GULISTON BUGUN | RASMIY
1.52K subscribers
15.2K photos
1.66K videos
7 files
5.9K links
🔰Guliston shahri hokimligining telegramdagi rasmiy kanali.

Murojaat uchun: @GulistonshaharUzbot

☎️ 67-225-42-13

🌐 Web-site: gulistonshahar.uz
📱fb.com/Gulistonshaharhokimligi
📱instagram.com/gulistonshahar_hokimligi
Download Telegram
Guliston shahrida hokim va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi

Joriy yilning 7-avgust kuni Guliston shahri hokimi Jamoliddin Xodjimanov hamda shahar sektor rahbarlari Do'stlik mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi va har bir yosh bilan individual ravishda suhbatlashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan suhbat jarayonida yoshlarning muammolari, ularning bandligi hamda tibbiy yordam bo'yicha qilgan murojaatlari tinglandi va tegishli mas’ullarga biriktirildi.

Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3055 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi

➤ Oqoltin tumanidan 528 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 392 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 312 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 128 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 364 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 493 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 98 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 497 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 2 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 238 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 3 ta (ko'rish)

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Sirdaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 238,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 foizga o‘sdi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

2024-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega boʻlgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.

Ushbu talab kuchga kirgunga qadar tenderda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining avtobuslarni nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan qismi 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Sirdaryo viloyatidan 68 ta davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling

➤ Oqoltin tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 1 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 23 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 6 tа (ko'rish)

e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, 9-avgust kuni soat 18:30da Sirdaryo telekanali orqali toʻgʻridan -toʻgʻri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” koʻrsatuvida Guliston shahrida kuz –qish mavsumiga tayyogarlik borasida olib borilayotgan ishlar hamda bu boradagi muammolar toʻgʻrisida soʻz boradi.

Sizda mavzuga doir har qanday savol, murojaat yoki takliflar boʻlsa soat 18:00dan boshlab +99867-225-11-10 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki koʻrsatuvda bevosita ishtirok etishingiz mumkin. Sizning savollaringizga tegishli masʼullar javob beradi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Kadastr tizimida yangi qonun

Bu Qonun qanday uylarga amal qiladi?
Buning uchun fuqarolar qayerga borishlari kerak?
Ushbu Qonun qachon kuchga kiradi ?

Ushbu savollarga mazkur videolavha orqali javob olishingiz mumkin.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Ayni damda Sirdaryo telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Ochiq muloqot” dasturida Guliston shahri hokimligi, shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda. Unda shahar hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan berilgan savollarga javob berilmoqda.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Guliston shahri jamoat transporti brutto shartnoma tizimiga o‘tkaziladi

Bu haqda Guliston shahrida Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda ma'lum qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga brutto-shartnoma tizimi asosida qulay, xavfsiz va ishonchli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shahar avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov qamrovini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot uchun, brutto-shartnoma tizimi – yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun «bosib oʻtilgan yoʻl» va «sifat» mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Кун тартибидаги асосий масалалар – Бухоро вилояти мисолида тадбиркорларга кўпроқ шароит яратиш, ҳар бир туманни ихтисослаштириш, энергиядан оқилона фойдаланиш, яшил манбаларни кўпайтириш, туман идораларини самарали ишлашга ўргатиш кўриб чиқилди.

Икки ой олдин Бухорога ташрифда ҳамма муаммолар ечими кўрсатиб берилган эди. Ташрифдан кейин вилоятга 1,4 триллион сўм ажратилди. Бугун Президент томонидан имзоланган қарорларга мувофиқ вилоятга тадбиркорлик учун қўшимча 60 миллион доллар, инфратузилмага 40 миллион доллар ажратилади.

Вилоят ҳокими, уни ўринбосарлари, туман ҳокимлари шунга муносиб ишлаб, жойлардаги ташкилотлар олдига аниқ вазифа, ходимларига KPI белгилаб, ҳар куни аниқ натижага ишлаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Келгусида ҳар битта тармоқ ва вилоятдаги ҳақиқий аҳвол шундай таҳлил қилиниб, муҳокама ўтказилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X