Dr. Algorithm
3.6K subscribers
587 photos
53 videos
3 files
598 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (4-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [5-qism]

Maqolaning navbatdagi qismini ham yozib qo‘ysam. Foydali bo‘lsa kerak deb o‘yladim.


1-qismda Junior dasturchilarning afzalliklari haqida yozilgan edi.
2-qismda korxonalar Juniorlar bilan ishlashdagi muammolari yozilgan.
3-qismda esa Ishga olish (Hiring) vaqtida nimalarga e’tibor berish haqida so‘z boshlagan edim. Shuni davomini yozib, maqolani tugatmoqchiman.

Ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam:

2. "O‘ziga yoqqan vositalardan foydalanish" uy vazifasi

Istalgan vositadan (tool) foydalanishga ruxsat berib, kichik va hayotiy masalasini yechishni so‘rang.

Asosiysi, sizning keyingi qadamingiz. 30 daqiqalik savol-javob tashkil qiling. Ular o‘z yechimlarida qanday yondashuv qilganini tushuntirib bersin. Siz esa o‘z navbatida ularni savolga turing - "Nega bunday qarorga keldingiz?" yoki "Bu qism qanday ishlaydi?" deb. Ularning tushuncha chegarasiga yetguncha ichkariroq kirib boring.

Ular topshirgan kodni o‘zi tushunadimi? Ular dizayn-arxitektura qarorlari va kelishuvlarni tushuntirib bera oladimi? Ularning tanlagan texnologiyalari haqidagi bilimlari qanchalik chuqur?

3. Sun’iy intellektsiz muammoni hal qilish

O‘rtacha ~40 daqiqalik sinov suhbati uyushtiring. Murakkab muammolar, tizim dizayni (system disign), arxitektura qarorlari va kelishuvlar orqali mulohaza yuritish bo‘yicha savollarga turing. Bu orqali ularning fikrlash qobiliyatini sinab ko‘ring

Ha, ular kelajakdagi vazifalarida sun’iy intellektdan (SI) foydalanishlari mumkin, lekin bu masala uchun ishlatmasinlar. Siz ularning o‘zlari mustaqil fikrlay olishlarini va muhandislik qobiliyatini kuzatishingiz kerak.

4. SI bilan jonli tarzda amalga oshirish (implementatsiya)

Endi ularga kichik jonli kodlash vazifasi uchun 20 daqiqa bering. Ularning AI vositalari bilan qanday ishlashini kuzating. "Prompt" (so‘rov) berish strategiyalari, SI natijalarini qayta ishlashlari (iteratsiya) va SIni mantiqiy yechimlar tomon samarali yo‘naltira olishlari yechimga yetish uchun juda muhim.

5. Ularning SI strategiyasini baholash

Nomzodlardan o‘zlarining odatiy dasturlash ish jarayonini (workflow) tushuntirib berishlarini so‘rang.

Ulardan qachon qo‘lda kodlash va qachon SIda foydalanishni, o‘zlari yozgan loyihalardan aniq misollar bilan tushuntirib berishlarini so‘rang.

SIsiz fikrlay olmaydigan muhandislar yangi muammolarga duch kelganda boshlarini qayerga urishni bilmay qoladi.

SI’ni xushlamaydiganlar esa yangi vositalardan to‘liq foydalanadigan hamkasblaridan ortda qoladi.

Siz har ikki bosqichda ham zo‘r bo‘lgan muhandislarni qidiring. Ham SI berayotgan ulkan foydani tushunadigan, ham uning qayerda zararli ishlashini biladiganlar.


4-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Samarqand
@DrAlgorithm
👍13
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (5-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [4-qism]

Ishga qabul qilingandan keyin

Tabriklaymiz! Siz yangi kichik muhandisni ishga oldingiz. Keyin nima bo‘ladi?


Maqoladagi fikrlar:

* Mentorlik infratuzilmasiga sarmoya kiring

Ular hamma narsani o‘rganish uchun sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin deb o‘ylamang. Tajribali muhandislaringiz ular bilan birga ishlashga, o‘rganishda yo‘llanma berishga va ularning savollariga tayyor bo‘lishga vaqt ajratishiga ishonch hosil qiling.

* Qisqa muddatli unumdorlikka sabrli bo‘ling

Ulardan sehr-jodu kutmang chunki ular SI-egalari. Ha, ular tezkor, lekin ularga korxonangiz ma’lumotlarini o‘rganishga vaqt bering.

* To‘g‘ri o‘lchamlarni ishlating

Juniorlar qanchalik tez va samarali bo‘lishi, ularni natija berish darajasi va asosiy blokerlarini kuzatib boring. Biz ularni dasturlash standartlari bilan tanishishi uchun Weave’dan foydalanishlarini tavsiya etamiz :)

* Ular bilan gaplashing!

Ulardan tajriba va Juniorning keyingi qadami uchun nimani yaxshilash mumkinligini so‘rang. Ular keltirgan yangi qarashlardan foydalaning va ularning takliflariga ochiq bo‘ling. Ularning mehnatini qadrlang va o‘zlariga ham ayting. Hatto ular super yulduz bo‘lsa ham, buni bilmasligi mumkin, biroz rag‘batlantirsangiz foydadan holi emas.

* Kichikdan qadamdan boshlang

10 ta Junior’ni ovolib, kodni rasvo qilmang. 1-2 dan boshlang va kattalashishdan avval (oldingi qadamlardan) nimalar ish berishini o‘rganing.


Nega bu har qachongidan ham muhim?

O‘ylashimcha, aksariyat korxonalar Juniorlardan qochib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Korxonalar tez o‘rganadigan, yangi vositalarga moslashuvchan va juda tez Senior muhandis bo‘lib yetishadigan SIchi Junioerlarni qo‘ldan bermoqda.

Ushbu bozor samarasizligi abadiy emas. Shopify misolida ko‘rganimizdek, aqlli korxonalar Juniorlarni qanday samarali yollash va rivojlantirishni o‘ylab topadilar. Ular aql bovar qilmaydigan jamoalarni tuzadilar, ularning raqobatchilari esa qimmatbaho Seniorlar uchun kurashadilar.

Ishtiyoqli junior dasturchilarga vaqt sarflash uzoq muddatda o‘zini oqlaydi.

Savol shundaki, siz hozir boshlaysizmi yoki boshqalar buni aniqlaguncha kutasizmi?


5-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Buxoro
@DrAlgorithm
👏22👍6
Fiyola

Saharda qahva so‘ragan edim, dastyor fiyolaga solib keldilar. Bunday piyolasimon finjonni ko‘rmagan ekanman.

Naqshlari ham o‘zimizning paxta-gulli.

Qahvadan ko‘ra u solingan idish qiziq tuyuldi.

Yangi nom topdim.

Fiyola


Siz ham shunday noodatiy idishga duch kelganmisiz?

12.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
😁67👍15🤩3🕊2🤣1
GDG Pre-DevFest tadbiri boshlandi.

Tadbirda qatnashib, tabish bilish orttirmoqchi boʻlganlar - marhamat.

Shu bilan birga 3 ta juda qiziq taqdimot eshitar ekanmiz. Fikrlar koʻp, savollar ham.

Tadbir barakali boʻlsin.

15.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥17👍3🆒2
Speakerlar kontaktlari


Tanish-bilish qilib, aloqalarini ovoldim.

Oʻzlariga toʻgʻri chiqvurasila.

15.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥14😍3😁1🕊1
Assalomu alaykum do‘stlar,

2 hafta Toshkentda bo‘lib, juda ko‘p yangiliklarga duch keldim.

1. IT Hamjamiyatimiz faollari bilan uchrashdim.
2. Pre-DevFest’da bo‘ldim. O‘tgan yili qatnasha olmagan edim. Bu yil 2 marta borish nasib etmoqda.
3. Juda ko‘p dasturchilar o‘z loyihalarini boshlashganiga guvoh bo‘ldim. Bu juda quvonarli.

Rejada yana tadbirlar bor ekan:

22 Noyabr - Microsoft Community Conf 2025
- https://t.iss.one/mdcuzbekistan/1006 👈

29 Noyabr - UzGeeks MeetUp Nov2025

6 Dekabr - DevFest Tashkent 2025
- https://t.iss.one/gdgtashkent/1875 👈

Shunga bir fikr o‘yladim. Agar vaqtingiz bo‘lsa, shu tadbirlardan ro‘yxatdan o‘ting. Vaqt topsak, birga ko‘rishib, bir fiyola qahva ustida suhbat qilamiz.

Shaxsan ko‘rishib, siz bilan tanishish men uchun baxt.


Yuzma-yuz ko‘rishguncha 🤝

16.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍33🤝8😁2🕊1
Taklifnoma keldi.

Kecha yozgan tadbirim haqida Microsoft Developers Community in Uzbekistan jamoasidan taklifnoma keldi.

Shunday ekan, tadbirda koʻrishguncha.

18.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🤝18👍6🕊3👏1
🌎 Dundo dam oladi.

Katta doirada loyiha qilish yaxshi. Tayyor yechimlarni ishlatish yaxshi.

Ammo bitta xizmatga bog`lanib qolganda, uhlash yaxshi emas.


Bugun CloudFlare dam olmoqda.

Tezroq ishlab ketsa yaxshi edi. Ko`pchilik qiynalib ketdi.


Tekshirish uchun https://www.cloudflarestatus.com

18.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣28👍43🕊1
Gemini 3 - yaxshimi?

Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqdim etildi.

Claudeflare’ga chiqqan muammo juda ko‘p saytlarni ishdan chiqardi. Hatto ChatGPT ham ishlamadi. Odamlar ishsiz qoldi :)

Google DeepMind o‘zining ajoyib yurishini qildi. U yangi ishlab chiqqan Gemini 3 SIini taqdim etdi.

⭐️ Gemini 3

Solishtirish va avvaldan tayyorlangan testlardan ko‘ra, dasturchilar uchun ancha aqlli ishlashni boshladi. Ba’zilarini sanab o‘tmoqchiman

Mantiqiy fikrlash

Bilamizki SI juda ko‘p mantiqiy xulosalarga kelganida xato qiladi. Xuddi she’r yodlab olgan yosh bolaga o‘xshaydi. She’r nima haqida ekan desa biladi. Endi har bir qatorini tushuntir desa... miyasi tutilib qoladi.

Gemini 3 da shuni to‘g‘rilashibdi. Mantiqiy fikrlashini ancha oldinga chiqarishibdi.

Multimodallik

Endilikda u matn, tasvir va videoni bir vaqtda tahlil qila oladigan bo‘libdi. Bu ketishda Sezardek ham shaxmat o‘ynab, ham siz bilan suhbatlashib, ham choy icha oladigan bo‘ladi.

Manga yoqqan tomoni, bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan SIlarni bir biri bilan ishlay olishi bo‘ldi. Bu nafaqat natijalarni sifatliroq berishga xizmat qiladi, balki sifatsiz ma’lumotlar ko‘payib ketayotganini ham oldini olsa kerak.

Dasturchi

Endi siz g‘oyalaringizni u bilan muhokama qilsangiz bo‘ladi va u sizga arxitektura tuzib beradi. Kod yozadi, testlab beradi. To‘liq dasturni ishlab chiqishda bosqichma bosqich bajara olasiz.

"Dynamic View" va "Visual Layout" imkoniyatlari esa, kod bilan ishlashingiz va natijani ko‘rishingiz uchun qo‘shimcha qulaylik beradi.

Vayb-koderlar uchun bayram!!


API yangilandi

Gemini’ni API orqali ishlatganlar uchun thinking_level va media_resolution parametrlari qo‘shildi. Endi siz mantiqiy fikrlar bilan ishlatishingizda thinking_level yordamida qanchalik chuqur masalaga yondashish kerak ekanini ayta olasiz. media_resolution esa rasm va video kabi ma’lumotlarning sifatini boshqarishga yordam beradi.

Xulosa qilsam

- Kundalik ishlaringizda SI (AI) dan foydalaning
- Dastur yozishda SIsiz ishlamang.
- Yangiliklardan doim xabardor bo‘lish uchun bu kabi postlarni kanallarda kuzatib boring.
- O‘zingizdan oyiga $15-$20 ayamang, u sizda x10 marta ko‘proq foyda olib keladi.

Vayb-koderlar esa o‘zligi bilib-bilib ishlashmoqda...


📚 Qo‘llanma

P.S. Gemini 3 hozirda Google AI studio‘da chiqdi. Ammo men JetBrains ishlatganimda AI Pro'ning ichida Gemini 3 ni qo‘shishganini ko‘rdim. Ancha qulay.

20.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥7😁1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbir boshlandi.

Juda katta tadbir tayyorlashibdi. Baraka topishsin.

Tavsiyam: Juda koʻp yoshlar kelishgan. Yosh vaqtida koʻrishib, tanishib oling.
Ertaga katta odam boʻlganida, birga ishlab qolarsiz.

* Keling
* Tanishing
* Oʻrganing

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👏19🔥6👍3🕊1
AQShga tekinga borish

Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar.

Sharti oddiy ekan.

Oʻqish, tayyorlanish va imtixon topshirish. Pulini toʻlab berishadi.


Shunday ekan, harakat qilib qoling.

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍15🔥84🕊1
Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol.

Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich

Hayot rejasi:
1. Orzu qil
2. Harakatni boshla
3. Oʻqi
4. Yaxshi turmush oʻrtoq top.
5. Orzuga erishib, yoʻlingni toʻxtatma.
Yoʻlning davomida nima qilish kerak?

1. Mehnat - har kuni qattiq ishlash.
2. Tanish bilish - tanish orttir. Kabinet odami boʻlib qolma.
3. Be innovator - yangilik topish va kiritishga harakat qil.
4. Soʻrashdan uyalma - Nobody makes success by their own. Hech kim muvafaqqiyatga bir oʻzi erishmaydi

Oʻzlaridan eshitish boshqacha. Shunga videosi chiqsa albatta koʻrila. Juda zoʻr gaplar etdilar.

Davom etamiz...

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍17🔥76👎1🕊1
MCP nima?

Taqdimot juda yoqdi. Mavzu oson emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar ekanlar.


Mavzu haqida:
1. Elektr toki
2. Kompyuter
3. Dastur
4. SaaS
5. AI (Sun'iy Intellect)
6. ???? 🤩⁉️

Aynan shu 6 nima haqida?


Shu haqida ekan...

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🕊3
Unity + AI

GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi.

Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishlatib berdi.

Unity localda ishlaydi, shuni cloudga oʻtkazib, API orqali SIga murojaatni ulabdi.

- chiroqni yoq
- camerani almashtir
kabi buyruqlar juda oddiy. Shunday emasmi?

Hanoy minorasi oʻyinini AI bitta buyruq bilan yechib berdi. Console emas, 3D Game sifatida qilib berdi.

22.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍18🔥5