Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.2K subscribers
12.1K photos
961 videos
6 files
2.89K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun
#Янги_Ўзбекистон_университети

⚡️Xalqaro ta'lim forumi doirasida oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va raqamli davrda innovatsion ta'lim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️ Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev, TUM Int rahbari Frederika Hettinger, Times Higher Education mintaqaviy direktori Lachin Italmazova va Agentlik vakillari so'zga chiqishdi.

📍Tadbirda ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, "Yangi O'zbekiston" universiteti va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari, xususan oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot markazlarining o'rni, raqamli ta'limning afzalliklari kabi masalalar muhokama qilindi.

🔸Forum davom etadi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forumning ikkinchi kunida pedagoglarning malakasini oshirish, xorijning eng ilg'or ta'lim metodlarini o'rganishga bag'ishlangan treninglar amaliy mashg'ulotlarga boy bo'ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

⚡️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI VA FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI

🔸Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening
#Ikkinchi_kun
#LIVE

🔴 Ayni damda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan jami 14 ta Prezident maktablarida matematika va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglariga start berildi va amaliy mashg'ulotlarga kirishildi.

📷 Suratlarda Guliston va Nurafshon shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

#Matematika #Ingliz_tili

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍52👏2🔥1🎉1
#jarayon
#ikkinchi_kun

⚡️ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

Xabar berganimizdek, barcha hududlardagi Prezident maktablarining xorijlik o‘qituvchilari ishtirokida belgilangan grafik asosida Prezident maktablari hamda tuman va shaharlardagi umumta’lim maktablarida metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

🗺Hududlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy
treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎉1
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING IKKINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#ikkinchi_kun

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.

Bugun, 28-avgustda oʻquvchilar soya bilan jang, qoplar bilan ishlash, sparing tushish kabi shartlarni oʻz ichiga olgan maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.


Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 29-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ikkinchi_kun

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida viloyatning Ixtisoslashtirilgan maktablar STEAM fani o‘qituvchilari uchun o'quv amaliy-seminari o'tkazildi

O'quv amaliy-seminarlar fanlar doirasida guruhlarga bo'lingan holda tashkil etilib, seminar-trening va amaliy mashg'ulot shaklida olib borildi. Bunda Guliston shahridagi Prezident maktabi pedagoglari dars mashg‘ulotlarida zamonaviy metodlardan foydalanish, o‘quvchilarni fan doirasida bilimlarini boyitish hamda tinglovchi emas ishtirokchi sifatida jalb qilish borasidagi tajribalarini o'rtoqlashishdi.

🔰 Shuningdek, kelgusi ta'lim jarayonlarida o'quvchilarni to'garak mashg‘ulotlariga jalb qilish, kasb-hunarga o'rgatish, zamonaviy kasblar, xususan, kompyuter savodxonligi hamda xorijiy tillar bilimdoni qilib tarbiyalash borasida taklif va mulohazalar bildirildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, bu kabi o'quv-seminarlar yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
.

Bizni kuzatishda davom eting📱
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
👍4👏1