AI | DigiTech
51.6K subscribers
2.6K photos
1.44K videos
2.37K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌒 Kecha Yaponiya Oyga o’z kosmik kemasini muvaffaqiyatli qo’ndira oldi va buni uddalagan beshinchi davlatga aylandi.

Albatta, qiyinchiliklarsiz bo’lmadi: modulning quyosh panellari ishlamadi, ehtimol ular noto’g’ri burchak ostida bo’lganligi sababli. Hozir muammoni hal qilishga harakat qilishmoqda.

20-asrda tabiiy yo’ldoshga faqat SSSR va AQSh kosmik kemasi muvaffaqiyatli qo'na olgan, bu asrda esa — Xitoy va Hindiston. Endi ular orasiga Yaponiya ham qo’shildi.

📟 DigiTech
👏215👍7112🔥11🤩5👨‍💻5🫡5🎉4😨4💯3🤓3
⚡️Google Chrome brauzerida foydalanuvchilar ma'lumotlarini hatto inkognito rejimida ham yig’ishini tan oldi

Gap brauzer tarixi, IP manzil va kompyuter xususiyatlari haqida ketmoqda. Google ushbu ma’lumotni unga qarshi sud da’vosi vaqtida oshkor qildi.

Sud qaroriga ko’ra, Google endilikda foydalanuvchilarni «inkognito» rejimi ma’lumotlarni Google'ning o’zidan emas, balki boshqa foydalanuvchilardan sir saqlanishini nazarda tutadi, degan ogohlantirish bilan xabardor qilishi kerak. Ilgari bu ma’lumot hech qayerda ko’rsatilmagan.

📟 DigiTech
😁169😨51😡43👍31🤯12👨‍💻107🫡5🔥43💯2
🧠 Mark Sukerberg kutilmaganda inson intellektidan kuchliroq bo’ladigan sun’iy intellekt ustida ishlayotganini e’lon qildi. Bunga ishonish qiyin, lekin bu AGI ochiq kodli bo’ladi.

AGI — bu bitta muammoni hal qiladigan chatbot emas. AGI shunchalik aqlli bo’ladiki, u hammamiz kabi ichki motivatsiya va maqsadlarni belgilash qobiliyatiga ega bo’ladi. Ilmiy-fantastik filmlardagi voqealar realga aylanmoqda.

Bu g’oyani amalga oshirish uchun Meta allaqachon Nvidia kompaniyasiga 340 000 dan ortiq H100 grafik protsessorlariga buyurtma bergan.

Sayyoradagi eng boy odamlardan birining ChatGPT yaratuvchisi bilan poygasi boshlandi.

📟 DigiTech
👍215🤯82🔥2486👨‍💻6😨6🫡6💯5👏3🤓2
🪨 Koinotdan olingan toshlar shunday ko’rinishga ega, ularning yoshi taxminan 4,5 milliard yil.

Suratda Bennu asteroididan olingan namunalar mavjud kapsula ko’rsatilgan. Yerga u 2023-yil sentyabr oyida yetib kelgan, biroq vintlari tiqilib qolgani sababli, qopqog’ini ehtiyotkorlik bilan faqat yaqindagina yechishga muvaffaq bo’lishdi.

📟 DigiTech
👍116🤯24💯96😁5🤔4🔥3🤩32👨‍💻2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Armanistondagi maktabda o’quvchilar imtihon vaqtida mental arifmetikadan shunday foydalanishadi.

Bizni maktablarda kimdir matematik masalani shunday hisoblab bersa, kamida 1 oy «temada» bo’ladi)

📟 DigiTech
👏209😁162👍42🫡10😨74🔥3👨‍💻32💯2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 To'ldirilgan reallik (AR) garniturasini hayotda haqiqatdan ham foydali va tushunarli qo’llanilishi.

Shunday yo’l bilan misol uchun tajribasiz odam ham kompyuterni o’zi yig’ishi mumkin.

📟 DigiTech
👍143🤯20🔥19😨43🤩3😡3👨‍💻2🫡2👏1💯1
👨‍💻 Sun’iy intellekt bo’yicha London Imperial kolleji olimlaridan bepul kurs.

Kurs 9 haftaga mo’ljallangan bo’lib, kurs davomida siz neyron tarmoqlarni tushunishdan tortib o’zingiz noldan yaratishgacha bo'lgan yo’lni bosib otasiz.

Har bir dars video va taqdimotni o’z ichiga oladi, bundan tashqari amaliy vazifalar ham mavjud.

👉 Bepul kursga havola.

📟 DigiTech
🔥54👍365👨‍💻5🤯42👏2🎉2😍2💯2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Disneydagilar VR o'yinlari uchun «cheksiz» polni o’ylab topishdi: uni ustida yursangiz, bir joyda turganingizni hatto sezmaysiz.

Uning sirti yurish effektini beruvchi va odamning chegaradan chiqmasligini ta’minlaydigan harakatlanuvchi plitkalardan iborat.

Ushbu texnologiyani ko’plab sohalarda qo’llash mumkin.

📟 DigiTech
🔥126👍54🤯3110🤩7😨43👏3💯3🤓3👨‍💻3
🥽 Vision Pro garniturasida mashhur ilovalarning ko’rinishi.

– Microsoft Teams.
– Microsoft PowerPoint.
– Microsoft Excel.
– Microsoft Word.
– Zoom.

📟 DigiTech
👏54👍42🤯11🔥73💯3👨‍💻32🤩2🤓2🫡2
🛳️ Avstriya kompaniyasi milliarderlar uchun Migaloo M5 supersuvosti kemasi konseptini namoyish etdi, u yo’lovchilarni istalgan joyga suv ostida yashirincha olib bora oladi.

Uzunligi 165.8 metr bo’lgan Migaloo M5 da vertolyot maydonchasi, suzish havzalari, vino ombori va kinoteatr bo’ladi. Yaxta suv ostida 250 metrgacha bo’lgan chuqurlikda doimiy ravishda 4 haftagacha qolishi mumkin.

Narxi esa atigi 2 mlrd dollar :)

📟 DigiTech
🔥118😁70👍42😨217🤯5👏3💯3🤓3🫡32