AI | DigiTech
56.9K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Unitree kompaniyasi ekzoskelet orqali robotga odam kabi harakat qilishni o’rgatuvchi boshqarish tizimini namoyish etdi.

Bu tizim yordamida robotlar to’liq inson harakatini qaytarishadi.

📟 DigiTech
👏49👍8👨‍💻76💯3🔥21🤔1🫡1
⚡️Collins lug'ati 2025-yil so’zi sifatida «vayb kodlash»ni (vibe coding) tanladi.

Bu atama neyron tarmoqlardan foydalangan holda kodlashni anglatadi. Uni OpenAI asoschilaridan biri Andrey Karpati o’ylab topgan.

📟 DigiTech
🤓56👍20🤯74👏4😁2🔥1💯1🤝1
🦷 Britaniyaliklar tish emalini to‘liq tiklaydigan dunyodagi birinchi gelni yaratishdi.

Preparat bolalik davrida emal shakllanishi uchun mas'ul bo’lgan oqsillar asosida ishlab chiqilgan. Surilganidan so’ng, u tishlardagi mikro yoriqlarni to’ldiradi va so’lakdagi tarkibiy qismlar bilan reaksiyaga kirishib, regeneratsiya jarayonini boshlaydi — bir necha hafta ichida tish emali to’liq tiklanadi.

Gel allaqachon sinovlardan o’tgan va 2026-yilda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
1👏142👍2117🤯118🔥8💯2😁1😢1🫡1
⚡️Antarktida suvlarida ilgari fanga ma'lum bo’lmagan 30 ta jonzot topildi.

Ular orasida sferik shakli sabab «O’lim to'pi» laqabini olgan yirtqich Chondrocladia, zirhli tangachali Eulagisca qurti, dengiz yulduzlari, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarning yangi turlari mavjud.

Bundan tashqari, olimlar Osedax «zombi qurtlari» namunalarini yig’ishdi: bu tur allaqachon fanga ma'lum bo’lsa-da, u hali ham o‘rganish uchun qiziqarli hisoblanadi, chunki u og'iz va ichaksiz oziqlanadi — o’lik kitlar va boshqa umurtqali hayvonlarning suyaklaridagi oqsillarni simbiotik bakteriyalar yordamida parchalaydi.

📟 DigiTech
68👍41🔥12🤯6👏5😇3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Neuralink bemori samolyot modelini aqli bilan boshqarishni o’rgandi.

Aleks Konli orqa miya jarohati tufayli harakatlanolmay qolgan. Miyasiga o’rnatilgan chip tufayli u allaqachon robot qo’lni boshqarishga muvaffaq bo’lgan (boshqa bemor Nik Rey kabi), endi esa murakkabroq vazifalarga o’tdi — va ongini kontrollerga «ulash» orqali o’yinchoq samolyot parvozini boshqarishga muvaffaq bo’ldi.

Bugungi kunga qadar Neuralink 12 kishiga ushbu implantlarni o’rnatgan: ular o’z fikrlari orqali kompyuter o’yinlarini o'ynashmoqda va potensial ravishda har qanday elektronikani boshqarishlari mumkin.

📟 DigiTech
🤯60👍229🫡4👏32😁2🔥1💯1
AI | DigiTech
🎥 Coca-Cola bayram reklamasini yana neyron tarmoqlarda yaratdi. Videoni yaratish uchun 70 000 generatsiya va 100 kishining bir oylik mehnati kerak bo’ldi, klassik reklama uchun taxminan bir yil ketardi. O‘tgan yilgi versiyaga nisbatan sifat yaxshilanganiga…
⚡️Mutaxassislar Coca-Cola'ning sun’iy intellektda yaratilgan yangi reklamasida 46 soniyada yuk mashinalar 10 marta har xil mashinaga almashganini aniqlashdi — neyron tarmoq g‘ildiraklar soni va ularning yuk mashinalariga joylashishini tushunmagan.

📟 DigiTech
😁239🔥13👏117👍4🫡2🤯1💯1
⚡️Tezkor quvvatlash gadjetlar batareyasini o’ldirmaydi. Bloger ikki yil davomida 40 ta smartfondagi akkumulyatorlarni sinovdan o’tkazdi va natijalar bilan bo’lishdi:

- 500 sikldan so‘ng batareyalarning tez zaryadlanishdan yemirilishi sekin zaryadlanishga nisbatan atigi 0,5% ga ko‘p bo‘ldi;
- Quvvatni 30% dan 80% gacha bo‘lgan oraliqda saqlab turish o‘rtacha 3% atrofida sig'imni asrab qoldi;
- Agar iPhone'ni bir hafta rozetkaga ulangan holda qoldirsangiz, unga hech qanday zarar yetmaydi.

Qisqacha qilib aytganda, batareyalarni «asrab qolish» bo’yicha maslahatlar endi dolzarb emas. Zamonaviy gadjetlar zaryadlashni o’zi avtomatik ravishda boshqaradi va xizmat muddatini uzaytiradi.

📟 DigiTech
57👍45🔥15👏5🤯5🫡4👨‍💻2💯1
🚘 Tesla AQSh'da uch kundan yetti kungacha bo’lgan vaqtga elektromobillarni ijaraga berishni yo’lga qo’ydi, dastlabki ikki kun butunlay bepul yurish mumkin, to’lov uchinchi kundan boshlanadi.

Narx modelga qarab farq qiladi:
• Model 3/Y – kuniga $60
• Cybertruck – $75
• Model S/X – $90

Xizmat elektromobillar uchun soliq imtiyozlari bekor qilingani sababli sotuvlar pasayishi fonida joriy etildi. Narxga allaqachon barcha Supercharger stansiyalarida bepul quvvatlash va Full Self Driving ilg’or avtopilot tizimidan foydalanish imkoniyati kiritilgan, ijaraga olingandan so’ng esa bir hafta davomida avtomobil xarid qilish uchun chegirma taqdim etiladi.

📟 DigiTech
59👍45👏20🔥4👨‍💻41🥰1💯1
⚡️Brauzerdagi barcha onlayn reklamalarni olib tashlaydigan AdNauseam dasturi chiqdi.

Bu uBlock Origin forki bo’lib, u bannerlarni shunchaki bloklamaydi, balki ularni avtomatik ravishda bosib, reklama tarmoqlarini chalkashtiradi. Natijada faqat toza, hechqanday reklamasiz lenta qoladi. U tom ma’noda treking algoritmlarini buzadi.

👉 Bepul yuklab olish uchun havola.

📟 DigiTech
🤯52🔥19👍178🤝6🫡4😁3💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Dyusseldorfdagi REWE supermarketida CA-1 Series 4 — odamlar ishtirokisiz soatiga 120 ta taom tayyorlaydigan to’liq robotlashtirilgan oshxona ishga tushirildi.

U masalliqlarni bir necha daqiqada o’zi yig’ib, pishiradi va taomni uzatadi — jarayonda birorta ham odam ishtirok etmaydi. Robot soatiga 120 ta taom tayyorlay oladi va sifatni nazorat qiluvchi hamda oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiruvchi algoritmlardan foydalanadi.

Qurilma uzluksiz 24/7 rejimida ishlaydi (agar masalliqlar o‘z vaqtida to‘ldirilib turilsa). Menyuda makaron, pyure, qovurdoq, salatlar va boshqa taomlar bor, narxlar 6 yevrodan boshlanadi.

📟 DigiTech
👏40🔥11😁8🤯54👍4💯2
🚘 Kia o’zining Range Rover’ini chiqaradi — kompaniya Telluride yo’ltanlamasining yanada kattaroq bo‘lgan yangi avlodini namoyish etdi.

Salonda uch qator o’rindiqlar va katta displeylardan iborat monoblok mavjud. Tabiat qo‘ynida dam olish uchun esa yig’ma stol bor. Kutilayotgan narx — 40 000 dollar. Lekin V6 dvigateli qoladimi yoki yo’q hozircha noma'lum.

📟 DigiTech
👍751917🔥4😡4💯3😨3🫡2🥰1
🧠 Video o‘yinlar miya qarishini sekinlashtiradi: olimlar 1472 kishining miyasini o’rganishdi va kreativ faollik biologik yoshni kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi.

Geymerlarning miyasi ularning haqiqiy yoshidan o’rtacha 5-7 yilga yoshroq ekanligi aniqlandi. Tajriba doirasida professional bo’lmaganlar ham jalb qilinib, ular 30 soat davomida StarCraft II: Wings of Liberty o’yinlarini o’ynashdi. Natijada, ularning ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi.

O’yinlardan tashqari raqs, musiqa va tasviriy san'at ham yordam beradi.

📟 DigiTech
👏7216😁13🔥11👍8🤯5🫡3😡3👨‍💻2💯1
⚡️Qaysi mamlakatlarda odamlar eng ko’p va eng kam vaqt ishlashadi — 2025 yilgi reyting e'lon qilindi.

Statistik ma'lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab o’rtacha ish haftasi — 38.7 soatni tashkil qiladi.
Hammadan ko’proq Butanda ishlashadi, u yerda ish haftasi 54.5 soat, undan keyin Sudan (50.8 soat), Lesoto (50.2), Kongo (48.7) va BAA (48.4).

Eng qisqa ish haftasi esa Yaman (25.9 soat), Niderlandiya (26.8), Norvegiya (27.1) va Avstriyada (28.4) hisoblanadi.

O’zbekistonda haftasiga o’rtacha 40.4 soat ishlashadi.

📟 DigiTech
👍69😁3519🔥4😢2👨‍💻2💯1🤝1