Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.16K subscribers
10.8K photos
894 videos
6 files
2.62K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#Art_terapiya

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi 5-6-sinf o'quvchilari uchun art-terapiya mashg'uloti o'tkazildi.

Art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirishdir.

❇️Sanʼatdan terapevtik maqsadlarda foydalanishning ahamiyati shundaki, u turli xil his-tuygʻularni: quvonch, muhabbat, samimiyat, g'amxo'rlik va boshqalarni ramziy ravishda ifodalash va oʻrganish uchun ishlatiladi.

Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Audio
#katta_tanaffus_🔔
#xayrli_kun_

📻Guliston shahridagi Prezident maktabida katta tanaffus vaqtida "Xayrli kun" radioeshittirishi yo'lga qo'yilganligi haqida xabar bergan edik

💫O'quvchilarimizning madaniy xordiq olishi;
🗓kun tarixi hamda yangiliklaridan xabardor bo'lishi;
🎂tug'ilgan kun tabriklari;
🎼 o'zbek va jahon mumtoz kuy va qo'shiqlari, ularning yaratilishi haqida bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Bir kuy tarixi..." ruknida berib borilayotgan radioeshittirishning bugungi sonini Siz azizlarga ham ulashmoqdamiz.

Boshlovchilar:
🎤Ne'matov Sanjar (10-sinf)
🎤Farmonov Aziz (10-sinf)

Barchangizga XAYRLI KUN! ☺️


Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#New_Uzbekistan_university

⚡️ DUNYONING 1-RAQAMLI OLIYGOHI – MASSACHUSETTS TEXNOLOGIYA INSTITUTI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN MAHORAT DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha OTM rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

Unda taʻlim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik oʻqitish metodikalari, mustaqil taʼlimni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida oʻz tajribangizni oshirishingiz mumkin.

Mahorat darsida ishtirok etgan ishtirokchilarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtish tasdiqlangani haqida xabar yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#õrganamiz__õrgatamiz_loyihasi
#navbatdagi_soni_

Guliston shahridagi Prezident maktabida yo'lga qo'yilgan "O'rganamiz, o'rgatamiz" loyihasi yana SIZ bilan!

MAVZU: Inheritance : Transferring of Gene from parent to offspring (Irsiyat: genning ota-onadan avlodga o'tishi) 🔖(7-sinf, Science (tabiiy fanlar))

❇️Science fani o'qituvchisi - Bahrom Chutanov
❇️Xalqaro o'qituvchi - Hinal Kalavadiya

▶️Ushbu mavzuda o'quvchilarga irsiyat tushunchasi nima ekanligini batafsil tushuntirish maqsad qilindi. DNK tuzilishi va genlarning vazifasini yaxshi anglash uchun inson genomi loyihasi amalga oshirilib, unda o'quvchilar qiziqarli ma'lumotlari bilan ishtirok etishdi.

#olim_kabi_fikrlang_va_ishlang_

Sahifalarimiz ⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI
#sayohat

Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Kitobxonlik” haftaligi doirasidagi “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika kitoblar ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.

Sayohat davomida markaz xodimi X.Riskulova o‘quvchilarga viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va fondda mavjud adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, 23-aprel sanasi Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni ekanligini ham ta'kidlab o'tdi.

❇️O'quvchilar sayohatdan bir olam iliq taassurotlar bilan qaytishdi.

Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni
taqdim qilindi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati"
boshlandi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga
aylandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da
ishtirok etdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga
asos solindi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami
oʻtkazildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube