Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.21K subscribers
11.8K photos
938 videos
6 files
2.79K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#15_noyabr_15_dekabr
#Yonğin_xavfsizligi_oyligi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida  o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Yong'in xavfsizligi  boshqarmalari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi Prezident maktabida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yong‘in xavfsizligi oyligi"
🔥munosabati bilan o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

👩‍🚒🧯Koʻrgazmali tadbirda mutaxassislar tomonidan oʻquvchilarga favqulotda holatlarda inson o‘zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi,  yongʻinning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, is gazidan zaharlanishdan saqlanish, isitish pechlaridan foydalanish qoidalari haqida muhim ma‘lumotlar berildi.

📌Bu kabi o'quv mashg'ulotlarining o‘tkazilinishidan asosiy maqsad, o'quvchilarga nazariy bilimlar berish va  mustahkamlash bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalarini ham rivojlantirishdan iboratdir


Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube