AI | DigiTech
53.1K subscribers
2.94K photos
1.54K videos
2.67K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
👓 Garnitura qanday tuzilganligi ko’rsatilgan videolar. Qurilma cho’ntakka solib yuriladigan portativ batareyadan quvvat oladi.

Bir zaryadda qancha vaqt ishlashini hozircha aytishmadi, lekin loyihani ishlab chiqishda qatnashganlarning aytishicha — 2 - 3 soat ishlarkan.

📟 DigiTech
👍42😨7👏32🤩21🔥1🤔1
👨‍💻 15 dyuymli MacBook Air taqdim etildi

Kecha bo’lib o’tgan WWDC taqdimotida Apple kompaniyasi Liquid Retina displeyli 15.3 dyuym bo’lgan MacBook Air'ni namoyish etdi

Noutbukning qalinligi 11,5 mm bo’lib, kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, uni dunyodagi eng yupqa 15 dyuymli noutbukga aylantiradi. Qurilmaning og’irligi 1,4 kg.

Noutbuk sakkiz yadroli markaziy protsessorli M2 chipi (CPU) va o’n yadroli grafik protsessor (GPU) bilan jihozlangan.

Narxi 1299 dollardan boshlanadi. Iyun oyining o’rtalaridan sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
👍63🤯16👨‍💻973👏3💯2😨2🔥1🤔1🤓1
🛸 Ana bo’lmasa, sobiq Amerikalik razvedkachining ta’kidlashicha, razvedka AQSh Kongressidan "insonlarga tegishli bo’lmagan" texnologiyalarni yashiryapti

Devid Charlz Grushning so’zlariga ko’ra, o’nlab yillar davomida razvedkachilar parchalar va butun boshli NUJ qurilmalarini topishgan.

Sinov natijalari shuni ko’rsatadiki, topilgan qurilmalar atomlarning noyob joylashuvi va radiologik belgilarga ega.

Oxirgi paytlarda NUJ haqidagi xabarlar ko’payib boryapti.

*NUJ - no’malum uchar jismlar.

📟 DigiTech
😨121🤔32😁24👍23🤯8🤓322🔥2👨‍💻2💯1
🚘 Faraday Future startapi nihoyat FF 91 krossoverini sotishni boshladi, uning prototipi 2017 yilda namoyish etilgan edi. Mashina Ferrari, Maybach, Rolls-Royce va Bentley'ga raqobatchi sifatida ko’rilmoqda, ammo u elektromobil.

Mashina 1050 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 2,27 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi va akkumulyator 613 km quvvat zaxirasiga ega. Salonda 11 ta displey, shu jumladan orqa yo’lovchilar uchun shiftdan chiqadigan bitta displey, shuningdek, "vaznsiz effektli" o’rindiqlar mavjud.

Narxi oddiy versiyasi uchun 249 000 dollar va cheklangan 300 nusxada chiqariladigan eksklyuziv disklar bilan jihozlangan Futurist Alliance versiyasi uchun 309 000 dollar.

📟 DigiTech
👍67🤯137🔥75👏3🎉1😍1🤓1😨1
🖥️ Redmi hamyonbop G27Q o’yin monitorini chiqardi

U 165 Hz chastotali, 2560x1440 pikselli 27 dyuymli IPS panelga ega, shuningdek, HDR400 va 100% sRGB qamrovini qo’llab-quvvatlaydi. DisplayPort 1.4, HDMI 2.0, 3,5 mm va 65 Vt quvvatga ega USB-C mavjud, ular orqali noutbukni yoki gadjetlarni quvvatlantirish mumkin.

Xitoydagi narxi 196 dollar, juda zo’r narx, AliExpress'dan O’zbekistonga buyurtma qilinsa narxi deyarli o’zgarmaydi.

📟 DigiTech
👍101🔥126😁53😡3👏2🤩2😍2💯1😨1
🖼️ Google tadqiqotchilari matnli tavsifdan tasvirlar yaratuvchi neyron tarmoqni ishlab chiqishdi

Uni boshqa rasm generatsiya qiluvchi neyrotarmoqlardan asosiy farqi, u siz yuklagan rasm uslubidagi tasvirlarni yaratadi.

Ommaviy versiyasi chiqishi bilan kanalda e’lon qilamiz.

📟 DigiTech
👍57🤯22🔥84👨‍💻32👏2😁1🎉1😨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📷 Muhandis atrof-muhit tovushiga asoslanib surat yaratadigan kamera yasadi

Blind Camera oddiy kamera kabi ishlaydi: gadjetni suratga olmoqchi bo’lgan narsaga yo’naltirasiz va tasvir yaratish tugmasini bosasiz. So’ng kamera sun’iy intellekt orqali ovozni tahlil qiladi va tasvirni yaratadi. Uning old qismida karnayga o’xshash material bor, bu tovushlarni olish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi.

Buni yasagan odam avvalroq chiqqan obyektivsiz joylashuv ma’lumotlari asosida rasm yaratadigan kameradan ilhomlangan shekilli.

📟 DigiTech
🔥38👍24😨5😁311👏1🤔1🤝1
👨‍💻 ChatGPT ana endi haqiqiy dasturchilardek fikrlashni boshladi 😁

Dasturchi tanishlaringizga jo’nating.

Aytgancha, @TechChatGPT_bot endi oxirgi 5 daqiqadagi suhbatni eslab qoladi, ya’ni unga endi bir savolni qayta-qayta yozish shart emas.

📟 DigiTech
😁194👍34😇9🔥6👏6😡6🤯5🎉5👨‍💻3🤔1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛸 Xitoyning Shenzhen UFO Technology startapi muhandislari boshqariladigan uchar likopchani yasashdi

Bu narsa oltita propellerlarga ega bo’lib, u soatiga 50 km tezlashishi va 200 metr balandlikka ko’tarilishi mumkin. Kabina faqat bir kishi uchun mo’ljallangan, akkumulyatori esa taxminan 15 daqiqa parvozga yetadi.

Ular allaqachon xalqaro patent olishgan, lekin qachon va qanday narxda sotishni boshlashlari haqida hozircha aytishmadi.

AQSh razvedkachilari shu qurilmani ko’rib vahima qilishgan shekilli)

📟 DigiTech
😁80👍33🤯5🤓42🔥1👏1💯1👨‍💻1