Flutter dasturchi
390 subscribers
75 photos
15 videos
7 files
75 links
Dart dasturlash tili va Flutter bo'yicha o'zbek tilida darslar

Muhokama uchun: @DartDasturchi
Download Telegram
☄️ Bugun, 28 yanvar, dunyoda Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kuni (Data Protection Day).

Ushbu kun 1981 - yildan beri nishonlanib kelinadi.

➡️ @FlutterDasturchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Loading... 💥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Mendurman o'sha
Jonathan Blow, shunchaki, yetuk dasturchi emas. Balkim, dasturchilarni ham analiz qilish qobiliyatiga ega ekan. Dasturchilar haqiqiy dasturchi kimligini esidan chiqarib boryapti. Chunki, ularni atrofidagilar ham xuddi shunday fikrga ekanligi va barchasini haqiqiy dasturchi bo’lish yo’lida ularni pul yo’ldan urishini takidlab o’tgan.

https://www.youtube.com/watch?v=Z0SJNkzOiq4
👍1
👍1
Next... 💥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😏
👍1
Forwarded from Azim Pulat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Minesweeper O'yini 💣

C++ dasturlash tili kursi uchun yakuniy loyiha sifatida Minesweeper o'yinini qayta yaratdim.

Ushbu o'yin ko'pchiligimizga Windows XP operatsion tizimidan ma'lum bo'lsa kerak.

O'yin oddiy ko'rinsada, yaratishda biroz algoritmik bilim ham talab etdi (misol: Breadth-First-Search Traversal). Object Oriented Design interview'larda ushbu o'yinni design qilish juda ko'p so'raladi.

Manba: github.com/azimjohn/minesweeper
Dronlar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarishda qo'llaniladigan dasturlash tillari odatda dronning texnik xususiyatlari, ishlab chiqarish maqsadlari va kerakli funksiyalarga bog'liq. Quyida dronlar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarishda keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning qo'llanilish sohalari keltirilgan:

1. Python

- Qo'llanilishi: Sun'iy intellekt (AI), rasm tahlili, ma'lumotlar tahlili, back-end ishlab chiqish.
- Afzalliklari: Keng kutubxonalar to'plami, AI va mashinani o'rganishga mo'ljallangan kutubxonalar (masalan, TensorFlow, PyTorch), o'rganish osonligi.

2. C++

- Qo'llanilishi: Yaqin apparat bilan ishlash, tez ishlov berish talab etiladigan vazifalar, real vaqt rejimida ishlov berish tizimlari.
- Afzalliklari: Yuqori samaradorlik, keng qo'llaniladi, dronlar uchun apparat kontrollerlari va firmvar ishlab chiqishda afzal ko'riladi.

3. JavaScript (Node.js)

- Qo'llanilishi: Real vaqtli ma'lumotlar bilan ishlash, web-asosidagi foydalanuvchi interfeyslari, IoT (Internet of Things) dasturlari.
- Afzalliklari: Asinxron ishlov berish, kengaytirilgan jamoa va kutubxonalar, web dasturlar ishlab chiqishda qulay.

4. Java

- Qo'llanilishi: Android asosidagi qurilmalar bilan ishlash, mobil ilovalar ishlab chiqish, korporativ dasturlar.
- Afzalliklari: Kross-platforma qo'llab-quvvatlash, kuchli tipizatsiya, keng qo'llaniladigan dasturlash tili.

5. Swift (iOS)

- Qo'llanilishi: iOS qurilmalari uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish, dron boshqaruv ilovalari.
- Afzalliklari: Apple ekotizimida integratsiyalangan, tezkor ishlov berish, foydalanuvchi interfeysi yaratishda qulay.

6. ROS (Robot Operating System)

- Qo'llanilishi: Robototexnika dasturlarini ishlab chiqish, dronlar uchun murakkab boshqaruv algoritmlari.
- Afzalliklari: Robotlar va dronlar uchun mo'ljallangan yuqori darajadagi abstraksiyalar, kengaytiriladigan arxitektura, keng jamoa va kutubxonalar.

➡️@FlutterDasturchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchilik men uchun emasmi?

Bir nechta yosh dasturchilar hafa bo’lib “Dasturchilik men uchun emasmi? Qiynalyapman, tashlab yuborgim kelyapti. Nima qilay?” deb yozishgan. Bu borada mening fikrim quyidagicha.

Hech narsa oson emas. Boshqa yo’nalishlar ham huddi shunday qiyin. Barcha arziydigan sohalarda qiynaladi odam. Lekin shularning hammasi sekin sekin osonlashadi bir kun kelib. Ko’proq o’rganganingiz sari, ko’proq o’qiganingiz sari, osonlashib, va eng asosiysi qiziqlashib boraveradi. Boshida siz oddiy if/else lar yozib yurasiz, keyin esa haqiqiy backendlar, web loyihalar, o’yinlar yoza oladigan bo’lasiz. Albatta qiziqlashadida.

Lekin dasturlash haqiqatda hammaga ham emas. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun ma’lum turdagi ko’nikmalar talab qilinadi. Masalan:

- Soatlab o’tirib biror muammo ustida ishlay olish
- Har doim yangi narsalar o’rganishga tayyor bo’lish
- Qilingan ishni boshqalarga yozma va og’zaki tushuntira bera olish
- Va hokazo

Kimdirda shunday hususiyatlar bor, kimdirda esa yo’q. Bu normal holat. Bunda hech qanday yomonlik yo’q. Kimda bu ko’nikmalar yo’q bo’lsa, boshqalari bor. Balki jismoniy tarafdan kuchlidir, balki kuchli biznesmendir.

Shuning uchun ham, asosiy savol “Dasturchilik men uchun emasmi?” emas balki “Menda dasturchilik uchun kerak bo’lgan ko’nikmalar va hususiyatlar bormi?” bo’lishi kerak. Agar yo’q bo’lsa, tashlang va ko’nikmalaringizga to’g’ri keladigan soha toping. Bor bo’lsa va dasturchilikda qiynalayotgan bo’lsangiz, albatta davom eting. Kundan kunga osonlashib va qiziqlashib boraveradi va bir kun kelib siz yutasiz.

@jakhonrakhmonov
👍3
Bugun qaysidir universitetda dars o'tgan talabalardan biri menga windowsda shunaqangi vpn kerak-ki, u orqali faqat bitta dastur VPN bilan ishlashi, qolgan dasturlarga ta'sir qilmasligi kerak degan mazmunda savol beribdi.

Odatda, bu kabi maxsus sozlamalarni taqdim etadigan dasturlar "split tunneling" yoki "app-based routing" kabi xususiyatlarni qo'llab-quvvatlashi mumkin. Split tunneling VPN orqali qaysi trafikni yuborish va qaysi trafikni bevosita Internet orqali yuborishni tanlash imkonini beradi, bu esa faqat ma'lum bir dastur yoki ilova uchun VPN ishlatishni imkonini berishi haqida aytdim.

Ushbu VPN dasturlar ma'lum to'lov evaziga sizga yuqoridagi imkoniyatni taqdim etadi. Bepul vpnlar faqat sizga zarar yetkazadi.

Agar undagi windowsda litsenziya bo'lmasa yoki qanadir sozlamalarni to'g'ri bajarmasa, pul to'lab VPN dasturlar sotib olish ham foyda bermasligi mumkin.

@FlutterDasturchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt robotlarning "miyasi"ga kirishni boshladi. Gumanoid robotlar ustida ishlayotgan "Figure" kompaniyasi o'z roboti haqida qisqa video e'lon qildi.

Unda robot odamdek gapiryapti va fikrlayapti. Unga faqat yumushlarni bajarish haqida buyruqlar berilmadi, balki bu ishlarni nega va qanday bajarayotgani haqida ham so'rashdi. Javoblar esa ohang va mazmun jihatidan odamnikidan farq qilmaydi. Qo'l harakatlari ham ancha tekis.

Behzod Mamadiev

@FlutterDasturchi
👍3
Polsha kiberxavfsizlik reytingida dunyoda 1-oʻrinni egalladi
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀

Milliy kiberxavfsizlik indeksi (NCSI) reytingi elektron boshqaruv akademiyasi tomonidan tuziladi, bu butun dunyodagi davlat sektori agentliklariga raqamli transformatsiyaga erishishda yordam beradi. Reytingning asosiy maqsadi har xil turdagi kiber hodisalar, jumladan: xakerlik hujumlari ehtimoliga mamlakatning tayyorlik darajasini aniq o'lchashdir. Reytingning so'nggi nashrida Polsha nufuzli 1-o'rinni egalladi, ammo uning mualliflari Polshaning hali qiladigan ishlari ko'p ekanligini ta'kidlamoqda.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Polsha NCSI reytingida 100 ta mumkin bo‘lgan balldan 90,83 ball to‘plab, Avstraliya (87,50 ball) va Estoniyani (85,83 ball) ortda qoldirdi. Ro‘yxatga dunyoning jami 32 davlati kiritilgan.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Ayrim mamlakatlarni baholash qoidalar, oq qog'ozlar va rasmiy veb-saytlar kabi ommaga ochiq materiallarga asoslanadi. O'lchov ko'rsatkichlari milliy kiberxavfsizlik tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Bugungi dunyoning asosiy kibertahdidlariga quyidagilar kiradi: xizmat ko'rsatishni rad etish (DoS), ma'lumotlar yaxlitligini buzish va ma'lumotlar maxfiyligini buzish. Ushbu tahdidlarni samarali boshqarish uchun har bir davlat tegishli strategik va tezkor javob berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Shu bilan birga, “Elektron boshqaruv akademiyasi” tashkiloti o‘z ma’ruzasida Polsha hozirda kiberxavfsizlik sohasida jahon davlati bo‘lsa-da, ba’zi jihatlari bo‘yicha hali ham ko‘p narsaga yetishi kerakligiga e’tibor qaratdi.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀
Polsha elektron boshqaruvni rivojlantirish indeksi va tarmoq tayyorlik indeksi (NRI) asosida hisoblangan raqamli rivojlanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni namoyish etmoqda. Polshaning bu boradagi ko‘rsatkichi 72,29/100 ballni tashkil qildi.

@FlutterDasturchi
👍5
Forwarded from Xizmatlar AI
10-dastur. Ushbu dastur "Tez yoz dasturi" deb nomlanadi va foydalanuvchilarning klaviaturada qanchalik tez va aniqlik bilan yozish qobiliyatini sinash imkonini beradi. Dastur, foydalanuvchiga berilgan matnni imkon qadar tez va to'g'ri terishni talab qiladi.

Dastur ishga tushirilganda, foydalanuvchi ekranda tasodifiy tanlangan matnni ko'radi va uni terishni boshlashi kerak. Terish jarayoni davom etar ekan, dastur vaqtini hisoblab boradi va foydalanuvchi "Tugatish" tugmasini bosganda, terilgan matnning to'g'riligi, jumladan to'g'ri terilgan so'zlar va harflar soni, hamda sarflangan vaqt ko'rsatiladi. Foydalanuvchi talabiga qarab qo'shimcha funksiyalar qo'shib beramiz.

Narxi: 1 mln so'm.

Qo'shimcha narx bilan .uz domen olib xostingga joylashtirib beramiz. Hamma foydalana oladi. Guvohnoma ham olish mumkin

Murojaat uchun: @XizmatAI | Shu sohaga aloqadorlarga jo'nating.

@XizmatlarAI
Forwarded from Xizmatlar AI
28-dastur. DDoS hujumlaridan himoya qiluvchi virtual laboratoriya tizimi

Ushbu tizim orqali talabalar xavfsiz muhitda turli xil DDoS hujum turlarini va ularning ta'sir qilish usullarini o'rganishlari, shuningdek, bu hujumlarga qarshi turli himoya strategiyalarini sinab ko'rishlari mumkin. Bu o'quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash va tahlil qilish ko'nikmalarini oshiradi.

Foydalanuvchi talabiga qarab qo'shimcha funksiyalar qo'shib beramiz. [o'zingiz o'tayotgan fanlardan VIRTUAL LABARATORIYALAR tayyorlab beramiz]

Narxi: 200 ming so'm (shu holati)

Qo'shimcha narx bilan .uz domen olib xostingga joylashtirib beramiz. Hamma foydalana oladi. Guvohnoma ham olish mumkin

Murojaat uchun: @XizmatAI | Shu sohaga aloqadorlarga jo'nating.

@XizmatlarAI
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
IP aniqlash. Nursaidovuz.hta
4 KB
Ushbu tizim, domen nomiga mos keladigan IP manzillarni aniqlash, o'quvchilarning texnik bilimlarini oshirish va ularni amaliy mashg'ulotlar bilan yanada chuqurroq tushunchaga ega bo'lishiga yordam beradi. O'quvchilar nslookup buyrug'ini ishlatish orqali domen nomlari va IP manzillar haqida ko'proq ma'lumot olishadi

Kiberxavfsizlik darslarida foydalanish uchun tayyor tizim.

t.iss.one/nurstudio
Forwarded from NurStudio | Dasturlar
CompOFF.hta
4 KB
Kompyuterni avtomatik o'chirish tizimi

Bu tizim, foydalanuvchiga kompyuterini ma'lum vaqt oralig'idan so'ng avtomatik ravishda o'chirish imkonini beradi. Tizimda vaqt soniyalarda kiritiladi va "O'chirishni boshlash" tugmasini bosish orqali timer boshlanadi. Vaqt tugagach, kompyuter avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar foydalanuvchi timerni to'xtatmoqchi bo'lsa, "O'chirishni bekor qilish" tugmasidan foydalanishi mumkin.

Masalan internetdan katta hajmdagi ma'lumot yuklayapsiz. Lekin kutishga vaqt yo'q. Taxminan vaqt belgilaysiz. Kompyuter o'chgan bo'ladi.

t.iss.one/nurstudio
👍4
Flutterchilar, nima qildik?

@FlutterDasturchi
👎2
Forwarded from Vashington kundaligi
Dunyo bo'ylab "Microsoft" kompaniyasining "Windows" operatsion tizimi ishdan chiqdi. Ko'plab aeroportlarda samolyotlar reysi qoldirilgan, hatto uchayotgan parvozlar qo'ndirilgan. Ba'zi telekompaniyalarda jonli efirlar to'xtab qolgan.

Bunga sabab - "Windows" operatsion tizimining bir qismi bo'lgan xavfsizlik dasturi uchun yuklangan yangilanishdagi xato bo'lgan.

Xavfsizlik dasturi "CrowdStrike" kompaniyasiga tegishli bo'lib, kompaniya muammoni tan olgan va uni tuzatuvchi yangilanish yuklanganini ma'lum qilmoqda.

"CrowdStrike" aksiyalari narxi ertalab 20 foizga tushib ketdi. Hozir -10% atrofida. Menda ham uning aksiyalari bor edi. 🥲

Sizning kompyuteringizda ham bu muammo kuzatildimi?

Agar oxirgi yangilanishlarni operatsion tizimingiz yuklab olmagan bo'lsa, bu sizda sezilmagan bo'lishi kerak.

@bmamadiev
👍2