GULISTON BUGUN | RASMIY
1.55K subscribers
15.5K photos
1.71K videos
7 files
6.06K links
🔰Guliston shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @GulistonshaharUzbot

☎️ 67-225-42-13

🌐 Web-site: gulistonshahar.uz
📱fb.com/Gulistonshaharhokimligi
📱instagram.com/gulistonshahar_hokimligi
Download Telegram
1-iyundan shifokorlarning oyligi oshiriladi

➡️ Prezident bugun imzolagan farmoyishga binoan, 2022-yil 1-iyundan boshlab:

▪️sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab 15 foizgacha oshiriladi;

▪️yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

➡️ 2022-yil 1-maydan boshlab:

▪️barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rik bepul bo‘ladi;

▪️qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarining gepatit V kasalligiga qarshi emlanishi bepul bo‘ladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
🕌 Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi

Ertaga, 25-mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Guliston tumanida joylashgan «Shodmonxoʻja» jome masjidining yangi binosi ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda musulmonlar idorasining Sirdaryo viloyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Muftiy Hazratlari juma namozida moʻmin-musulmonlarga maʼrifiy suhbatlar qilib beradilar. Siz azizlarni juma namozini «Shodmonxoʻja» masjidida ado etishga taklif etamiz.

Allohga behisob shukrlar boʻlsinki, hozirgi kunga kelib ushbu jome masjidning yangi binosini qayta qurish va taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlanib, moʻmin-musulmonlar foydalanishi uchun tayyor holatga keltirildi»
- deyiladi xabarda.

➡️ @GulistanUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Joriy yilning 10-mart kuni «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi oʻzbek paxtasini global boykot qilish chaqirigʻi tugaganini eʼlon qilgan edi.

Ushbu muhim yutuqga erishish uchun nimalar qilindi va u Oʻzbekistonga nima beradi? Batafsil maʼlumot ushbu videoda.

➡️ @GulistanUz
Ayni paytda oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining oʻttiz uchinchi sessiyasi oʻtkazilmoqda

Sessiya ishini onlayn tarzda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

➡️ @GulistanUz
Forwarded from Sirdaryo — LIVE
Айни пайтда олтинчи чақириқ Халқ депутатлари Сирдарё вилояти Кенгашининг ўттиз учинчи сессияси ўтказилмоқда

Сессия ишини онлайн тарзда ушбу ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин.

📲@SirdaryoUzb
#Sessiya

Joriy yilda mahalla fuqarolari yigʻini raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022-yilning may oyida oʻtkaziladi. Saylovda 236 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylanishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻlla-quvvatlash bosh boshqarmasi boshligʻi Oʻlmas Mamadaminov oʻz hisobotida maʼlum qildi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

2022-2023-yillarda Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 434 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar bosqichma-bosqich oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan almashtiriladi. Bu haqda viloyat XTB boshligʻi Otabek Donaboyev oʻz hisobotida maʼlum qildi.

Bunda 2022-2023-oʻquv yilida ulardan 106 nafarini oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga jalb etish, 2021-2022-oʻquv yili yakuni bilan 88 nafar oʻrta-maxsus oʻqituvchilarni nafaqaga ketishi, Guliston davlat universitetining 2021-2022-oʻquv yilida boshlangʻich taʼlim, mehnat taʼlimi, musiqa taʼlimi va tasviriy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha jami 198 nafar bitiruvchilarini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga 2022-2023-oʻquv yilidan ishga qabul qilish koʻzda tutilgan.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini oshirish maqsadida 4 nafar xorijiy mutaxassis jalb qilish hamda 5 nafar rahbar va metodistlar chet elga tajriba almashish maqsadida xizmat safariga yuboriladi. Bu haqda viloyat XTB boshligʻi Otabek Donaboyev oʻz hisobotida maʼlum qildi.

Har bir tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillari boʻyicha malakali xorijiy va boshqa viloyatlardan mutaxassis (metodist, oʻqituvchi)lar mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan jalb qilinadi va ularga barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda viloyatda “Zoʻr” (Klass) loyihasi doirasida 2022-yilda 5 nafar rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchi hamda metodistlarini jalb qilish jarayonlari davom ettiriladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 434 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarning tuman va shahar kesimidagi soni:

Boyovut tumani - 59 nafar, Guliston tumani - 15 nafar, Mirzaobod tumani - 32 nafar, Oqoltin tumani - 29 nafar, Sardoba tumani - 16 nafar, Sayxunobod tumani - 42 nafar, Sirdaryo tumani - 147 nafar, Xovos tumani - 63 nafar, Guliston shahri - 8 nafar, Shirin shahri - 10 nafar va Yangiyer shahri - 13 nafar.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Finlandiya tajribasi asosida 5 ta taʼlim muassasasida tajriba-sinov ishlari tashkil etiladi. Jumladan, 2022-yil davomida Mirzaobod tumani xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Guliston shahar 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Yangiyer shahar 4-umumtaʼlim maktabi, Boyovut tumani xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Sirdaryo tumani 7-umumiy taʼlim maktablarida Finlandiya tajribasi asosida eksperiment sifatida xorijiy mutaxassislar hamkorligida VKS konferensiyalari tashkil etiladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

O‘qituvchilarni malaka toifasi bo‘yicha attestatsiya jarayonlariga jalb etish orqali 2022-yil oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 6,1 foizdan 10,7 foizga (1350 nafarga), birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 23,1 foizdan 31,1 foizga (3900 nafarga) oshiriladi.

➡️ @GulistanUz
#Sessiya

Taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 1042 nafar xorijiy til fani oʻqituvchilarini qayta tayyorlab, milliy (CEFR) va xalqaro (IELTS) sertifikatli pedagoglar sonini 102 nafar (9,8 foiz)dan 2022-yil yakuniga qadar 284 nafar (27,3 foiz)ga hamda 912 nafar matematika fani oʻqituvchilarini milliy sertifikatga ega boʻlish salmogʻi 2022-yil yakuniga qadar 258 nafar (28,3 foiz)ga yetkaziladi.

➡️ @GulistanUz