O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.79K subscribers
4.98K photos
697 videos
10 files
3.6K links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 208 10 15
📧 [email protected]

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya
Download Telegram
Inspeksiya xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Energetika tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, ushbu illatga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilishi lozim boʻlgan taʼsirchan choralar muhokama qilindi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Isteʼmolchining asosli eʼtirozi ijobiy hal etildi

“Xiva TETK” xodimlari tomonidan murojaatchiga tuzilgan dalolatnomaga ko‘ra jami 34,8 mln so‘mlik elektr energiyasi bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori o‘rganishdan so‘ng ushbu ko‘rsatgich 1,6 mln so‘m ekanligi aniqlandi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Yirik quvvatli korxonalarning energetik xodimlari malakasi oshirilmoqda

Mazkur korxona va tashkilotlarning energetik xodimlarini energetika sohasiga kirib kelayotgan zamonaviy qurilmalar, ularni ishlatish va elektr uskunalarni o‘rnatish qoidalari hamda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida amaliy mashg‘ulot ham tashkil etildi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Tadbirkorlik subyektlarida qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish yanada kengaymoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Abat” OFYning 2 ta hududiga “Tuyamuyun Nukus” MCHJ ga qarashli aholiga tozalangan suv tarqatish punkti uchun har bir obektga 26 dona va har birining kuvvati 320 Vatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Elektr tarmoqlari korxonalarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar muhokama qilindi

Shu kunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni kelib chiqish sabablari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib, ushbu masalada tushuntirish ishlari olib borildi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Туркия Президенти ташрифи доирасида Тошкент вилоятида замонавий иссиқлик электр станциясини ишга тушириш ҳамда Сирдарё вилоятида шундай станция қурилишини бошлаш маросими бўлди.
Давлатимиз раҳбари электр станциясини бунёд этишда қатнашган муҳандис ва қурувчиларга миннатдорлик билдирди. Президентлар рамзий тугмани босиб, Қибрай туманидаги ИЭСни ишга туширди ва Ховос туманида ИЭС қурилишини бошлаб бердилар.

В рамках визита Президента Турции состоялась церемония запуска современной тепловой электростанции в Ташкентской области и старта строительства аналогичной станции в Сырдарьинской области.
Глава нашего государства поблагодарил инженеров и строителей, принявших участие в строительстве электростанции. Президенты, нажав символическую кнопку, запустили ТЭС в Кибрайском районе и дали старт строительству ТЭС в Хавастском районе.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #qushmaloyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Inspeksiya xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Energetika tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, ushbu illatga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilishi lozim boʻlgan taʼsirchan choralar muhokama qilindi.

Bu haqda batafsil
👉https://www.youtube.com/watch?v=r5PgOaIELcc
Soha xodimlarning kasb mahorati va tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha oquv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

O‘quv mashg‘ulotida xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalari va elektr tokidan shikastlangan jabrlanuvchini qutqarish hamda birinchi yordam ko‘rsatish, transformator punktida o‘tkazgich izolyatorini almashtirish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида макроиқтисодий барқарорликни таъминлаш, жаҳон иқтисодиётидаги мураккаб вазиятдан келиб чиқиб ҳудуд ва тармоқларни ривожлантириш, аҳоли фаровонлигини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

“Ойнинг бошида алоҳида комиссия тузиб, барча хавф-хатарларни ҳисоб-китоб қилганимиз ва энг долзарб йўналишларда ўз вақтида тезкор чораларни кўришни бошлаганимиз ўз натижасини бера бошлади”, деди давлат раҳбари йиғилиш аввалида.

Тошкент товар-хомашё биржасида чет эл корхоналари буғдой, ун, шакар, ўсимлик ёғи каби маҳсулотларни савдога қўйишни бошлади. Бунга, темир йўлда ташишга ички тарифлар қўлланилмоқда.

Бу ишларнинг давоми сифатида бир ҳафта муддатда:

- хорижий йирик ишлаб чиқарувчилар ва улгуржи савдо ташкилотларини Товар-хом ашё биржаси савдоларига кенг жалб қилиш;

- темир йўл тарифлари ва таннархни ичига кириб, уларни янада пасайтириш чораларини кўриш вазифаси қўйилди.
“Ҳозир дунёда жуда мураккаб давр давом этаяпти. Ҳар куни янги синовлар билан тўқнаш келаяпмиз.

Лекин, бу – эртага нима бўлади деб, кутиб ўтириш керак, дегани эмас. Муаммоларни тезкор аниқлаб, ҳал қилиш ва янги имкониятларни излаб топишимиз зарур”, деди Президент.

Қорақалпоғистон, Андижон, Сурхондарёда тадбиркорларнинг муаммоларини ичига кириб, кўп таклифлар тайёрлангани қайд этилиб, қолган вилоятларнинг ҳаракати суст, ташаббус ва таҳлил йўқлиги танқид қилинди.

Масалаларни доимий таҳлил қилиш ва тезкор чораларни кўриб бориш мақсадида, Бош вазир бошчилигида кундалик ишлайдиган Республика штаби ташкил этилади. Ушбу штабга вилоят ҳокимлари ва тегишли вазирлар ҳам аъзо бўлади.

Штаб олдига бозордаги нарх-навони кундалик аҳволи бўйича зарур тезкор чораларни кўриб бориш вазифаси қўйилди.
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Ayrim iste’molchilarning issiqlik va elektr energiyasini behuda sarflash, kunning yorug‘ vaqtida ham yoritish chiroqlarini o‘chirmasdan energiya manbalarini isrof qilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu boradagi holatlar bo‘yicha “O‘zenergoinspeksiya” hududiy bo‘limlari tomonidan joylarda o‘rganishlar olib bormoqda.

Bu haqda batafsil
👉 https://www.youtube.com/watch?v=zqyhumGV6Iw
Forwarded from MINENERGY.UZ
#infografika

Сўнгги 5 йил ичида янгиланган трансформатор пунктлари ҳажми.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shartnoma shartlarga zid ravishda elektr energiyasini uzatish holati aniqlandi

Ushbu o‘rganishda to‘lov uchun noto‘g‘ri hisob-varaqalar taqdim etilganligi va buning oqibatida davlat manfaatlariga 103 mln. 292 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Energiya samaradorligini oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona hududiy bo‘limi hamda “Farg‘ona HETK” АJ hamkorligida mazkur mavzuda viloyatdagi yirik sanoat korxonalar, tashkilotlar mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

⚡️ BATAFSIL

uzenergoinspeksiya.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq hududlardagi obyektlarda energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish tadbirlarining bajarilishi holati o‘rganilmoqda.

Bu haqda batafsil
👉 https://www.youtube.com/watch?v=F85B1m29J98