Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
11K photos
909 videos
6 files
2.66K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Tanlov
#safimizda_bõling

⚡️GULISTON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI PEDAGOG-KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

❗️Agar siz Guliston shahridagi Prezident maktabida yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida bilim berish, mahalliy va xorijlik pedagoglar bilan tajriba almashish, barcha qulayliklarga ega zamonaviy ilm maskanida faoliyat yuritishni istasangiz, Sizni ona tili va adabiyoti fani📚o‘qituvchisi vazifasiga ishga taklif etamiz!🔥

❗️Sizga quyidagi talablar qo‘yiladi:

O‘z mutaxassisligi bo‘yicha Oliy yoki 1-toifaga ega bo‘lishi;
IT savodxonligi yuqori bo'lishi;
O'quvchilari viloyat hamda Respublika miqiyosidagi olimpiadalarda faxrli o'rinlarni egallaganligi;
Xorijiy til (ingliz tili)da so'zlashish darajasiga ega bo‘lishi kerakligi talab etiladi.

📌Nomzodlar 28-fevralga qadar shaxsiy hujjatlaringiz nusxasini (pasport, diplom, obyektivka) ZIP papka ko‘rinishida @GulistonPM manziliga yuborishingizni so‘raymiz!

Bizning sahifalarimiz
: 👇
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#education_and_travel_davom_etadi
#MMX_PRO
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari "Education & travel" loyihasi doirasida Guliston shahridagi MMX PRO politelin mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodiga sayohat uyushtirishdi.

MMX PRO zavodi politelin mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.O‘quvchilarga sayohat davomida zavod xodimlari tomonidan ishlab chiqarish dastgohlari, ularning ishlatilish qoidalari va zavod haqida ko‘plab ma‘lumotlar berildi.🔥

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#Zakovat
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Zakovat intellektual o‘yinining qishki mavsumi yakunlandi

❗️Mavsum davomida o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra:🏆🏆🏆

🥇1-o‘rinni D 212 jamoasi;
🥈2-o‘rinni Sigma jamoasi;
🥉3-o‘rinni esa Energy jamoasi qo‘lga kiritdi👏👏🥳🥳

🌈Ushbu natijalar bilan g‘olib jamoalarni tabriklab, kelgusidagi mavsum o‘yinlarida ham faollik va muvaffaqiyatlar tilaymiz
.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#kamondan_õq_uzish
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida haftaning har payshanba kuni o‘quvchilar uchun Kamondan o‘q uzish to‘garak-mashg‘uloti o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

🏹Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarning harbiy bilimlarga ega bo‘lib, jismoniy tomondan yanada ko‘proq chiniqishida, manzilni aniq ko‘zlab, maqsad sari olg‘a qadam bosishida katta yordam beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram