⚡️Tez orada butun dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin.
Bunga neyron tarmoqlar sababchi: operativ xotira ma'lumotlar markazlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ommaviy ravishda sotib olinmoqda. Bu so’nggi bir yil ichida tezkor xotira narxining aql bovar qilmaydigan darajada 171% ga oshishiga olib keldi.
Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do’konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo’yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi.
Agar kompyuter yig’ishni o’ylab yurgan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti.
📟 DigiTech

Vaziyatni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham yomonlashtirishyapti: Samsung, Micron va SK Hynix DDR4’ni ishlab chiqarishdan shunchaki voz kechib, bor e'tiborini DDR5 va HBM’ga qaratishdi — ular ko’proq foyda keltiradi va neyron tarmoqlar hamda serverlar uchun aktiv sotib olinadi.
Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do’konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo’yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi.
Agar kompyuter yig’ishni o’ylab yurgan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti.
📟 DigiTech
🤯80👏18❤12👍10😢3🔥2💯2⚡1😁1🤓1🫡1
👨💻 Videoqo’ng’iroqlarni konspektlashtirish uchun mo’ljallangan Fireflies sun'iy intellekt startapi feyk loyiha sifatida boshlangan. Kompaniya ta'sischilari barcha videoqo’ng’iroqlarda qaydlarni qo’lda yozib borishgan.
Yigitlar loyihani bironta ham kod yozmay ishga tushirishgan. Ular o’zlari bot niqobida zum-qo‘ng‘iroqlarga qatnashib, barcha ma'lumotlarni yozib olishar va 10 daqiqa ichida qisqacha mazmunini yuborishar edi.
Faqat 100 dan ortiq videoqo’ng’iroqlardan so’ng, asoschilarda to‘laqonli dasturni ishlab chiqish uchun mablag' paydo bo’lgan va birinchi botni yaratishgan.
Hozirda Fireflies kompaniyasi 1 mlrd dollarga baholanib, unda haqiqiy sun’iy intellekt ishlaydi.

👍98😁52👏14❤11🔥5🤯5⚡3🫡2💯1🤝1
🧊 Antarktidada Yer yuzidagi eng qadimgi — yoshi taxminan 6 million yil bo’lgan muz qazib olindi.
Xalqaro olimlar guruhi Allan Hills hududida burg’ulash orqali namuna olishdi. U avvalgi rekorddan ikki baravar ko’proq yoshga ega va o’zida mayda havo pufakchalarini saqlaydi, bu aslida uzoq o’tmish atmosferasining «izlari»dir. Muz bo’lagi tahlili natijasida, o’sha paytda mintaqadagi harorat taxminan 10-14°C ga yuqori bo’lgani aniqlandi.
Bundan tashqari, hali yoshi aniqlanmagan ikkinchi namuna ham bor — unda deyarli gaz yo’q, yoshi esa yanada qadimiyroq bo’lishi mumkin.

👍84❤24⚡8🤯5🫡5🔥3👨💻3😨3💯2👏1
📰 Pokiston'ning eng nufuzli «Dawn» gazetasi maqola bilan birga ChatGPT xabarini ham qo’shib chop etib qo’ydi.
Gazetaning veb-saytidagi maqola o’zgartirilib, jurnalist uzr so’radi :)
📟 DigiTech
Ingliz tilidan tarjimasi: «Agar xohlasangiz, men birinchi sahifaning yanada ta'sirchan versiyasini tayyorlay olaman — e'tiborni tortadigan faktlar va infografika uslubidagi dadil maket bilan. O’quvchiga ta’sir qilish uchun juda mos. Bajaraymi?»
Gazetaning veb-saytidagi maqola o’zgartirilib, jurnalist uzr so’radi :)
📟 DigiTech
😁374👍10🤯8😢7❤5👨💻5🔥4🤓3👏2💯2🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Emirates aviakompaniyasining barcha samolyotlari Ilon Mask'ning Starlink sun'iy yo‘ldosh internetiga ulanadi, undan barcha yo’lovchilar bepul foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Tezlik hamma narsa uchun yetarli bo’lishiga va'da berishmoqda, Starlink o’rnatilgan birinchi reys esa shu yakshanba kuni ishga tushiriladi, shundan so’ng har oyda 14 ta samolyotni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan: Boeing 777'ga ikkitadan, Airbus A380'ga esa birdaniga uchtadan antenna qo’yiladi.
Barcha 232 ta samolyotga o’rnatish ishlarini 2027-yil o’rtalariga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

🔥69👍19❤10👏8🫡2⚡1💯1🤝1
AI | DigiTech
Photo
⚡️Grafik kartalar narxi ham «kosmosga» uchadi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AMD allaqachon hamkorlarini joriy avlod chiplarining barcha turlari narxi oshishi haqida xabardor qilgan, insayderlar esa NVIDIA ham 2026-yil boshida xuddi shunday qilishini aytishmoqda.
Narxlar kamida 20 foizga ko’tarilishi mumkin, bu barcha zamonaviy grafik protsessorlarda ishlatiladigan DRAM-xotira narxining oshishi bilan bog'liq.

😢58👏13❤10😨7🤯4😡3👍2🎉1💯1🫡1
👨💻 Gemini 3 Pro Preview chiqdi — AI Studio'da Google'ning yangi flagman modeli paydo bo’ldi.
Benchmarklarga ko’ra, u matematika va dasturlashda boshqa top chatbotlardan oldinda, matnlarni yaxshiroq tahlil qiladi va to’laqonli o‘yinlarni yarata oladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.

👏48👍12❤8🔥3🤯2💯2🤝1🫡1
📱Londondagi o’g’rilar o’g’irlangan smartfonlar iPhone emasligini bilishganidan so’ng, ularni qaytarib berishmoqda. London Centric nashri London aholisining shunday hikoyalari bilan bo’lishdi.
Nashr maqolasida telefonlari ko‘chada o’g’irlangan, biroq keyin qaytarib berilgan Android smartfon foydalanuvchilarining uchta hikoyasi keltirilgan.
O’g’rilardan biri smartonni qaytarib berayotganda to’g’ridan-to’g’ri: «Menga hechqanday Samsung kerak emas» deb aytgan.

😁237🔥7❤6🤯6🤓4🫡4👏3😡3👍2🤝2💯1
📚 Sevimli kitoblaringiz asosida aqlli xaritani tuzadigan va shularga o’xshash yana qaysi kitoblarni o’qish mumkinligini taklif qiluvchi BookGraph saytini topdik.
Shunchaki sevimli kitoblaringizni kiriting va ular o’rtasidagi janrlar, mavzular va mualliflar bo‘yicha o’zaro bog'liqlikni ko’rishingiz mumkin. Interfeys interaktiv: kutubxona xaritasini qidirish, filtrlash, vizual «varaqlash» mumkin. Undan foydalanish mutlaqo bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
Shunchaki sevimli kitoblaringizni kiriting va ular o’rtasidagi janrlar, mavzular va mualliflar bo‘yicha o’zaro bog'liqlikni ko’rishingiz mumkin. Interfeys interaktiv: kutubxona xaritasini qidirish, filtrlash, vizual «varaqlash» mumkin. Undan foydalanish mutlaqo bepul.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
⚡39👍16❤10🔥2👏2🤓2🫡2🤯1🤝1
⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine.
Qurilma 12 kg kiyimlar sig’imiga ega bo’lib, HyperOS tizimida ishlaydi. U yuqori haroratli bug‘li sterilizatsiyani, barabanni 95 darajali haroratda tozalashni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, mog'or hosil bo’lishini oldini oladigan antibakterial qoplama bilan jihozlangan.
Mavjud rejimlar orasida jun, ipak, sport va bolalar kiyimlari, puxli kurtkalarga mo’ljallangan dasturlar, shuningdek, «Yangilash» funksiyasi hamda bug‘li ishlov berish bor.

1🔥105❤23🤯17👍10⚡4👏3💯1🤝1🫡1
🚘 Porsche birinchi to’liq elektr Cayenne'ni birdaniga ikkita modifikatsiyada namoyish etdi: bazaviy va Turbo versiyada.
Cayenne 2026 Turbo modeli 1156 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. U 0-100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Bir zaryadda 623 kilometr masofani bosib o’tadi.
Turboning boshlang'ich narxi — 165 000 dollardan, yetkazib berish esa 2026-yilning yozida boshlanadi.

❤52👍24👏6🤯5⚡3🔥2😁2🎄2💯1🤝1🫡1
🔐 Zumerlar o’z akkauntlarini barchadan yomonroq himoya qiladi — «123456» hali ham hatto eng yosh foydalanuvchilar orasida ham eng mashhur parol bo’lib qolmoqda.
Zamonaviy auditoriya ko’pincha raqamlarning asosiy kombinatsiyasidan yoki oddiygina «password» so’zidan foydalanadi.
Milleniallar va kattaroq yoshdagilar orasida ham vaziyat yaxshi emas — ular shunchaki ko’pincha ismlarini parol sifatida qo’yishadi.

😁111👏11❤8👍7💯3🫡2⚡1🔥1🤔1🤓1👨💻1