Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.2K subscribers
11.8K photos
935 videos
6 files
2.79K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#besh_tashabbus
#chavandozlik_maktabi
#Guliston_Prezident_maktabi

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chavandozlik maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5212-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, o'quvchi-yoshlarni sog'lomlashtirish, ularning ushbu sportga qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi to'garak mashg'ulotlari tashkil etildi.

🐎 "Chavandozlar maktabi" milliy o'zbek ot sportini rivojlantirishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu kabi mashg'ulotlar orqali o'quvchilarimizda milliy sport turiga boʻlgan qiziqishlari yanada ortmoqda. Bu sport turlari o'quvchilarimiz tomonidan yaxshi o'zlashtirib borilmoqda

💫Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari muntazam ravishda ot sporti bilan shug'ullanib kelishmoqda. Bu o'quvchilarimizning jismoniy holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuningdek bu galgi mashg‘ulotda maktabimiz xorijlik o‘qituvchisi Mr.Mike ham ishtirok etdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida viloyatimizning barcha maktab o‘quvchilari, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ularning ustozlari hamda ota-onalari uchun bo‘lib o‘tgan "Ochiq eshiklar kuni"dan videolavha🎥📽

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#congratulations🥳🥳
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi 5-"Blue" sinf o‘quvchisi Zokirov YusufMirza STEAM fanlari olimpiadasining Informatika fani bo‘yicha agentlik bosqichida faxrli III o‘rinni 🥉 egalladi.

💫Bugun Zokirov YusufMirzaga agentligimiz rahbari A.Ubbiyev tomonidan yuborilgan esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘quvchimizni, ustozlarini hamda uning ota-onasini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz
!

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#Dream_Party
#Guliston_Prezident_maktabi

🔥Guliston shahridagi Prezident maktabida "Dream Party" kechasi o‘tkazildi.

🎆"Dream Party" boshlanishi bilanoq maktabimizning raqs, musiqa to‘garagi a‘zolari o‘z chiqishlari bilan barchaning ko‘nglini hushnud etishdi.  Shuningdek, Zamonaviy dizayn va Art hamda Robotatexnika to‘garagi a‘zolari ham o‘zlarining ko‘rgazmalarini namoyish etishdi.

🎉Tadbir davomida boshlovchilar tomonidan qiziqarli shartlar ham o‘tkazildi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘z sovg‘alariga ega bo‘lishdi.

🍦🍧"Dream Party"ning keyingi qismi "Muzqaymoq Party"ga ulanib ketdi. O‘quvchilarga muzqaymoqlar taqdim etildi. Bu ularga yanada a‘lo kayfiyat ulashgani bizni ham quvontirdi
!

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram