun_

📻Guliston shahridagi Prezident maktabida katta tanaffus vaqtida "Xayrli kun" radioeshittirishi yo'lga qo'yilganligi haqida xabar bergan edik

💫O'quvchilarimizning madaniy xordiq olishi;
🗓kun tarixi hamda yangiliklaridan xabardor bo'lishi;
🎂tug'ilgan kun tabriklari;
🎼 o'zbek va jahon mumtoz kuy va qo'shiqlari, ularning yaratilishi haqida bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Bir kuy tarixi..." ruknida berib borilayotgan radioeshittirishning bugungi sonini Siz azizlarga ham ulashmoqdamiz.

Boshlovchilar:
🎤 Raimov Adhamjon (11-sinf)
🎤Muqumova Shahzoda (11-sinf)

Barchangizga XAYRLI KUN! ☺️


Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#uchrashuv
#maktab_bitiruvchilari_uchun

Guliston shahridagi Prezident maktabiga Turkiyaning 10 dan ortiq Xalqaro Universitetlari rasmiy vakillari tashrif buyurdi.

⚡️Kuni kecha tashkil etilgan uchrashuvda Prezident maktabi hamda hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etishib, Turkiya universitetlari kampusi, fakultetlari, yotoqxonalar qulayliklari, Xalqaro hamkorlik dasturlari, Yevropada amaliyot o'tash imkoniyatlari haqida qiziqarli hamda foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Vakillar SAT, TOEFL sertifikatlaridan yuqori ballga ega bo'lgan o'quvchilarga 100% gacha to'liq grant yutish borasida amal qilinishi lozim bo'lgan tartib hamda yo'nalishlar haqida kerakli fikr-mulohazalarini aniq misollar asosida baham ko'rishdi.


Bizni kuzatishda davom eting!

Sahifalarimiz ⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM