Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.16K subscribers
11K photos
898 videos
6 files
2.63K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
🎯🎯SONIYALAR, NATIJALAR- G'ALABALAR GAROVI🎯🎯

🏹Bugun 31-mart kuni Guliston shahridagi Prezident maktabida navbatdagi kamondan o'q uzish mashqlari o'tkazildi. O'quvchilarning merganlik mahorati ustida ishlandi. Ma'lumki, kamondan o'q uzish eng ustuvor sport turlaridan biri bo'lib, bolalarda chidamlilik va abjirlik, mohirlik va fikrni jamlay olish xususiyatlarini rivojlantiradi.

🏹Quvonarlisi shundaki, kamondan o'q uzish mashqlarida o'quvchi-qizlar ham ishtirok etdi.

Bizning sahifalarimiz👇👇

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
📚📚BOSQICHMA-BOSQICH O'RGANAMIZ📚📚

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabi kutubxonasida o'quvchilarning so'z erkinligi va fikrlash darajasi kuzatildi.

O'quvchilar ingliz tilini bosqichma-bosqich o'rganishi uchun chop etilayotgan ajoyib kitoblarning maktab kutubxonasiga taqdim etilganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Shunga qaramay, bu kitoblar sinflar kesimida o'rganilyapti.

📚Bolalarning fikr va tafakkuri o'sishida, ayniqsa, talaffuzining benuqson bo'lishida ushbu kitoblarning o'rni katta.

⚡️Bizning sahifalarimiz 👇👇

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💼👨‍💼Guliston shahridagi Prezident maktabida navbatdagi "Smart kids" ko'rsatuvi...

Bizning sahifalarimiz 👇👇👇

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
⚡️⚡️OTA-ONALAR MAJLISIDA TA'LIM-TARBIYA MAVZUSI⚡️⚡️

Farzandlarning maktabda yurish-turishi, odobi, bilimi, mavzularni o'zlashtirish darajasi ota-onalarni qiziqtiradi. Zero, bolalarining kamolini ko'rish ularning orzusidir.

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda maktab hayoti va o'quvchilar haqida barcha masalalar ko'rib o'tildi. Sinf rahbarlar III chorak yakuni va o'quvchilarning baholar monitoringini ko'rsatdi. Kuduzgi tarbiyachi-pedagoglar ham ota-onalar bilan yaqindan tanishdi. Ularga farzandlarining individual qobiliyatlari, ularni yanada rivojlantirish kerakligini ta'kidladi.

Yig'ilishda ustozlar va tarbiyachi-pedagoglarning yondashishidan ota-onalar mamnun bo'lishdi.

Fikr va mulohazalar o'rtaga tashlandi.

Bizning tarmoqlar👇👇👇

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/