Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.2K subscribers
12.2K photos
968 videos
7 files
2.91K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍53👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr_festivali

FESTIVAL DAVOM ETMOQDA...

"Teatr - Ibratxonadir!" shiori ostida o'tkazilayotgan teatr festivali doirasida ma`rifatparvar ajdodlarga ehtirom namunasi sifatida Adiblar xiyoboniga ishtirokchilarning tashriflari uyushtirildi.


Xiyobonda o'quvchilar ma'rifatparvar bobolarimiz hayoti va ijod na'munalariga murojaat qildilar. Maktabimiz o'quvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur ijod na'munalaridan ijro qildilar.


Xiva shahridagi Prezident maktabi:
Telegram | Instagram 
Facebook| You tube
👍1🎉1
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#trening_haftaligi
#mutaxassis_fikri

Steve King, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari
:

Kembrij Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maktablari bilan 5 yildan buyon ishlab kelmoqda. Biz Prezident maktablariga STEM fanlaridan taʼlim berish boʻyicha yordam berib kelmoqdamiz va Prezident maktablariga kirish imtihonlarining test materiallarini taʼminlashimiz minglab oʻquvchilarni qamrab olmoqda.

Bu oʻquvchilar mamlakatning kelajakdagi yetakchi liderlari va davlat rivojiga hissa qoʻshadigan kadrlari boʻlib yetishishiga ishonamiz. Bundan tashqari biz Agentlik bilan hamkorlikda malakali kadrlarning shaxsiy rivojlanishi boʻyicha ham Professional Development Qualifications (PDQ) trening dasturlarini ham yoʻlga qoʻyganmiz.

Shu hafta davomida Kembrij universitetining 10 nafardan oshiq professorlari tomonidan 14 ta hududdan kelgan Prezident maktablarining kompyuter taʼlimi, fizika, kimyo, biologiya va matematika fanlari oʻqituvchilari uchun STEM fanlarini takomillashtirilgan holda oʻqitish boʻyicha trening olib borilmoqda.

Biz umid qilamizki, bu treninglardan oʻrganilgan bilimlarini, oʻqituvchilar oʻz maktablarida va bundan tashqari barcha umumtaʼlim maktablari bilan boʻlishishadi. Rahmat.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎉1
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🔥31