FVMMTB - Rasmiy kanali
7.63K subscribers
7.21K photos
456 videos
1 file
645 links
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali

✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari
Download Telegram
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Ayni damda Farg‘ona viloyatida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam ko‘rsatilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 12-avgust kuni 8 nafar tadbirkorlarning bitimda ko‘rsatilgan joylashuv manzilidagi muammolar bo‘yicha murojaati joyida ijobiy hal etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔻Poraning har qanday shakli korrupsiyadir...

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
#Ertaga_forum!

1️⃣ “Ustozlar milliy forumi” an’anaviy tarzda har yilning avgust oyida o‘tkaziladi.

2️⃣ Treninglar barcha fanlar kesimida, shuningdek maktabgacha ta’lim va ma’naviyat kabi yo‘nalishlarni qamragan holda, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

3️⃣ Forumda ustozlar ilg‘or metodikalar hamda tizimdagi yangiliklardan xabardor bo‘lishadi

4️⃣ Tadbir poytaxtda boshlanib, viloyat markazlari, so‘ngra tumanlar va maktablarda kaskad tarzida davom etadi.

5️⃣ Bu yilgi Forum “Renessans” oromgohida o‘tkazilib, unda hududlardan 400 nafar yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar jalb etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanidagi 22-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidan norozi bo‘lib yozilgan murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda yozilgan iddaolar qanchalik asosli ekanini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzilib, mazkur ta’lim tashkilotida nazorat ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida murojaatda aytilgan musiqa rahbarining ma’lumoti o‘rta maxsus bo‘lib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa rahbari yo‘nalishida o‘qigani, jismoniy tarbiya yo‘riqchisining ma’lumoti oliy, shu yili jismoniy madaniyat yo‘nalishini tamomlagani aniqlandi.

Tashkilotda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib, to‘garak mashg‘ulotlari olib borilayotgani, ushbu xodimning mutaxassisligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tabiyachisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tashkilotda to‘garak mashg‘ulotlari o‘z vaqtida va sifatli olib borilmoqda. Jamoada korrupsion holatlar aniqlanmadi. Xodimlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 16 ta ichki lokal hujjatlari bilan tanishtirilib, tilxat olingan.

Tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi soha mas’uliga bu borada nazoatni kuchaytirishi haqida aniq topshiriqlar berilganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.