Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.16K subscribers
11K photos
898 videos
6 files
2.63K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
📢🎓 Creative Learning at Guliston Presidential School! 🌟

Our educators are inspiring students with engaging activities that make learning fun and dynamic.

🌟 English Class with Ericka Ramos
In her lesson with 8 Blue students, Ericka Ramos introduced "Sleeping Pandas" 🐼💤, an interactive activity to strengthen memory, teamwork, and language skills while fostering critical thinking.

🌟 Russian Lessons with Sayyora Bekmuratova
Across grades, Sayyora Bekmuratova used ''Fortune Teller'' 🔮✍️, a fun way for students to practice Russian phrases, sentence formation, and speaking skills creatively.

These innovative methods reflect our school’s commitment to critical thinking, teamwork, and joyful learning. 🌟👏


#InnovativeTeaching #InteractiveLearning

🖇Bizni kuzatishda davom eting:  
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan olimpiadalari markazi direktori jamoaga tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Chirchiq Oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Bolalar tashkilotining "Maktab sardorlar Kengashi"
tashkil etildi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida basketbol musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Spelling bee" bellashuvi
oʻtkazildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga
sayohat qildi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida suv sporti musobaqalari
boʻlib oʻtdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Milliy Gvardiya Xorazm viloyati Chavandozlar maktabida koʻrgazmli mashgʻulotda
qatnashdi.

⏺️Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari xalqaro olimpiadada
gʻolib boʻldi.
 
⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻquv jamoaning birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bilimlari
mustahkamlandi.

⏺️Andijon shahridagi
Prezident maktabi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Zakovat” intellektual oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabida favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻquv-seminari
oʻtkazildi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga Qirgʻiziston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi vakillari
tashrif buyurdi.

⏺️Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf oʻquvchisi Durdona Abdumanonova xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballga
ega boʻldi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi "Vatan bayrogʻi sharafim mening" shiori ostida she’riyat kechasi
tashkil etildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli kinoijodkor bilan ijodiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan shoir Usmon Nosir tavalludining 112 yilligiga bagʻishlangan videorolik
tayyorlandi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Hayot darsi” loyihasi
oʻtkazildi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Ingliz tili bilimdoni" olimpiadasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi "Non festivali"ga
mezbonlik qildi.

⏺️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ”Deputat va yoshlar” uchrashuvi
tashkil etildi.

⏺️
Zomin, Guliston tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari yoshlari akademiklar bilan uchrashdi.
 
⏺️Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Farhod Xurramov xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani
qoʻlga kiritdi.

⏺️Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Komandir va yoshlar" uchrashuvi
oʻtkazildi.

⏺️Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarining yong‘in xavfsizligiga oid bilimlari
oshirildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#saylov_natijalari
#Guliston_Prezident_maktabi

📌Xabar berganimizdek, Guliston shahridagi Prezident maktabida joriy yilning 14-noyabr kuni soat 16:00 da barcha pedagog xodimlari hamda maktab o‘quvchilari ishtirokida Maktab Prezidenti saylovi ovoz berish yo‘li orqali o‘tkazildi.

Saylov natijalariga ko‘ra 11-sinf o‘quvchisi Ashurov Asilbek Maktab Prezidenti, Ziyodullayeva Hilola esa Vitse Prezident etib saylandi.

💫Ushbu o‘quvchilarimiz tengdoshlari orasida o‘zlarining namunali xulqi, a‘lo o‘qishi va tashabbuskor g‘oyalari bilan barchaga o‘rnak bo‘lishiga, shuningdek, saylovchilarga taqdim etgan saylovoldi dasturlari asosida faol va mas‘uliyatli bo‘lishlariga ishonamiz.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz
!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
#MathInAction #MathRealLife #MathOutsideTheClassroom

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchilari matematika fani o‘qituvchilari Miss Shela Borromeo, Bekzod Rasulberdiyev hamda Abdumavlon G‘oyibnazarov rahbarligida Guliston shahar istirohat bog‘idagi mashhur attraksionlar, jumladan, aylanma g‘ildirak, slayd va vikinglarning balandligini o‘lchash orqali matematik ko‘nikmalarini amaloyotga tadbiq etib,  qiziqarli mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

📏📐🧮📝Trigonometriya va shunga o'xshash uchburchaklar haqidagi bilimlaridan foydalanib, ularni aniq o'lchovlar bilan  o‘lchashdi. Ular protraktorlar, naychalar va torlar kabi oddiy materiallardan foydalangan holda klinometrlarni yasadilar va bu matematikaning amaliy va qiziqarli bo‘lishini isbotlashdi. Ushbu qiziqarli mashg'ulot o‘quvchilarda matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshishiga turtki bo‘ldi
.

🖇Bizni kuzatishda davom eting:  
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram