Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
11K photos
898 videos
6 files
2.64K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Activities_of_clubs
#besh_tashabbus
#Guliston_Prezident_maktabi

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🎨🎻📷🏊‍♂🏇🥋O‘quvchilarimiz fan to‘garaklarini puxta o‘rganish bilan bir qatorda, Zamonaviy dizayn va Art, Raqs, Musiqa, Doirachilik, Drama, Kulolchilik, Robotatexnika, Media, Shaxmat, Kamondan o‘q uzish, Chavandozlik, Suzish va Karate kabi ko‘plab mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

📷Yuqorida hafta davomida o‘tkazilgan to‘garak-mashg‘ulotlaridan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva


Mohira 23 yoshda. U uch yildan beri Toshkent shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyodan dars beradi. Bu yil uning o‘quvchilaridan 3 nafari nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Yosh pedagog o‘quvchilarining natijalari ortidan qisqa vaqt ichida qariyb 1 mlrd so‘m pul mukofotlarini jamg‘arishga erishdi. Kun.uz bilan suhbatda u xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, pedagog sifatida kimyodan olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash metodlari va muvaffaqiyat formulasi haqida gapirib berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube