AI | DigiTech
55.8K subscribers
2.9K photos
1.52K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱 Apple iPhone 15 va 15 Plus’ni namoyish etdi: Dynamic Island endi kichik modelda ham bor, USB-C porti va 48 megapikselli kameraga ega bo’ldi, korpus biroz yumaloqlangan va ranglari yangilangan.

Yangi soat - Apple Watch 9: displey ikki baravar yorqinroq, lekin zaryadi hali ham faqat 1 kunga yetadi. Pushti rang qo’shildi. Barbi Apple'gacha yetib boribdi :)

Apple Watch Ultra 2 ning sportchilar uchun versiyasi esa 3000 nitli dunyodagi eng yorqin ekran bilan jihozlangan. 72 soatgacha ishlaydi.

AQSh'dagi narxlari:
· iPhone 15 — 799 dollardan
· iPhone 15 Plus — 899 dollardan
· Apple Watch 9 — 399 dollardan
· Watch Ultra 2 — 799 dollardan

📟 DigiTech
👏32👍24🤩13😡9🔥43💯2🤯1😇1😨1
📱 O’zgarishlar asosan premium iPhone 15 Pro va 15 Pro Max modellarida bo’ldi:

• titan korpus;
• jim rejimi o’rniga moslashtiriladigan tugma;
• eng ingichka displey ramkalari;
• Lightning USB-C bilan almashtirildi;
• Sifatni yo’qotmasdan 5X kattalashtirish (faqat 15 Pro Max)
• Endi iPhone kamerasida Apple Vision Pro uchun videolar olish mumkin (faqat Pro modellarida).

A17 Pro protsessori o’yinlarda konsol yoki kompyuterlar kabi Ray Tracing qiloladi.

AQSh'dagi narxlari:
· iPhone 15 Pro, 128 GB – 999 dollardan
· iPhone 15 Pro Max, 256 GB – 1199 dollardan

📟 DigiTech
👏61👍407🔥7😡4🤔31
▪️iOS 17, iPadOS 17 va watchOS 10 chiqish sanasi 18-sentyabr

Apple iPhone uchun iOS 17, iPad uchun iPadOS 17 va Apple Watch uchun watchOS 10 chiqarilish sanasini e’lon qildi - 18-sentyabr. Shu kundan boshlab, mos keluvchi qurilmalarga operatsion tizimning so’nggi versiyasiga yangilanish kela boshlaydi.

iOS 17 ga yangilanadigan iPhone’lar: butun iPhone 11, 12, 13, 14 liniyasi, iPhone XS, iPhone XS Max, iPhone XR va iPhone SE (2020 va 2022).

📟 DigiTech
🔥53👍20💯5👏4😨41😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Jurnalistlardan titan korpusli iPhone 15 Pro Max ning birinchi videosi.

O’zgarish sezdingizmi?

📟 DigiTech
😁87👍39🔥86🤩6😨4🤓3😇3😡3💯2🤯1
▪️Xitoyning InMotion kompaniyasi haqiqiy ekstremal sport ishqibozlari uchun bir g’ildirakli elektrovelosipedni chiqardi – u 110 km/soat tezlikkacha chiqadi va tik qiyaliklarga osongina ko’tariladi.

Suvga chidamlilik va 1500 lumenli faralar mavjud. Batareya quvvati 120 km yo’lni bosib o’tishga yetadi va bir soatda 80% gacha zaryadlanadi.

Narxi — 3299 dollar.

📟 DigiTech
👍99🤯22😁5🤩4😡4👏2💯2👨‍💻21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu Kanadalik Simar Khurana. 6 yoshida u bir necha oylik mashg’ulotlardan so’ng bolalar uchun sog’lom ovqatlanish haqida video o’yin yaratdi.

U yaqinda Ginnesning rekordlar kitobiga eng yosh video o’yinlar ishlab chiqaruvchisi sifatida kirdi. Kelajakda qizcha IT sohasida ishlashni rejalashtirmoqda va hozirda sun’iy intellekt asoslarini aktiv o’rganmoqda.

📟 DigiTech
👍96😇13👏9🔥7😨6🤓2😡211🤔1