AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.54K photos
1.41K videos
2.32K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛣️ Butun dunyodagi eng murakkab transport yo’li — Xitoyning Chongqing shahridagi Xuanjuvan aylana yo’li.

To’rt yo’nalishda 15 ta aylana va 20 ta yo’l mavjud bo’lib, besh qavat bir-biriga bog’langan. Eng tepasidagining balandligi 37 metrni tashkil etadi, bu 12 qavatli bino bilan teng.

Tasavvur qiling, shu yerga birinchi marta va novigatorsiz tushib qoldingiz :)

📟 DigiTech
👍120😨46😁319🤯5🔥4👏3💯2🤔1🤩1🤓1
⚡️Ilon Mask Sem Altman va OpenAI'ni sudga berdi.

U OpenAI'ni insoniyat uchun emas, balki Microsoft manfaati uchun ishlayotganlikda aybladi. Mask kompaniyadan ochiq manbaga qaytishni va OpenAI, Altman, kompaniya prezidenti Brokman va Microsoftdan umumiy sun’iy intellektdan (AGI) foyda olishni taqiqlashni talab qilmoqda.

Qiziqarli fakt: da’vo arizasida Mask GPT-4 da AGI belgilari borligini yozgan. Shuning uchun model, avvalgilaridan farqli o’laroq, yopiq.

📟 DigiTech
👏119👍45😁16🤯11😨8😡5💯4🫡42🔥2
⚡️Mercedes Mayamida ham osmono’par bino qurishni boshladi.

67 qavatli binoda 800 ta xonadon, jumladan, brend avtomobillari uslubida bezatilgan penthauslar, shuningdek, do’konlar, fitnes markazi, ofislar va 174 xonali mehmonxona bo’ladi.

Loyihani faqat 2027-yilda yakunlashni rejalashtirishmoqda, lekin uylarni taxminan narxi allaqachon e’lon qilingan:

• «Byudjet» studiya — 550 000 dollar.
• 3 xonali uy — 4 million dollar.

📟 DigiTech
👏95👍57🤯42🔥1154😁4💯3👨‍💻3😨2🫡2
🎥 Sora neyron tarmog’ining kuchini ko’rganidan so’ng rejissyor Tayler Perri o’zining 800 million dollarlik ulkan kinostudiyasini kengaytirishni to’xtatdi.

Endi suratga olish joylarini qidirish va qimmat dekoratsiyalarga pul sarflash shart emas: qorli Kolorado yoki Oydagi kadrlar uchun men shunchaki prompt yozishim kifoya. Shok! — deb ta’kidladi tadbirkor.

Uning fikricha, neyron tarmoqlar minglab mutaxassislarni ishsiz qoldiradi.

📟 DigiTech
83🤯56👍38😁14🔥11😨106👏5💯5👨‍💻4🤝4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Nio kompaniyasiga avtomobillarni ishlab chiqarishda Walker S odamsimon robotlari yordam bermoqda.

Hozircha ular faqat nom belgilarini yopishtirib, xavfsizlik kamarlari va boshqa elementlarni tekshirishmoqda.

Kelajakda xodimlarni og’ir ishlarni kamaytirish uchun ularga yanada murakkab vazifalar topshirilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍63🤯185🔥43🤓3🤔2👨‍💻2😇2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Videolarni 140 dan ortiq tillarga tarjima qilib beruvchi neyrotarmoq — Vidnoz. Dublyajni asl nusxadan ajratib bo’lmaydi! Vidnoz'da juda ko’p imkoniyatlar mavjud — u tembr va intonatsiyani saqlagan holda videoni tahrirlab, kerakli tilda subtitrlarni qo’yib beradi.

Foydalanish oson — videoni saytga yuklab, kerakli tilni tanlab, bir necha daqiqa kutish kifoya!

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍103🤯31👏11😨6🔥5🫡422🤩2💯2👨‍💻2
⚡️Olimlar fikricha, neyron tarmoqlar 3 yildan keyin odamlar va hayvonlarga bir-birini tushunish imkonini beradi.

«Hayvonlar uchun ChatGPT» allaqachon odamlar eshitmaydigan va eshitadigan, lekin tushunmaydigan tovushlar va harakatlar bo’yicha o’rgatilmoqda. Olimlarning fikricha, yaqinda hayvonlarning tilini tarjima qila oladigan SI tarjimon paydo bo’ladi.

Endi sirlarni mushuklarni yonida ham aytib bo’lmaydi shekilli :)

📟 DigiTech
🤯228😁119👍39🔥63🤩2👨‍💻2🫡21🥰1💯1
🔥 Endi siz ham dasturchi bo'la olasiz. Dasturlashni 0 dan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat!

«Najot Ta'lim» yilda 4 marta qabul bo'ladigan Dasturlash foundation kursiga qabul e'lon qiladi.

Dasturlash foundation kursida siz atigi 5 oy ichida dasturlash asoslarini mustahkam o'rganasiz va dasturlash sohasida o'z o'rningizni topasiz.

Bizning takliflarimiz:
ish taklif qilmasak, pulni 100% qaytarib berish*;
— yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish
imkoniyati;
— 24/7 bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqa va master-klasslar;
— ingliz tili kurslari uchun 5,000,000 so'mgacha vaucher
;
5,000,000 so'mgacha pul mukofotlari*.

❤️‍🔥Endilikda o'quvchilar kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

Imkoniyatdan foydalaning, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

📞 +998788889888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤯6🔥3🤩3👏2🫡2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyning Unitree kompaniyasi odamsimon robot H1 ning yangi versiyasini namoyish etdi — u balandroq sakrashni, yaxshiroq raqsga tushishni va 11,9 km/soat tezlikda yugurishni o’rgandi.

Aytishlaricha, bu hozir dunyodagi eng tez harakatlanadigan odamsimon robot ekan, lekin Ginnes kitobi vakillari hali rekordni qayd etishmadi.

Robot faqat zavod va turli korxonalarga sotiladi. Narxi — 150 000 dollar.

📟 DigiTech
🔥45👍26🤯6💯4😨3😡32👨‍💻2🫡2🎉1
📱Samsung Galaxy S24 Ultra smartfonini aerokameraga aylantirib uni stratosferaga uchirdi.

Qurilma 33 500 metr balandlikdan Yer tasvirlarini oldi.

Galaxy S24 Ultra yanvar oyida S24 seriyasidagi qurilma sifatida chiqarilgan. Bu asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor va masshtablashtirish imkoniyatlariga ega bo’lgan eng qimmat va kuchli versiyasidir.

📟 DigiTech
👍23929🔥16🤯11😨95😍4😁3🎉2👨‍💻2🤩1
🌇 Saudiya Arabistoni poytaxtida ikki kilometrlik osmono‘par bino qurishmoqchi. Loyihani Kaliforniyada aylana shaklidagi Apple Park'ni qurgan Britaniyaning Foster + Partners kompaniyasi amalga oshiradi.

Agar Ar-Riyod'dagi loyiha amalga oshirilsa, bino hozirgi rekordchi — Dubaydagi 828 metrlik Burj Xalifa hamda Jiddada qurilayotgan bir kilometr balandlikdagi Jeddah Tower minorasini ancha ortda qoldiradi.

Qurilish qachon boshlanib, qachon tugashini aytishmadi. Bino qurilish narxi taxminan 5 milliard dollarni tashkil qiladi.

📟 DigiTech
🤯200👍52😡37😨8🔥65😁4💯4🫡4🤩3🤓1