GULISTON BUGUN | RASMIY
1.55K subscribers
15.5K photos
1.71K videos
7 files
6.04K links
🔰Guliston shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @GulistonshaharUzbot

☎️ 67-225-42-13

🌐 Web-site: gulistonshahar.uz
📱fb.com/Gulistonshaharhokimligi
📱instagram.com/gulistonshahar_hokimligi
Download Telegram
Ayni paytda oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining oʻttiz uchinchi sessiyasi oʻtkazilmoqda

Sessiya ishini onlayn tarzda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

➡️ @GulistanUz
Forwarded from Sirdaryo — LIVE
Айни пайтда олтинчи чақириқ Халқ депутатлари Сирдарё вилояти Кенгашининг ўттиз учинчи сессияси ўтказилмоқда

Сессия ишини онлайн тарзда ушбу ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин.

📲@SirdaryoUzb
#Sessiya

Joriy yilda mahalla fuqarolari yigʻini raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022-yilning may oyida oʻtkaziladi. Saylovda 236 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylanishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻlla-quvvatlash bosh boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Mamadaminov oʻz hisobotida maʼlum qildi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

2022-2023-yillarda Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 434 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar bosqichma-bosqich oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan almashtiriladi. Bu haqda viloyat XTB boshligʻi Otabek Donaboyev oʻz hisobotida maʼlum qildi.

Bunda 2022-2023-oʻquv yilida ulardan 106 nafarini oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga jalb etish, 2021-2022-oʻquv yili yakuni bilan 88 nafar oʻrta-maxsus oʻqituvchilarni nafaqaga ketishi, Guliston davlat universitetining 2021-2022-oʻquv yilida boshlangʻich taʼlim, mehnat taʼlimi, musiqa taʼlimi va tasviriy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha jami 198 nafar bitiruvchilarini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga 2022-2023-oʻquv yilidan ishga qabul qilish koʻzda tutilgan.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini oshirish maqsadida 4 nafar xorijiy mutaxassis jalb qilish hamda 5 nafar rahbar va metodistlar chet elga tajriba almashish maqsadida xizmat safariga yuboriladi. Bu haqda viloyat XTB boshligʻi Otabek Donaboyev oʻz hisobotida maʼlum qildi.

Har bir tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari boʻyicha malakali xorijiy va boshqa viloyatlardan mutaxassis (metodist, oʻqituvchi)lar mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan jalb qilinadi va ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda viloyatda “Zoʻr” (Klass) loyihasi doirasida 2022-yilda 5 nafar rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchi hamda metodistlarini jalb qilish jarayonlari davom ettiriladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 434 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarning tuman va shahar kesimidagi soni:

Boyovut tumani - 59 nafar, Guliston tumani - 15 nafar, Mirzaobod tumani - 32 nafar, Oqoltin tumani - 29 nafar, Sardoba tumani - 16 nafar, Sayxunobod tumani - 42 nafar, Sirdaryo tumani - 147 nafar, Xovos tumani - 63 nafar, Guliston shahri - 8 nafar, Shirin shahri - 10 nafar va Yangiyer shahri - 13 nafar.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Finlandiya tajribasi asosida 5 ta taʼlim muassasasida tajriba-sinov ishlari tashkil etiladi. Jumladan, 2022-yil davomida Mirzaobod tumani xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Guliston shahar 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Yangiyer shahar 4-umumtaʼlim maktabi, Boyovut tumani xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Sirdaryo tumani 7-umumiy taʼlim maktablarida Finlandiya tajribasi asosida eksperiment sifatida xorijiy mutaxassislar hamkorligida VKS konferensiyalari tashkil etiladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

O‘qituvchilarni malaka toifasi bo‘yicha attestatsiya jarayonlariga jalb etish orqali 2022-yil oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 6,1 foizdan 10,7 foizga (1350 nafarga), birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 23,1 foizdan 31,1 foizga (3900 nafarga) oshiriladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 1042 nafar xorijiy til fani oʻqituvchilarini qayta tayyorlab, milliy (CEFR) va xalqaro (IELTS) sertifikatli pedagoglar sonini 102 nafar (9,8 foiz)dan 2022-yil yakuniga qadar 284 nafar (27,3 foiz)ga hamda 912 nafar matematika fani oʻqituvchilarini milliy sertifikatga ega boʻlish salmogʻi 2022-yil yakuniga qadar 258 nafar (28,3 foiz)ga yetkaziladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Joriy yilning sentabr oyidan Guliston, Yangiyer shaharlari hamda Sirdaryo tumanida bittadan innovatsion maktablar faoliyati tashkil etiladi. Innovatsion ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinflardan boshlab mental arifmetika, ingliz, rustili, musiqa fanlarini chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitish, shaxmat, sport va musiqa to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bolalarning ma’naviyatiga e’tibor berish, ularni tariximizga qiziqtirish, bolalarga bilimni turli o‘yinlar orqali berish, shuningdek, fikrlash qobiliyati kuchli o‘quvchilar safini kengaytirish, maktabni jahon standartlariga javob bera oladigan ta’lim muassasasiga aylantirish rejalashtirilgan.

➡️ @GulistanUz
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 236ta mahalla faoliyat koʻrsatmoqda. Bu haqda viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻlla-quvvatlash bosh boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Mamadaminov xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining oʻttiz uchinchi sessiyasida maʼlum qildi.

Mahalla raislarining 92 nafari oliy maʼlumotli, 104 nafari oʻrta-maxsus, 31 nafari oʻrta maʼlumotga ega. Ularning 125 nafari 50 yoshgacha, 57 nafari 50-60 yoshgacha, 45 nafari esa 60 yoshdan oshgan mahalla raislari hisoblanadi. Raislarning 21 nafari ayollardir.

➡️ @GulistanUz
Fevral oyida hududlarda eng yuqori ishbilarmonlik faoliyati tahlil qilindi

📌Ishbilarmonlik faoliyati tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan olib boriladi:

📈Sirdaryo (52 foiz), Buxoro (45,2 foiz), Namangan (40,6 foiz), Fargʻona (40,4 foiz), Qashqadaryo (39,8 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (62 foiz) soliq tushumlarining sezilarli oʻsishi qayd etildi.

📈Tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlarning eng katta oʻsishi Jizzax (3,1 barobar), Xorazm (2,6 barobar), Andijon (2,2 barobar), Qashqadaryo (82,8 foiz), Sirdaryo (84,3 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

➡️ @GulistanUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Joriy yilning 25-mart kuni «Gulistonliklar» telegram kanali orqali Guliston shahrining Istiqlol mahallasi hududida ichimlik suvi quvuri yorilganligi va oqibatda ushbu quvur yonidagi yo'lning abgor holatga kelganligi bo'yicha fuqarolardan murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaat mas'ul rahbarlar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi. Aniqlanishicha, ushbu hududdan o'tkazilgan suv quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Shuningdek, bu yerdan gaz quvuri ham o'tganligi va bir necha kun davom etgan yog'ingarchilik tufayli ta'mirlash muddatini kechiktirib turish zaruriyati yuzaga kelgan.

Ushbu murojaatda ko'rsatib o'tilgan nosozliklar qisqa fursatlarda bartaraf etiladi.

➡️ @GulistanUz
Vazirlik va hokimliklarning xizmat mashinalari 2030-yilgacha toʻliq elektromobillarga almashtirilishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan prezident qarori loyihasiga koʻra, 2025-yilgacha byudjet tashkilotlari hamda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar xizmat mashinalarining kamida 10 foizini, 2030-yilgacha esa toʻliq elektromobillarga almashtirish koʻzda tutilmoqda.

Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi prezident qaroriga koʻra, 2022-yildan boshlab davlat tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan transport vositalarining kamida 20 foizi elektromobillar boʻlishi talab etiladi.

➡️ @GulistanUz
#Munosabat

«Yangi Sirdaryo» gazetasi orqali Guliston shahrining «Nihol» MFY binosining vaqtincha boshqa binoda ekanligi va ichki ko‘chalarning ahvoli tanqid ostiga olingan. Ushbu murojaat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, mahalla fuqarolari yig‘ini uchun yangi bino qurilishi boshlangan bo‘lib, joriy yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mahalla hududida joylashgan ko‘chalarda kanalizatsiya quvurlari yotqilishi tufayli taʼmirlash ishlari vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, joriy yilda mazkur ko‘chalar ham taʼmirlanishi rejalashtirilgan.

➡️ @GulistanUz