AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ F1 muxlislari chiptalarni sotib olmay, yaqinda Las-Vegasda o’tkazilgan gran-pri'ni ko’cha kameralari orqali tomosha qilishdi.

Trassaning deyarli har qanday qismini real vaqt rejimida kuzatish imkoni bor edi. Shu bilan birga, oddiy tomoshabinlar tribunalarga kirish uchun kamida 300 dollardan to’lashgan.

Layfxakni eslab qoling: hozirgi kunda ko’pchilik yirik shaharlardagi ko’cha kameralariga, masalan, mana bu sayt orqali ulanish mumkin.

📟 DigiTech
😁6910👍9🤯7👏2💯2🔥1🫡1
📲 X (Twitter) ijtimoiy tarmog’ining so’nggi yangilanishida, rasmiy Xiaomi akkaunti iPhone orqali AQSh'dan turib ochilgani ma'lum bo’ldi :)

Kompaniyadagi kimlardir aniq ishdan haydaladigan bo’ldi.

📟 DigiTech
😁172👏8💯8👍43🔥2🤯2👨‍💻2🫡1
📲 Fokuschi erkak o‘z qo‘lining parolini unutib qo‘ydi. Uzoq vaqtdan beri fokuschi bo’lib ishlab kelayotgan Szi Ten Van qo‘liga boshqalarning smartfonlarini ochish imkonini beruvchi RFID chipini o’rnatishga qaror qilgan edi.

Ammo biroz vaqtdan so’ng chip faqatgina ayrim smartfonlarning parollarini topa olishi ma'lum bo’ldi. Shunda u bitkoin manzilini saqlash uchun chipni qayta dasturladi, keyin yana nimalardir o‘ylab topishga urindi, lekin... shunchaki chip parolini unutib qo’ydi.

📟 DigiTech
😁116👍177🤔3😢3🔥2👏2💯2🫡2👨‍💻1🤝1
📱Birinchi buklanadigan iPhone narxi 2400 dollardan boshlanishi mumkin. Bu uni Apple tarixidagi eng qimmat smartfonga aylantiradi.

Ushbu mablag' evaziga to‘rtta kamerali kitob shaklidagi smartfonni olasiz. Touch ID qaytadi va faqat ikkita rang — qora va oq ranglarda mavjud bo’ladi.

Buklanadigan iPhone 2026-yil sentyabr oyida namoyish etilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
😁57👍157👏6🔥3🤯2💯21😢1🎉1😡1
⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori.

Agar Ilon Maskning antennalari 400 Mbit/s gacha tezlikni ta'minlasa, Amazon 1 Gbit/s (sifatli optik tolali internet kabi) tezlikni taklif qilmoqda. Hozircha xizmat faqat ayrim biznes-mijozlar uchun sinov rejimida ishlamoqda, tijorat versiyasini esa 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.

Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganidan so‘ng, Starlink ham shunday yuqori tezlikni ta'minlashni va'da qilmoqda: ular orbitaga kelasi yili chiqarilishi kerak.

📟 DigiTech
👍71🔥12🤯96💯3🥰2👏2🫡21😢1👨‍💻1