O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.75K subscribers
4.89K photos
688 videos
10 files
3.55K links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 208 10 15
📧 [email protected]

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya
Download Telegram
Yoqilg‘i–energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar shtabining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent shahar prokuraturasida Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Raxmonov, Departament boshlig‘i Sh.Soxibnazarov, “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i I.Nimatullayev va bir qator tizim tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda energoresurslarni talon-toroj qilinishi oldini olish hamda joriy mavsumga tayyorgarlik borasida bir qator topshiriqlar berilib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash ustuvor vazifa sifatida qaralishi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilish_shart

Qonunchilikka ko‘ra, markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tabiiy gaz uchun kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.

🚫 Ammo, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasnodir.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Tezkor_tadbir

Fargʻona viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexi 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.

Xususan, Oʻzbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y. ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib, davlat manfaatlariga 1 mlrd soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bosh vazir Abdulla Aripov “Masdar” kompaniyasining bosh operatsion direktori Abdulaziz Al Obaydli bilan Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasini borib ko‘rdi.

2025-yilda to‘liq ishga tushishi kutilayotgan, quvvati 500 MW bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi 500 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va 1,1 mln tonna uglevodorodli yonilg‘ilarning tejalishiga olib keladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilish_shart

“Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”ning 2.3.82-bandiga ko‘ra:

Kabel liniyalarining rejalashtirish belgisidan o‘rnatish chuqurligi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:

⚡️ 20 kV gacha bo‘lgan kabel liniyalari – 0,7 metr;

⚡️ 35 kVli kabel liniyalari – 1 metr;

⚡️ ko‘chalar va maydonlarni kesib o‘tishda – 1 metr.

Shuningdek, 110-220 kV moy to‘ldirilgan kabel liniyalari rejalashtirish belgisidan kamida 1,5 metr chuqurlikda ko‘milgan bo‘lishi kerak.

Mexanik shikastlanishlardan himoya qilish sharti bilan kabellarni binolarga kirish qismida uzunligi 5 metrgacha bo‘lgan qismida, shuningdek, yer osti inshoatlari bilan kesishgan joylarida kabel yotqiziladigan chuqurlik 0,5 metrgacha bo‘lishi kerak.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O‘zbekistonning ustuvor strategik vazifasidir – Prezident

—————

Переход на «зеленую» экономику и достижение углеродной нейтральности являются приоритетной стратегической
задачей Нового Узбекистана – Президент

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Fargʻona viloyatida xavfsizlik choralari koʻrilmagan 2 ta AGTKSh gaz taʼminotidan ajratildi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Fargʻona tumanida joylashgan “I.G.S.” MCHJ hamda Fargʻona shahridagi “F.C.B.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Xususan, oʻrganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Yakkasaroy tumanida 4 nafar fuqaro noqonuniy tarzda elektromobillarni quvvatlash qurilmalaridan foydalanib kelayotgani aniqlandi

So‘ngi 2 kunda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi elektromobillarni quvvatlash qurilmalarida texnik qoidalarga rioya qilinganligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Yakksaroy tumanida 4 ta iste’molchi o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, elektr hisoblagichsiz, ko‘p qavatli uyning bosh taqsimlash shitiga ulangan holda, “Elektr hisob” dasturiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratildi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Tezkor_tadbir

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSH 34 mlrd 640 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Joriy yil 1-dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan “T.V.G.” MCHJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O.E.G.” MCHJ va “P.O.” MCHJlarga qarashli AGTKSHlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilganiligi maʼlum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilish_shart

O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

Shuningdek, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid maʼlumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi.

Mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari uchun oʻquv kursi tashkil etildi

Mazkur oʻquv kursi inspeksiya xodimlarining malaka va tajribalarini oshirish, sohaga yangi islohotlarni tatbiq etish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Oʻquv amaliyotining birinchi kunida bugun energetika sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, energiya resurslarning talon-toroj qilinishini oldini olish hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashda inspeksiyaning oʻrni hamda vazifalari haqida energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov ishtirokida ochiq suhbat boʻlib oʻtdi.

Besh kun davom etadigan mazkur oʻquv kursida tinglovchilar mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida roʻyobga chiqarilishi moʻljallanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli dasturlari bilan yaqindan tanishadilar.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Tezkor_tadbir

Fargʻona viloyatida 2,8 mlrd soʻmlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati toʻxtatildi


Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Uchkoʻprik tumanining Bogʻiboʻston mahallasida faoliyat koʻrsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. tomonidan oʻzboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, mayning qurilmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd soʻmlikdan ziyod zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24: Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi xususiy korxonaning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter