Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
11K photos
901 videos
6 files
2.64K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4-sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

⚡️ Joriy yilda Samarqand viloyati
Oqdaryo tumanida Agentlik tizimida yangi Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi ochildi.

Ushbu maktab 2024/2025-oʻquv yili uchun
– aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-sinflarga
– tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-,8-,9-sinflarga
oʻquvchilarni qabul qiladi.

⚡️
Bundan oldin, Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida hamda Namangan viloyati Pop tumanida Agentlik tizimida yangi ixtisoslashtirilgan maktablar ochilgani haqida xabar bergan edik.

📶 Qolaversa, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha
video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz Andijonda yashaymiz. Farzandim bir paytning o’zida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hamda mazkur maktabning Andijondagi filialiga hujjat topshirishi mumkinmi?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshiruvchi talabgorlar faqat o'zi yashayotgan hududdagi (Nukus shahri, Andijon shahar va Samarqand shahar) filialiga yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshira olishadi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli o‘quvchi Toshkent shahridagi yoki o‘z hududidagi maktabga hujjat topshirgani maqsadga muvofiq.

Chunki o‘quvchida bir vaqtning o‘zida Toshkent shahridagi va o‘z hududidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining kirish imtihonida ishtirok etishi imkoni mavjud emas.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 5 kun qoldi.

📶
ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha
video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida bo‘lib o‘tgan press-tur jarayonlaridan videolavha.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#eslatma

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi.

‼️ Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarda qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUHLAR ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi.

☎️ Qolaversa, 1206 qisqa raqamli Call-markaz 09:00dan 19:00gacha xizmat ko’rsatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM