AI | DigiTech
55.6K subscribers
2.9K photos
1.53K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📲 Telegramda stories

Ilovaga tunda yangilanish keldi, uni Google Play va App Store-da yangilashingiz mumkin. Hozircha faqat premium obunasi bo'lganlargina stories qo’ya oladi, lekin ularni hamma ko'rishi mumkin. Vaqt o’tib funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo’ladi.

Storiesni kimlar ko’rishini sozlash mumkin: barcha, kontaktlar, yaqin do'stlar va tanlangan kontaktlar. Shuningdek, stories saqlanish vaqtini 6 soatdan 48 soatgacha belgilash mumkin.

Afsuski hozircha kanallar stories qo’ya olishmaydi :(

📟 DigiTech
🤯73👍424🤓3👨‍💻21👏1🤔1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Twitter foydalanuvchilari buni robotlar bilan almashtirilishi kerak bo’lgan birinchi kasb deb hisoblashyapti.

Siz nima deb o’ylaysiz?

📟 DigiTech
👍169😡132😁44💯15🤓6🔥42👏2👨‍💻21
▪️Tadqiqot: Odamlarning uyqu davomiyligi yashash mamlakatiga bog’liq

Janubiy Koreya olimlari qurilmalar yordamida 11 mamlakatdan 30 082 kishining uyqu davomiyligini o’rganishdi. Mamlakat qanchalik boy bo’lsa, odamlar shunchalik kech uyquga ketishadi.

Yaponiyada odamlar eng kam vaqt uxlashadi - 7 soat, Finlyandiyada esa ko’proq - 8 soat. O’zbekistonda o’rtacha 7 soatdan sal ko’proq uxlashadi.

Siz o’rtacha necha soat uxlaysiz?

📟 DigiTech
👍82😁28🤯104🔥4👏4🤩2💯2🤓2
▪️Apple o’z sun’iy intellektini sinovdan o’tkazmoqda

Kompaniya allaqachon Apple Ajax nomini olgan til modellarini o’rganish tizimini ishlab chiqqan va uning asosida norasmiy ravishda Apple GPT deb ataladigan test chat-botini yaratgan. Aytishlaricha, u ChatGPT'ga juda o’xshash. Hozircha kompaniya ushbu sun’iy intellektni ommaga taqdim etishni rejalashtirmayapti.

Chatbot ilovasi o’tgan yil oxirida kichik muhandislar jamoasi tomonidan tajriba tariqasida yaratilgan. Lekin yaqingacha uni takomillashtirish jarayoni to’xtatilgan edi. U matnni umumlashtiradi va o’rgatilgan ma’lumotlar asosida savollarga javob beradi.

Apple sun’iy intellektlar poygasida qolib ketgan, boshqalarga yetib olishi uchun ancha harakat qilishi kerak.

📟 DigiTech
👍73🔥198👏4😇3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sizning dasturlash bo’yicha shaxsiy o’qituvchingiz: Code-Mentor neyrotarmog’i sizga har qanday kodni tahlil qilib beradi

Neyrotarmoq yangi dasturchi, tajribali koder va hatto 5 yoshli bolaga ham tushuntirib beroladi, lekin ingliz tilida. Sun’iy intellekt har bir kod qanday vazifani bajarishi va boshqa qanday holatlarda ishlatilishi mumkinligi haqida tushuntirish beradi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍634🔥4👨‍💻4👏3🤓31🎉1
🚀 NASA 10 kvintillion dollarlik oltinga to’la asteroidga kosmik kema yuboradi

Psyche-16 asteroidi taxminan oltin, temir, nikel va boshqa metallardan tashkil topgan. AQSh qonunchiligiga ko’ra, kompaniyalar samoviy jismlardan materiallar olish huquqiga ega, biroq ushbu NASA missiyasi ulardan foyda ko’rish maqsadida emas, balki o’rganishga qaratilgan.

Kosmik kema 5 oktyabr kuni asteroidga uchadi, u deyarli 180 million km masofani bosib o’tadi.

📟 DigiTech
👍127😇21🤯15🔥65👨‍💻5🤩4🎉21😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ilon Mask Twitterni X ga o’zgartiradi

Mask ijtimoiy tarmoq rebrendingini e’lon qildi va "bizni noyob qiladigan barcha kamchiliklarimizni o’zida mujassam etgan" deya yangi logotipning qisqa tizerini taqdim etdi. Shuningdek, tadbirkor ijtimoiy tarmoqning asosiy rangini ko’kdan qora rangga o’zgartirishni rejalashtirgan.

X Corp. — Ilon Mask shu yil tashkil etgan kompaniyadir.

📟 DigiTech
😇60👍46🤯13😡12👨‍💻54🔥4😁2💯2😨2👏1
🛼 Amerikaning RollWalk kompaniyasi har qanday krossovkaga oson o’rnatsa bo’ladigan elektr roliklarni chiqardi

Alyuminiylik og’irligi 2.1 kg bo’lgan moslamaga 300 vattlik motor va bir zaryadda 22 km yurishni ta’minlaydigan batareya o’rnatilgan, unda 32 km/soat tezlikkacha chiqish mumkin. IPX4 standartiga muvofiq namlikdan himoya mavjud va boshqaruv simsiz pult yordamida amalga oshiriladi.

AQSh'dagi narxi 569 dollar.

📟 DigiTech
👍74🔥19🤯87👏3😇3👨‍💻21😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xitoy kompaniyasi Go2 aqlli roboit sotuvini boshladi

Uning og’irligi 15 kg, bir zaryadda 2 soat ishlaydi, har xil vazifalarni bajaradi. U GPT bilan jihozlangan va egasi bilan muloqot qilishi mumkin. Shuningdek, roboit 12,6 km/soat tezlikka chiqa oladi, u yugurish mashqlarida hamroh bo’lishi mumkin.

Uning narxi 1600 dollar, Boston Dynamics'ning 75 000 dollarlik roboitidan ancha arzonroq.

📟 DigiTech
😁57👍32🔥7🎉3👨‍💻21😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’i rasmlarni jonlantirishni o’rgandi

Ushbu videodagi barcha qisqa videolar dastlab Midjourney generatsiya qilgan oddiy rasmlar edi.

Aytgancha, siz ham sinab ko’rishingiz mumkin, yangi akkauntlarga 100 soniyagacha video generatsiya qilish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍54🔥16116👨‍💻6👏2🤓2😡2
📷 Snapchat'ning AR bo’limi dizayneri Kayl Gudrich har qanday suratni real vaqtda yaxshiroq qilib beradigan kamera prototipini namoyish etdi

Kamera neyron tarmoqlar yordamida ishlaydi, olingan barcha fotosuratlar Stable Diffusion va ControlNet tomonidan qayta ishlanadi. Sozlamalardagi 30 ta uslubdan birini tanlab rasmga olish tugmasini bosish kifoya.

Kamera DreamGenerator deb ataladi. U ixchamligi va neyron tarmoqlardan foydalanish qulayligi bilan o’ziga jalb qiladi.

📟 DigiTech
👍49🔥103🤯2👨‍💻2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu fenakistiskop - harakatlanuvchi rasmlarni namoyish qilish uchun qurilma, uning ishi insonning ko’rish inertsiyasi fenomeniga asoslangan. U hozirgi GIF animatsiyalarga o’xshaydi.

Rasmning juda tez harakatlanishi tufayli bu pingvinlar qayoqqadir ketayotganga o’xshaydi.

📟 DigiTech
🤯80👍38👏10😨7🤩53🔥32🤔2😡2😍1
📱Apple butunlay ramkasiz iPhone tayyorlamoqda

Apple kompaniyasi Samsung Display va LG Display kompaniyalaridan ramkasiz OLED ekranlarga buyurtma berdi, deya xabar beradi manbalar. Bunday displeylarni ishlab chiqarish uchun kompaniyalar yupqa plyonkali inkapsulyatsiya (TFE) va ekran ostidagi old kamera (UPC) texnologiyalarini yangilashlari kerak.

Shu bilan birga, Apple juda chidamli shisha turidan tayyorlangan to’liq shishali korpusni ishlab chiqmoqda, u ramkasiz ekran bilan birlashganda iPhone'ni bitta qolipli oynaga o’xshatadi.

Bunday texnologiyalarni amalga oshirish uchun bir necha yillar ketadi, ramkasiz iPhone'larni balki 18 yoki 19-modellarida ko’ramiz.

📟 DigiTech
👍141😁3510🔥5😨4👏3🤯3👨‍💻3🤩2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏙️ Dunyodagi eng katta ofis binosi qurildi, u hatto Pentagondan kattaroq

Dunyodagi barcha olmoslarning qariyb 90 foiziga ishlov berilgan Hindistonning Surat shahrida, rekord darajadagi ofis binosi – Surat Diamond Bourse qurildi.

Yangi ochilgan olmos birjasi 14 gektardan ortiq maydonda qurilgan 15 qavatli majmuadir, deb yozadi CNN. 7,1 million kvadrat futdan ortiq maydonda u dunyodagi eng katta ofis binosi sifatida Pentagonni ortda qoldirdi.

Bu yerda 4700 dan ortiq ofis binolari mavjud bo’lib, 65 000 dan ortiq olmoslar bo’yicha mutaxassislar ishlashlari mumkin.

📟 DigiTech
🔥52👍37🤯73👏2💯2👨‍💻21🤝1😡1