Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
10.6K photos
889 videos
6 files
2.59K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Sirdaryo viloyati Guliston, Yangiyer shaharlari va Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin va Sayxunobod tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.

Shuningdek, Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida soʻz yuritib, har yili bir marotaba o‘tkaziladigan "Bitiruvchilar qurultoyi"ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#moliyaviy_savodxonlik

OʻQUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchilari O'ZMILLIYBANK Sirdaryo viloyati filialiga ekskursiya uyushtirishdi.

❇️Bu yerda o'quvchilar bank tizimi, faoliyati, yangi loyihalar, platformalar, mijozlarga xizmat ko'rsatish, kreditlarni rasmiylashtirish kabi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdak soha mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda bank-moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbga yoʻnaltirish bilan birga, ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz:⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram