Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
11K photos
909 videos
6 files
2.66K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#loyiha_ishi


⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi S.Bekmurodova 6-sinf o'quvchilari uchun "Шесть континентов, но планета одна!" mavzusida loyiha ishi o'tkazdi.

O'quvchilarda loyihaga asoslangan faoliyatni rivojlantirish, rejalashtirish hamda guruhda ishlash ko'nikmasini shakllantirish, rus tilini bilish darajasini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ochiq darsda o'quvchilarning taqdimotlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholandi.

🪙"Bugungi kunda Yer biz biladigan yagona sayyora bo'lib, unda qit'alar mavjud. Ular qanday shakllangan va rivojlanganligi aniq emas. Biz bir narsani aniq bilamiz: bir vaqtlar Yerning butun quruqlik massasi yagona superkontinent edi. Agar siz konturlarga diqqat bilan qarasangiz, buni tushunish mumkin: bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan qit'alarning chekkalari bir-biriga to'g'ri keladi."-deydi o'quvchilardan biri o'z taqdimotida.

Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari xususida.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Xalqaro ekologik bilimlar kuni" nishonlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadali Asqaraliyev "Camp Rising Sun" (AQSh) dasturi
gʻolibi bo’ldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida sport o‘yinlariga
start berildi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Farg’ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari milliy va xorijiy taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.

Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Marjona Ozodbekova milliy raqs ijrochilari ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida
gʻolib boʻldi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdulla Ahmad bilan mahorat darsi
oʻtkazildi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Goethe-Zertifikat” imtihoni
tashkil etildi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vashington fan va texnologiya universiteti (AQSh) vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB koordinatorlari ishtirokida trening
tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Koinot va ilm" interaktiv tadbiri
bo‘lib o‘tdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyat boʻlimi Chavandozlar maktabi faoliyati bilan
tanishdi.

Muborak, Uzun, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi.

Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fanidan bilimlar bellashuvi
oʻtkazildi.

Taxtakoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yosh fermer" loyihasi davom etmoqda

Bugun Farg‘ona shahrida "Yosh fermer" loyihasida ishtirok etuvchi, "Eco schools Uzbekistan" ga a'zo 18 ta maktab vakillari jamlanishdi.

Uchrashuvlar Farg‘ona shahar 10-maktabdagi issiqxona faoliyatini o‘rganish bilan boshlandi.

Shuningdek, maktab Eko-qo‘mitasi "7-qadam metodologiyasi" bo'yicha amalga oshirgan ishlar bilan tanishildi hamda o'zaro tajriba almashildi.

Shundan soʻng esa, pedagog va oʻquvchilar uchun Fargʻona atlas fabrikasi va Margʻilon shahri boʻylab sayohat tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: ertaga, 18-aprel kuni Farg‘onada "Yosh fermer" loyihasi doirasida "Eco-schools" xalqaro dasturida ishtirok etuvchi maktablar uchun seminarlar va amaliy treninglar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#katta_tanaffus_🔔

📻Guliston shahridagi Prezident maktabida katta tanaffus vaqtida "Xayrli kun" radioeshittirishi yo'lga qo'yilgan

🎼O'quvchilarimizning madaniy hordiq olishi, kun yangiliklaridan xabardor bo'lishi hamda o'zbek mumtoz kuy va qo'shiqlari, ularning yaratilishi hamda tarixi haqida bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Bir kuy tarixi..." ruknida berib borilayotgan radioeshittirishni Siz azizlarga ham ulashmoqlikni niyat qildik.

🎤Ziyodullayeva Hilola (10-sinf)
🎤Abdumo'minova Muslima (10-sinf)

Barchangizga XAYRLI KUN! ☺️

Sahifalarimiz ⬇️
Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#õrganamiz__õrgatamiz

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabida yangi "O'rganamiz, o'rgatamiz" loyihasi yo'lga qo'yildi

STEAM fanlarini biz bilan birga o'rganishni istaysizmi?
Nazariy bilimlaringizni amaliy mashg'ulotlarda mustahkamlashni xohlaysizmi?

Unda Guliston shahridagi Prezident maktabida yo'lga qo'yilgan "O'rganamiz, o'rgatamiz" loyihasi aynan SIZ uchun!

MAVZU: Momentlar qoidasidan foydalanib noma‘lum jismni massasini topish. ( To find the mass of unknown object by using the law of moments) 🔖 [10-sinf, fizika]

❇️Fizika fani o'qituvchisi: Xurshid Abdullayev

❇️Xalqaro o'qituvchi: Mr. Raj Kalavadiya

▶️Ushbu mavzuda o'quvchilar tayanchda turgan chizg'ichni ikki chetiga  noma‘lum massali jism bilan massasi ma‘lum bo'lgan jismni joylashtirib, ularni muvozanatga keltirib o'rganiladi.


           #olim_kabi_fikrlang_va_ishlang_

Sahifalarimiz ⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#bizning_faxrimiz
#Guliston_Prezident_maktabi

 Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda

11-sinf o'quvchisi Saydullayev Behruz dunyoning yetakchi universitetlaridan umumiy 1557500$ miqdorida GRANT sohibi bo‘lib turibdi.

🔹University of Cincinnati-60000$
🔹New York University in SHanghai-202000$
🔹University of Kentucky- 90 000$
🔹University of Arizon - 76 000$
🔹Arizona State University - 58 000$
🔹Wingate University - 122 000$
🔹Iowa State University - 48 000$
🔹Ursinus University - 180 000$
🔹Colorado Boulder University - 25000$
🔹Florida Technology University - 50 000$
🔹Roanoke University -84 000$
🔹Augustana University - 120000$
🔹Xavier University - 116000$
🔹Seton Hall University -102500$
🔹Indianapolis University - 80000$
🔹Ripon University - 144000$

💫O‘quvchimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Audio
#katta_tanaffus_🔔
#xayrli_kun_

📻Guliston shahridagi Prezident maktabida katta tanaffus vaqtida "Xayrli kun" radioeshittirishi yo'lga qo'yilganligi haqida xabar bergan edik

🎼O'quvchilarimizning madaniy hordiq olishi, kun yangiliklaridan xabardor bo'lishi hamda o'zbek mumtoz kuy va qo'shiqlari, ularning yaratilishi hamda tarixi haqida bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Bir kuy tarixi..." ruknida berib borilayotgan radioeshittirishni Siz azizlarga ham ulashmoqdamiz.

🎤Boborahimova Durdona (7-sinf)
🎤Do'smatova Dildora (7-sinf)

Barchangizga XAYRLI KUN! ☺️


Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#Xorijiy_hamkorlik

"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini ta'kidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.

✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#katta_tanaffus_🔔
#xayrli_kun_

📻Guliston shahridagi Prezident maktabida katta tanaffus vaqtida "Xayrli kun" radioeshittirishi yo'lga qo'yilganligi haqida xabar bergan edik

🎼O'quvchilarimizning madaniy hordiq olishi, kun yangiliklaridan xabardor bo'lishi, tug'ilgan kun tabriklari hamda o'zbek va jahon mumtoz kuy va qo'shiqlari, ularning yaratilishi, tarixi haqida bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Bir kuy tarixi..." ruknida berib borilayotgan radioeshittirishning bugungi sonini Siz azizlarga ham ulashmoqdamiz.

🎤Olimjonova Madina (8-sinf)
🎤Mamatqulova Ozoda (8-sinf)

Barchangizga XAYRLI KUN! ☺️


Bizni kuzatishda davom eting
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#bizning_faxrimiz
#Guliston_Prezident_maktabi

Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda

11-sinf o'quvchisi Abdurahmonova Sevinch Baxtiyor qizi dunyoning yetakchi universitetlaridan umumiy 316200$ miqdorida GRANT sohibi bo‘lib turibdi.

🔸The University of Arizona - 76 000$
🔸Canisius university - 80 000$
🔸Colorado State University
🔸Iowa State University - 22 000$
🔸University of Glasgow
🔸Arizona State University - 52 000$
🔸Queens University of Charlotte - 80 000$
🔸Purdue University, Asia Pacific University - 6200$

💫O‘quvchimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram