Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.16K subscribers
10.9K photos
897 videos
6 files
2.63K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

⚡️Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi


“Yangi O‘zbekiston” universitetida Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida tahsil olib, sanoat sohasidagi kvant texnologiyalarini loyihalovchi kuchli mutaxassisga aylanishingiz mumkin.

Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.

O‘qish davomiyligi: 2 yil

📝 Talablar:
ingliz tilidan kamida IELTS 6, CEFR B2, TOEFL iBT 79 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
fizika va matematikadan yozma imtihon topshirish,
bakalavr diplomiga ega bo‘lish.

➡️ O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply/masters

❗️Hujjatlar qabuli 12-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Samarqand

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida xorijiy mehmon Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbatlashib, ular yaratayotgan loyihalarga qiziqish bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand

Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har birimiz mas’ulmiz”


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir ta’lim sifatini oshirish, sohada halol va vijdonan ishlash har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini ta’kidladi.

Bu borada tizimda ishlayotgan rahbar xodimlarning zimmalarida ulkan mas’uliyat borligini qayd etib, zarur topshiriq va vazifalar berdi.

Shuningdek, Hilola Umarova yangi ochilgan Bilimlarni baholash markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hovlisida yaratilgan EKO hududga ijobiy baho berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM