Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.18K subscribers
11.7K photos
934 videos
6 files
2.77K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Imtihon_natijalari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari va Qoraqalpog'istonda 25-,26-,27-,28-,29,30-iyul va 7-avgust kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali;

2️⃣ @piima_natijabot orqali.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Замонавий таълим тизимида бошқарув санъати» мавзусидаги семинар-тренинг
#18aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Diqqat, e'lon!

❗️Hurmatli
ota-onalar va o‘quvchilar

❗️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar Imtihoniari natijalarini quyidagi botlar orqali ham aniqlashingiz mumkin:

@piima_natijabot
@piima_natija2bot
@piima_natija3bot
@piima_natija4bot
🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi hamda yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab direktorlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Seminarda "Maktab-internatlarining faoliyatini tashkil etish”, “Boshqaruv ilmi”, “Baholash tizimi” kabi mavzularda bo‘lib o‘tmoqda.

Shu bilan birga “Elektron jurnalning yuritilishi” va meʼyoriy hujjatlar yuritilishi to‘g‘risida ham tushunchalar beriladi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_savoli
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar

✔️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ba'zilarida 9-10-11-sinflariga talabgorlar tomonidan sinf shakllantirish uchun yetarli hujjat topshirmaganligi sababli, ushbu sinflar tashkil etilmadi.

✔️
Lekin, nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan o‘quvchilarga imkoniyat berish maqsadida viloyat markazidagi yoki qo‘shni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktablarga tavsiya etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Diqqat, e'lon!

❗️Hurmatli
ota-onalar va o‘quvchilar

❗️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar Imtihoniari natijalarini quyidagi botlar orqali ham aniqlashingiz mumkin:

@piima_natijabot
@piima_natija2bot
@piima_natija3bot
@piima_natija4bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Samarqand_Prezident_maktabi

Samarqand Prezident maktabining 10 - sinf o'quvchisi Kazakov Hasan, mavsumiy ishchi Kazakov Rustam aka va bog'cha tarbiyachisi Kazakova Lutfiya opa oilasida 4 nafar farzandning uchinchisi.

🔸 O'g'lim Prezident maktabiga kirmoqchiman, omadimni sinab ko'ray deb aytganida uncha ishonmagandik. Haqiqat bor ekan. Haligacha uning bu maktabda o'qiyotganiga ishonolmaymiz- deydi Rustam aka

🔸 Birinchi bosqichda 100 ball to'plab, faxrli o'rinni oldi. O'g'limning erishgan bu yutug'i bilan judayam faxrlanaman, - deydi onasi Lutfiya opa.

____

Hasan Kazakov is a 10th grade pupil at the Presidential School in Samarkand. He is the 3rd children in the family of a seasonal worker Rustam Kazakov and kindergarten teacher Lutfiya Kazakova.
#Сўраган_эдингиз

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi?

Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda "Yangi O‘zbekiston" universitetining Koreya Respublikasida bo‘lib turgan delegatsiyasi Koreya fan va texnologiya tadqiqot institutida bo‘lishdi

✔️ Uchrashuvda "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalarining KIST (''Korea Institute of Science and Technology")da amaliyot o‘tashi va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

📌 Ma'lumot uchun, KIST Koreya Respublakisida eng birinchi tashkil etilgan ko‘p tarmoqli ilmiy tadqiqot instituti hisoblanib, dunyoning turli xil mamlakatlaridan ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislarni qabul qiladi.

🔁 English

#Uchrashuv #Koreya_fan_va_texnologiya_tadqiqot_instituti

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH MARKAZI TRENERLARI XALQARO SERTIFIKATGA EGA BO'LISHDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Amina Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.