AI | DigiTech
56K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚀 Rivojlanishda davom etamiz, foydali neyrotarmoqlar, sayt va ma’lumotlarni video formatda ham ulashib borishni boshladik.

Instagram sahifamizga videolaringiz uchun animatsiyalarni qanday qilib bepul yuklash mumkinligi haqida video joyladik, obuna bo’lib qo’ying, aniq foydali bo’ladi. ⚡️

👉 Havola: https://www.instagram.com/reel/CxiDbbNN1z_/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
👏21👍16🤩5🔥2😁2💯1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛝Yakshanbada bir do’stlar bilan yig’ilib, shunday manzarada mazza qilib chang’ida tepalikdan tushganni gashti boshqachada :)

Bu Xitoyning shimolida joylashgan Xulunbir dashtidagi tepalik bo’lib, yo’llarning uzunligi taxminan 1,2 km'ni tashkil etadi. Bitta chipta narxi 10 dollar atrofida turadi.

📟 DigiTech
👍130😍2414🎉8🥰6😁5🔥43😡3👏2😨1
▪️Las-Vegasdagi ulkan sharsimon bino esingizdami?

Har tomonlama yoritish sinchkovlik bilan sinovdan o’tkazildi, barcha jarayonlar sozlandi va endi u umuman o’chmaydi - uni hatto kunduzi quyoshli kunda ham be’malol ko’rish mumkin, ekran yorug’ligi yetarli.

📟 DigiTech
👏94👍39😁13🤯8😍82🤔2😨21🔥1
🚘 Myunxenlik talabalar qo’lda yasalgan elektromobilda uzoq masofani bosib o’tish bo’yicha yangi rekord o’rnatishdi - bir zaryadda 2575 km.

Ularning og’irligi 170 kg bo’lgan muc022 elektromobilining siri yaxshi aerodinamika va atigi 0,5 ot kuchiga ega tejamkor dvigatelda.

100 km yo’l uchun u 0,6 kVt/soat energiya sarflaydi, lekin sekin yuradi: maksimal 41 km/soatgacha.

📟 DigiTech
👍116😁19🔥5😨54😍4😡3🤩2😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Nyu-York politsiya departamenti K5 robot patrulni namoyish etdi

Uning quroli yo’q, o’rniga yuzni tanish texnologiyasiga ega to’rtta kamera o’rnatilgan. Agar qoidabuzarlik aniqlansa, u darrov patrul politsiyachilarni chaqiradi. Birmuncha vaqt unga odam sheriklik qiladi.

📟 DigiTech
👍72🤯98👏6😁6🔥5😨4👨‍💻2🤩1💯1
🌐 Telegram kanallar storislar joylashi uchun boostlar yig’ish ancha qiyinligini anglab qoidalarni o’zgartirdi, endi kanal kuniga 1 ta storis joylay olishi uchun obunachilarning 0.1% (1000/1) qismi boost (ovoz) berishi kifoya, bu yaxshi yangilik.

Endi kelishib olaylik, qancha ko’p boost (ovoz) bersangiz shuncha ko’p aniq foydali bo’ladigan sun’iy intellektlar va qiziqarli ma’lumotlar bilan bo’lishib boramiz storislarda.

Telegram Premium obunangiz bo’lsa havolani bosib ovoz berish kifoya. Ovoz bergandan keyin uni qaytarib olmang :)

https://t.iss.one/DigiTechAI?boost
👍51😁30😡16🔥6👏6😨42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Omadli odam ekan, sizni ham yuragingiz shuuv qildimi buni ko’rib? 😅

📟 DigiTech
😁215🤯69👍22😨10😡5💯32🔥2🤩2👨‍💻21
📱Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 15 egalari, yangi Action Button tugmasini kreativ ishlatish bo’yicha raqobatlashishmoqda

Misol uchun u tugmaga eshikni, garajni ochish va xonadagi chiroqni yoqib/o’chirishni o’rnatishyapti.

📟 DigiTech
🤯91👍51🤔10😁73👨‍💻3🔥2👏2😨1
🌊 Buyuk Britaniyada DEEP Sentinel suv osti ilmiy bazasi quriladi. Bu Yer orbitasidagi XKS'ga o’xshash stansiya bo’ladi, lekin okean tubida.

Stansiyada laboratoriyalar, oshxona va yotoq xonalar joylashadi, konstruktsiya modulli bo’ladi, uni kengaytirish va boshqa joylarga ko’chirish mumkin bo’ladi.

Bazada bir vaqtning o’zida olti kishidan iborat ekipaj ishlay oladi. Qurilish 2027 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.

Nihoyat odamlar faqat kosmosga intilavermay yerdagi okeanlarni ham yaxshiroq o’rganishni boshlashyapti. Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyo okenlarining faqat 2-5% qismigina o’rganilgan.

📟 DigiTech
👏53👍346😨4🔥31💯1👨‍💻1
🖼️ Segmind - 10 dan ortiq eng mashhur tasvir generatsiya qiluvchi sun’iy intellektlar yig’ilgan sayt

Qulay tomoni shundaki u tasvir generatsiya va qayta ishlash uchun o’nlab turli xil modellarni (hatto deepfake uchun ham), jumladan Stable Diffusion XL, Dream Shaper va Kandinsky'ni o’z ichiga oladi. Eng muhimi navbatsiz va foydalanish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Shunday foydali neyrotarmoqlarni ko’proq joylab borishimiz uchun kanalimizga “boost” ovoz bering: https://t.iss.one/DigiTechAI/983

📟 DigiTech
🔥35👍2743👨‍💻3😇3👏2😍2😡1