AI | DigiTech
54K subscribers
2.92K photos
1.54K videos
2.65K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Smartfonlar uchun NotebookLM katta yangilandi: endi talabalar Google neyrotarmog’i yordamida dars paytida qulay foydalana olishadi.

Konspektning suratini, doskadagi yozuvlarni yoki butun ma'ruzaning ovozli yozuvini yuklash mumkin. Bir tugmani bosish orqali ulardan infografika tayyorlay olasiz.

Endi taqdimotlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefonda yaratish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏4316👍76💯2🤝2🔥1👨‍💻1🫡1
📲 Telegramda kirish kalitlari (passkey) yordamida tizimga kirish imkoniyati paydo bo’ldi — endi akkauntga SMS yoki elektron pochtasiz kirish mumkin.

Kalitlarni sozlamalar orqali faollashtirish mumkin: «Maxfiylik → «Kirish kaliti». PIN-kod yaratish va kalitni saqlaydigan parollar menejerini tanlash kerak.

📟 DigiTech
😨54👍3012🔥8👏21🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Optimus roboti tasodifan uni inson boshqarayotganini oshkor qilib qo‘ydi. Mayamidagi taqdimot paytida u qo‘llarini boshi atrofida harakatlantirdi-yu, so‘ngra yerga qulab tushdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buni tezda payqashdi: operator, ehtimol, VR ko’zoynakni boshidan yechgan-u, ammo robot boshqaruvini o‘chirishga ulgurmagan.

Qizig’i shundaki, bor-yo‘g‘i ikki oy oldin Ilon Mask «qarorlarni operator emas, sun’iy intellekt qabul qiladi» deb aytgan edi. Ammo, chamasi, haqiqat biroz boshqacharoq bo’lib chiqdi.

📟 DigiTech
😁11010💯6🤔3👍2🔥2👨‍💻1🫡1
🤖 Xitoydagi Midea kompaniyasi zavodlarda maishiy texnikalarni yig'adigan olti qo’lli «supergumanoid» robotni ishlab chiqdi.

Bunday konstruksiya insonning jismoniy cheklovlarini yengib o’tishi va ishlab chiqarish samaradorligini 30 foizga oshirishi va'da qilinmoqda. Bu robotlar shu oy oxiridan kir yuvish mashinalarini yig'ishni boshlashadi.

📟 DigiTech
👏34👍9😨65🤯2🔥1🫡1