Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.14K subscribers
11K photos
902 videos
6 files
2.65K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#hafta_davomida
#master_class

🖥 Guliston shahridagi Prezident maktabining iqtisod fani o'qituvchisi janob Arpan Duttaning tashabbusi bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

🗂 Uchrashuv davomida Prezident maktabining 10-sinf o'quvchilariga Svaminarayan maktabining (TSS) direktori Nilesh Manani A levelga tayyorlanish va qanday qilib yuqori baholarni qo'lga kiritish bo'yicha master-class o'tib berdi.

🔖 Mr Manani London universitetini tamomlagan va yaqinda ISA kengashining faxriy a'zosi etib saylangan. Uning rahbarligi ostida maktab Angliyadagi eng yaxshi maktablar qatoriga kirdi.

📍Shuni ta'kidlash joizki, bu maktab A level natijalari bo'yicha BBC reytingida 23-o'rinda e'tirof etilgan.
Onlayn uchrashuv davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#sat_exam


GULISTON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

📍Ma'lumot o'rnida, ushbu imtihon jarayonlarida Respublikamizning turli viloyatlaridan xalqaro SAT imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar ishtirok etishishdi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

🔰SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

💫 Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#education_fair
#guliston_prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabining 11- sinf o'quvchilari Praga universitetlarining ta'lim yarmarkasida ishtirok etishdi.

🔸🔶 Unda o'quvchilar universitetlarning ta'lim yo'nalishlari, ta'lim grantlari hamda shart-sharoitlarini o'rganishdi.Ta'lim yarmarkasi beshta Praga universiteti tomonidan tashkil etildi.

🔹🔷Shundan so'ng Prezident maktabi o'quvchilari Alfraganus universitetida bo'lishdi va o'quv yurti bilan yaqindan tanishishdi.
♦️Nodavlat oliy ta'lim muassasasining fakultetlari va xalqaro hamkorlari haqida ma'lumotlar olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga borib, o'quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdim.

Suhbat davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari menda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#two_years
#24_noyabr
#Tez_kunda
#Xayriya_konsert_dasturi

⚡️TEZ KUNDA

🎥🎞GULISTON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI TASHKIL ETILGANINING 2 YILLIK SHODIYONASI MUNOSABATI BILAN XAYRIYA KONSERT DASTURINI TAQDIM ETADI.

🎉Barchangizni kutib qolamiz!

🔥Bizni kuzatishda davom eting!

Guliston shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati.

📱Telegram/ 📱 Facebook/

📱YouTube/ 📱Instagram