English Platform LC
6.16K subscribers
1.51K photos
261 videos
317 files
1.92K links
General English va IELTS uchun foydali postlar

O'quvchilarimizning IELTS natijalari: @EnglishPlatform_Testimonials

Reklama uchun: @English_Platform_admin
Download Telegram
3. The Government’s Sustainable Communities Plan seeks a holistic approach to new urban development in which housing, employment, services and infrastructure of all kinds are carefully planned and delivered in a way which avoids the infrastructure deficits that have occurred in places like Didcot in the past. This report, therefore, is structured around the individual components of a sustainable community, and shows the baseline position for each component.
Hamma salom. 👋👋👋

Bilasizmi IELTS imtihonini vocabulary test desa ham bo’ladi, chunki IELTS imtihonida va ayniqsa Listening va Readingda sizning so’z bilish darajangiz tekshiriladi.

Bu postda odatda Listening Part 2 da tushadigan va ko’pchilik o’quvchilarga bosh og’rig’i bo’ladigan ‘Labelling a Map or Plan🗺 savol turlarida ishlatiladigan so’zlar va iboralarni ko’rib chiqamiz (ha aytgandek bu so’zlar va iboralarni Writing task one map savol turida ham ishlatsangiz bo’ladi).

At the top - …ni tepasida

at the bottom -
… ni pasida

on the left - chapda

on the right - o’ngda

on the far side - uzoq tomonda

North/South/East/West - Shimol/Janub/Sharq/G’arb

to the north - shimolga qarab

to the west - g’arbga qarab

slightly west of - dan ozroq g’arbda

in the southern - janubda

in the northeast - shimoliy sharqda

in the middle of -
ning o’rtasida

in the centre of … ning markazida

above - yuqori

below - past

inside - ichida

outside - tashqarida

opposite/in front of - ro’parasida

left hand side - chap qo’l tomonda

right hand side - o’ng qo’l tomonda

clockwise - soat strelkasi bo’ylab

anti-clockwise - soat strelkasiga teskari

a little beyond - biroz narida

just past - dan biroz o’tib

before you get to - qayergadir yetishizdan oldin

adjoining - yonidagi, …ga qo’shilgan

enter via - orqali kirish

runs alongside - bo’ylab cho’zilgan

Xo’sh, post foydali bo’ldimi? Shu so’zlar va iboralarni yodlab map savolarini ishlab ko’ring.

https://t.iss.one/EnglishPlatform
👍16👏7
Hammaga salom!👋👋👋

Listeningdan yuqori bal olish uchun eng kerakli 3 ta narsa nima ekanligini bilasizmi?

Bular:

- Listening skills
- Vocabulary
- Focus


Agar shu 3 ta narsani o’zingizda rivojlantira olsangiz, listen balingiz albatta yuqori bo’ladi. Ularga erishish uchun esa ‘Micro-Listening’ 🎧strategiyasidan foydalansangiz bo’ladi.

Micro-Listening 4 qadamdan iborat.

1) Ingliz tilida o’zingizga yoqadigan listening dasturini tanlang va tinglang. (Podcast, TV shows va xokazo. Lekin Youtubeda ingliz tili o’rgatadigan videolar emas.)

2) Bu audioni to’liq tushunmaguningizgacha qayta va qayta tinglang (bu connected speechlarni tushunishingizga yordam beradi) va audiomatndagi yangi so’zlarni yozib oling.

3)Yozib olingan so’zlarni faqat kontekstda tushushinishga harakat qiling.

4) Yangi so’zlarni doimiy takrorlab turing va ularga gaplar tuzing.

Shu 4 qadam sizning listening qobilatingizni, so’z boyligingiz va diqqatingizni tez va samarali oshiradi.

Siz bu usuldan foydalanganmisiz?🤔
13👍4👌1
Hammaga salom.👋👋👋

Bugungi post readingda qo’l keladigan va menga yordam bergan 8 ta maslahat (advice) haqida bo’ladi.

1. ‘Time is your enemy’ bu degani reading imtihonda har bir daqiqa siz uchun juda muhim bo’ladi shuning uchun undan unumli foydalanishni mashq qiling.

2. Readingda savol turlari har xil bo’ladi va ular har xil strategiyalarni talab qiladi, shuning uchun har bir savol turiga aholida tayyorlaning (Bu strategiyalarni darslarimda o’rgatib boraman).😉

3. Practice vaqtida reading matndagi har bir so’zni tushunishingiz shart emas. Ba’zi so’zlarni bilmasangiz, so’zni konteksga qarab taxmin qilishga harakat qiling.

4. Iloji boricha ko’proq va mutazam ingliz tilida matnlar o’qing, chunki practice makes perfect.☝️

5. Readingdagi instruksiyalarni diqqat bilan o’qib ching. Ba’zida instruksiyani noto’g’ri tushunish xatolarga olib keladi.

6. So’z boyligingizni yaxshilashga e’tibor bering, chunki so’z boyligingiz reading balingizni yaxshilashga yordam beradi.

7. Reading practice qilayotganingizda bitta savolga ko’p vaqt sarflab qolib ketmang. Agar savolni javobini topa olmasangiz, darhol keyingi savolga o’ting.

8. Ishlab chiqilgan reading matnni albatta analiz qilib chiqing.
👍18
Hello everyone! 👋👋👋

Keling, bugun readingda tushadigan savol turlari bilan tanishamiz. Reading testida asosan 12 savol turlari beriladi.

Bular:

1. Short answers
2. Multiple choice
3. Summary completion
4. Matching sentences
5. Sentence completion
6.True/False/Not Given
7. Yes/No/Not Given
8. Matching headings
9. Labelling a Diagram
10. Matching Names
11. Matching Information to Paragraphs
12. Table completion


Tayyorgarlik ko’rganda, weak pointingiz qaysi savol turi bo’lsa, ushani ustida ishlashingiz kerak.

Siz uchun qaysi savol turi qiyin hisoblanadi? 🤔

Qaysi savol izohlarda ko’p yozilsa, o’sha savol bo’yicha o’sh bo’yicha o’zim foydalangan texnikani o’rgataman.😉
👍52
Hammaga salom!👋👋👋

Izohlarda matching headings savol turi ko’pchilik uchun challenging savol ekanligini yozishibdi. Shuning uchun bu post matching headings haqida bo’ladi.

Matching headings qiyin savollardan biri va ular sizdan paragrafni ma’nosini tushunishingizni va unga mos sarvlahani belgilashni talab qiladi. Matching headings ya’na bir xususiyati shundaki ularda optionlar paragrafdan ko’p bo’ladi.

Matching headings savollarini ishlashda quydagi strategiyalardan foydalanishingiz mumkin:

1. Paragrafni ‘topic sentence’ ya’ni boshidagi yoki oxiridagi gaplarni o’qib, to’g’ri javob topish mumkin (lekin bu usul har doim ham to’g’ri bo’lmasligi mumkin).

2. Ba’zida paragrafni to’liq o’qib chiqish kerak bo’ladi va bu holda paragrafni o’qib bo’lib, uning main ideasini toping va undan kelib chiqib unga sarvlaha o’lyab topishga harakat qiling va keyin optionlarga o’ting.

3. Javob optionlari va paragrafdagi so’zlarni sinominlarini topishga harakat qiling, ular to’g’ri javobni belgilashga yordam berishi mukin.


Agar matching headings haqida yanada chuqurroq o’rganmoqchi bo’lsangiz, Chris Pellning quyidagi video darsini taklif etaman.😎

https://youtu.be/wS3w5f_pL_k?si=cYrm1j7BChYCSPya
🔥7👍5
Hammaga salom!👋👋👋

Listening va Reading uchun eng muhim narsa ☝️☝️☝️

IELTS imtihonida focus juda muhim hisoblanadi. Agar siz Listening yoki Reading mashqlarini bajarayotganingizda diqqatingizni bir joyga jamlay olmasangiz, unda sizning Listening va reading skillaringiz yetarlicha rivojlanmagan bo'ladi.

Buni rivojlantirish uchun siz Reading va Listening testlarini ko'proq qilishingiz kerak bo'ladi, chunki Focus bu mushaklarga o'xshaydi. Agar siz sport zalga birinchi marta borib mashq qilsangiz, bu sizning mushaklaringiz uchun qiyin bo'ladi. Lekin mutazam mashq qilishda davom etsangiz, mashq qilish siz uchun ancha oson bo'la boshlaydi.

Xo’sh, siz listening yoki reading qilayotganingizda diqqatingizni bor joyda jamlay olasizmi?🤔
👌9👍5
Do'stlar,

Gulora Muzaffarova shaxsiy kanalida maxsus formani to'ldirish evaziga (IELTS va ingliz tilini o'rganishdagi muammolar bo'yicha) IELTS Listeningda 0 dan 9.0 balgacha bo'lgan yo'l to'liq tushuntirilgan 40 daqiqalik videodars BEPUL tuhfa 🎁🎁🎁 qilinyapti.

Videodarsni ko'rish uchun quyidagi havolani to'ldiring va oxirida berilgan Telegram kanal linkiga o'ting.👇👇👇

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf-kKFZYu6YUcLiQg_iYNyQwCOOaF4urGEcZHRO99ZDpRXDMQ/viewform?usp=sf_link
🔥6👍1💯1
Hammaga salom!

Ko’pchilik o’quvchilarim mocklarda yuqori natijalarga erishardilar, lekin real examda asl potensiyallarini ko’rsata olmasdilar va buni asl sababi ularni bilimi emas, psixologik holati bo’lganligi uchun ba’zida o’z potensialidan 1.0 bal kamroq chiqgani holatlar ham bo’lgan.☝️

Bugun o’zim qanday qilib imtihondan avval meditasiya qilganim va bu imtihon vaqtida focus qilishimga yordam bergani haqida yozmoqchiman.

Albatta diqqatni oshirishning bir qancha usullari bor. Masalan: sport bilan shug’ullanish, kitob o’qish va sokin musiqa tinglash. Lekin bugungi kunda diqqatimizni eng ko’p distract qiladigan narsa bu - shubhasiz Internet ya’ni bo’sh vaqtimizda uzluksiz ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishdir.📱

Imtihon vaqtida barcha componentlarni juda xotirjam va erkin ishlagan edim va umuman miyam charchoqni his qilmagan edi. Chunki imtihondan ikki kun avval umuman Internetga kirmay, sokin musiqa tinglagan edim. Undan tashqari imtihon haqida umuman o’ylamagan va toza havoda ko’p sayr qilib, sport bilan shug’ullangan edim. Bu usullar menga imtihonda o’zimni ancha yengil his qilishimga yordam bergandi va savollar menga juda oson tuyulgan edi. (Avvalgi imtihonda barchasi teskarisi bo’lgan edi chunki u vaqt imtihondan oldingu kunlarda, ko’p vaqtimni Internetda sarflagan edim).

Quyida men tinglagan musiqani linki. Bu musiqa imtihondan oldin sizga meditasiya 💆 qilishga yordam beradi.

https://www.youtube.com/live/gf8cu84JXMA?si=S5AYGMuxrbTx4PeC
👍8
Hammaga salom! 👋👋👋

Keling bugun listeningdan qisqa practice qilamiz.🎧🎧🎧

Quyidagi listening testda 10 ta multiple choice savollari audio matn bilan birga berilgan. Ko’pchilik talabalarning listeningdagi og’riqli nuqtasi bu multiple choice bo’lgani uchun bu savollarni slow practice (slow practice bu listeningni bir necha marotaba tinglab tushunish va analiz qilish degani) yordamida ishlab ko’ring va javoblarini audio matndan topishga harakat qiling.

Bu usul sizning listening multiple choice savollarini xatosiz ishlashingizga yordam beradi.
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni ancha avval tayyorlagan edim.
Lekin, edit qilishga bugun vaqt topdim. Bu video issiq ob-havoda ishlatiladigan 4 ta ibora haqida.☀️☀️☀️
👍13💯1
Hammaga salom.👋👋👋

Area so’zi bilan keladigan sifatlarni bilasizmi? Masalan: lively, residential, posh va dodgy so’zlari.

- Lively area - gavjum hudud

- Posh area - barcha qulayliklarga ega bo’lgan hudud

- Residential area - turar joy hududi

- Dodgy (doj. ee) area - borish xavfli bo’lgan hudud


Siz area so’zi bilan keladigan qanday iboralarni bilasiz? 🤔 Izohlarda yozib qoldiring.

https://t.iss.one/EnglishPlatform
👍8🔥3👏1
Hammaga salom.👋👋👋

Bugun Mustaqillik bayrami va barchani bayram bilan tabriklayman. Ertalabdan juda ko’plab tabrik otkritkalari oldim va menimcha siz ham shunaqa tabrik otkritkalari olgan bo’lsangiz kerak va bu ajoyib.🥳🥳🥳

Bu postda Youtube platformasidagi Ted-Ed kanalida How to break bad habits degan videoni ko’rishni tafsiya etmoqchiman. Agar biz yomon odatlarimizdan qutilib, yaxshi va foydali odatlarni o’zimizda shakllantirsak, ular bizni muvaffaqiyat erishishimizga yordam beradi.

Qani endi kettik, videoni ko’ramiz va bad habitlarimizdan qutulamiz!

https://youtu.be/wr6fQ4KpbRM?si=807VFx9j6x5gIDeP

https://t.iss.one/EnglishPlatform
👍13🥰1
Hammaga salom.👋👋👋

Stress so’zi bilan birga keladigan qanday birikmalarni bilasiz? Bu postda stress so’zi bilan ishlatiladigan bir necha birikmalarni ko’rib chiqamiz.👆

- Suffer from stress - stressni boshidan o’tkazmoq

- Stress someone out - kimdirni asabiylashtirmoq

- Stress-related illness - asab bilan bog’liq kasalliklar

- Get rid of stress - stressdan qutilmoq

Siz bu
so’z bilan ishlatiladigan qanday iboralarni bilasiz?🤔

https://t.iss.one/EnglishPlatform
🔥12👍3🏆1
https://youtu.be/4ymODZahOc4?si=xUwI2O9zqDO5Qf8z

Hamma salom.👋👋👋

Adashmasam televizor ko’rmaganimga taxminan 7 yil bo’ldi (sizga ham tv ko’rishni maslahat bermayman) va subyektivni yangi videosini biroz ko’rib o’shanda qilgan qarorim to’g’ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim.😀 Lekin bu videoni ko’rishni maslahat.
👍10