Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11.5K subscribers
3.54K photos
913 videos
3 files
1.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy telegram kanali

Web-site: https://taplink.cc/dinqumita

Manzil: Toshkent sh, A.Navoiy-12. 100011

Call center: 71 200 58 88

E-mail: [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovini eʼlon qiladi!

⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
⚡️ "Siyosiy ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

❇️Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Dastlab, yurtimiz va xorijda ro‘y bergan ahamiyatga molik voqealar haqida muxtasar ma’lumot berildi.

🔷Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan “Konstitutsiya - xalq farovonligi va yurt tinchligi asosi" va “Davlat xizmatida boshqaruv madaniyati va etika qoidalari” kabi mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

🔶Mazkur o‘quv soati materiallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ijtimoiy tarmoq sahifalari hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasida e’lon qilinmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita xodimlari Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovida ishtirok etishdi.

⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 3 декабрь - Халқаро ногиронлар куни муносабати билан мамлакатимиз халқига мурожаати

Обращение Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева к народу нашей страны в связи с 3 декабря - Международным днем инвалидов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Konstitutsiyaviy islohot: maqsad – inson qadri va huquqlarini ta’minlash

Shu kunlarda hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Asosiy qomus mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotir.

Batafsil: https://bit.ly/3Frki0j

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook
“Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://bit.ly/3VCttRh

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳурматли юртдошлар!

Дин ишлари бўйича қўмита раҳбарияти ва жамоаси, Сиз, азиз юртдошларимизни, 8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 30 йиллиги билан самимий муборакбод этади.

@dinqumita
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Бош қомусимиз - адолат мезони
#8dec #uzbekiston24

@Dinqumita
ТАЪЗИЯ БИЛДИРАМИЗ

Дин ишлари бўйича қўмита раҳбарияти ва жамоаси Қўмита бўлим бошлиғи Беҳзод Қодировнинг волидаи муҳтарамаларининг вафоти муносабати билан чуқур таъзия изҳор этади.

Ҳақ таоло марҳумнинг фарзанду аржумандлари ва барча яқинларига гўзал сабр берсин.

Яратган охиратларини обод қилсин!

Дин ишлари бўйича қўмита жамоаси
Москва шаҳридаги халқаро илмий анжуманда вакилларимиз иштирок этмоқда

Ўзбекистон делегацияси вакиллари жорий йил 8-9 декабрь кунлари Москва шаҳрида “Адолат ва мўътадиллик: Дунё тартибининг илоҳий тамойиллари” мавзусидаги XVIII Халқаро мусулмон форумида иштирок этмоқда.

Анжуманда 30 дан ортиқ хорижий давлат вакиллари қатнашмоқда.

Дин ишлари бўйича қўмита Ахборот хизмати

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook
⚡️ 10-dekabr - O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
🗓 Bugun Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan edi.

📌 Qonunda madhiya davlat suverenitetining ramzi, unga ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekani qayd etilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov yaratgan. Unda buyuk o‘tmish, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook