AI | DigiTech
58.2K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.6K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Ilon Mask joriy yilning oxirigacha yangi Tesla Roadster'ni chiqarishga va'da berdi. Sportkarga oldindan buyurtmalar sakkiz yil oldin olingan, chiqarilish sanasi esa 2020-yilga va'da qilingan edi.

Mask'ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimot Tesla tarixidagi «eng esda qolarlisi» bo’ladi va yangilangan model qisman «ucha oladi»: bu yerda ehtimol, ikki soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soat tezlashuv nazarda tutilyapti.

Original Roadster — kompaniyaning 2008-yilda chiqarilgan birinchi avtomobili edi. Uni 2012-yilda ishlab chiqarishdan to’xtatishib, yangi flagman Model S ga almashtirishgandi, sportkarning ikkinchi avlodi esa 2017-yilda namoyish etilgan.

📟 DigiTech
🔥63👍1612🎉2💯2🫡2🥰1👨‍💻1
🧠 Olimlar miyani 10 yilga yoshartiradigan o’yinni topishdi — ha to’g'ri o’qidingiz, oddiy mini-o’yinlar to’plami miya hujayralarini tiklashi mumkin.

Katta tadqiqot uchun ikki guruh keksa odamlar jalb qilindi: birinchi guruh BrainHQ o’yinini o'ynashdi, ikkinchisi esa oddiy o’yin o’ynashdi. Ular kki hafta davomida kuniga muntazam yarim soat o’ynashdi, shundan so’ng subyektlar miya tekshiruvidan o’tkazildi.

Natijalar hayratlanarli bo’ldi: BrainHQ o’ynagan keksalarning miyalari tom ma'noda 10 yilga yoshardi. Aniqroq aytganda, diqqat, reaksiya vaqti va xotira uchun javobgar bo’lgan miya hududi.

Ilovani iPhone va Android qurilmalar uchun yuklab olish mumkin.

📟 DigiTech
👍6318😁8😨5👏3🫡2🔥1💯1
🏟️ Saudiya Arabistonida osmono‘par bino tepasida futbol stadioni qurishmoqchi. 350 metr balandlikda joylashadigan arena hali qurilmagan osmono’par shahar The Line'ning bir qismi bo’ladi.

Loyihaga ko‘ra, NEOM Sky Stadium 46 000 kishini sig‘dira oladi va to’liq qayta tiklanadigan energiyadan quvvat oladi. Qurilishni 2032-yilga yakunlash rejalashtirilgan, 2034-yilda esa u yerda hatto futbol bo’yicha jahon chempionati o’yinlarini o’tkazishni va'da qilishmoqda.

Biroq, na futbol muxlislari, na arxitektorlar loyihaga unchalik ishonishmayapti. Asosiy savollar: o’n minglab odamlar bir vaqtning o’zida qanday qilib u yerga chiqishlari va tushishlari, shuningdek, «The Line» shahrining qurilishi muddatining noaniqligidir.

📟 DigiTech
57🤯35👏15👍10😡8🔥3🫡3💯2😨2🤝1
🔋 BYD kompaniyasining bosh direktori o’z akkumulyatorlarining xavfsizligini isbotlash uchun investorlar yig'ilishida akkumulyator suyuqligini ichgan.

Uorren Baffet buni ko’rib, unga ishongan va kompaniyaga 232 million dollar sarmoya kiritgan. Ushbu voqea 2008-yilda sodir bo’lgan, ammo bu haqda ma'lumot endigina sizib chiqdi.

Atigi o’ttiz yil ichida BYD kichik akkumulyator zavodidan dunyodagi eng yirik elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchisiga aylandi va Tesla'ning global yetakchiligiga nuqta qo’ydi.

Kompaniya hozirda yiliga to’rt milliondan ortiq elektr va gibrid avtomobillarni sotmoqda, o’z mahsulotlarini 60 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilyapti va hatto Ilon Mask'ning kompaniyasi ham o’zining ayrim modellariga o'rnatishni boshlagan innovatsion Blade akkumulyatorlarini ishlab chiqaryapti.


📟 DigiTech
🔥10525👏15👍14🤯10💯3🫡2👨‍💻1
👨‍💻 Microsoft «Yangilash va o’chirish» tugmasi shu paytgacha kompyuterni o’chirish o’rniga uni qayta ishga tushirib kelganini tan oldi.

Bu xatolik 10 yil davomida, ya'ni Windows 10 chiqqanidan beri mavjud bo’lib, Windows 11 da ham saqlanib qolgan. Ular nihoyat 11-noyabr kuni chiqadigan yangilanish bilan ushbu xatoni tuzatishga va'da berishdi.

📟 DigiTech
😁118👏33🔥126👍4😡3💯2👨‍💻2🫡1
⚡️Deyarli 20 yil davomida qurilgan dunyodagi eng katta va eng qimmat arxeologik muzey Misr'da to’liq ochildi. Uning maydoni 70 ta futbol maydoniga teng bo’lib, butun loyiha qiymati 1 milliard dollardan oshadi.

Muzeyda 100 000 ga yaqin eksponatlar, jumladan Xufu'ning 4500 yillik dafn kemasi (dunyoda saqlanib qolgan eng qadimiy kemalardan biri) va Tutanxamon qabridan olingan xazinalarning toʻliq toʻplami mavjud boʻlib, birinchi marta to’liq yigʻildi — ilgari 5500 eksponatdan faqat 1850 tasini ko’rish mumkin edi.

Chet elliklar uchun chipta 30 dollar turadi.

📟 DigiTech
60👍35🤯16🔥72🤝2💯1
🐋 Grenlandiya kitlarida inson umrini uzaytirishi va saraton kasalligini davolashi mumkin bo’lgan oqsil topildi.

Yovvoyi tabiatda bu gigantlar 200 yildan ortiq yashaydi va ularning hujayralari soni juda ko’p bo’lishiga qaramay, saraton rivojlanish xavfi odamlarga qaraganda ancha past. Ma’lum bo‘lishicha, buning siri CIRBP nomli oqsilda, uning miqdori kitlarda boshqa sutemizuvchilarnikidan 100 baravar ko’proq: u past haroratlarda faollashadi va shikastlangan DNK'ning regeneratsiyasini kuchaytiradi.

Kit oqsili kiritilganidan so’ng, inson hujayralarida ham regeneratsiya va radiatsiyaga qarshilik kuchaydi. Olimlarning fikricha, bu kashfiyot saraton kasalligini davolashning yangi usullariga va qarishni sekinlashtirishga olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
🤓7425👍23😡1110🔥8👏5💯4😨3
⚡️Olimlar sun'iy intellekt yordamida ko’krak saratonini oldindan bashorat qilishni o’rganishdi: Clairity Breast oddiy rentgen natijalari yordamida saraton belgilarini aniqlay oladi.

Texnologiya birinchi alomatlar paydo bo'lishidan besh yil oldin kasallikning rivojlanish ehtimolini bashorat qila oladi. Bundan tashqari, qanday profilaktika turi yordam berishini ham darhol aniqlaydi.

Clarity Breast yaratuvchilari allaqachon FDA dan tasdiq olishgan. Tez orada texnologiya AQSh klinikalarida keng qo’llanilishi boshlanadi.

📟 DigiTech
47👍34🔥16👏53🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Coca-Cola bayram reklamasini yana neyron tarmoqlarda yaratdi.

Videoni yaratish uchun 70 000 generatsiya va 100 kishining bir oylik mehnati kerak bo’ldi, klassik reklama uchun taxminan bir yil ketardi.

O‘tgan yilgi versiyaga nisbatan sifat yaxshilanganiga qaramay, kompaniya baribir ba'zi kadrlarning «xunukligi» va «ijodiy qobiliyatsizlik» uchun tanqidlarga uchradi.

📟 DigiTech
👍87🤯23🥰13😁117🎄6👏5👨‍💻32🫡2💯1
⚡️Xitoyning Xpeng kompaniyasi odamlar uchishi mumkin bo’lgan dronga ega minivenlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Sotuvlar 2026-yildan boshlanadi.

Land Aircraft Carrier 1000 km gacha masofani bosib o‘ta oladigan gibrid dvigatelga ega, ikki o‘rindiqli kopter esa ham avtopilotda, ham qo’l rejimida ucha oladi, lekin unda faqat zarur infratuzilmaga ega hukumat tomonidan tasdiqlangan yo‘nalishlarda parvoz qilish mumkin.

To’liq texnik xususiyatlari hali ham sir saqlanmoqda, narxi esa 280 000 dollargacha bo’lishi va'da qilinyapti.

📟 DigiTech
1👍65🤯764🔥4🤝2🫡2👏1😢1
AI | DigiTech
⚡️Dunyodagi eng mashhur Luvr muzeyidan to’qqizta qimmatbaho buyumlar o'g'irlab ketildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Napoleon'ning shaxsiy kolleksiyasidagi buyumlar o‘g‘irlangan. O’g’rilar eski yuk lifti orqali binoga kirib, deraza oynalarini sindirib,…
🔐 Luvr videokuzatuv tizimlari oddiy «Louvre» paroli bilan himoyalangan bo’lgan.

2025-yilda ham Luvr'ning xavfsizlik tizimi jamoasi 2003-yilda sotib olingan dasturiy ta’minotdan foydalanishda davom etib kelgan. U Windows Server 2003 da ishlaydi va hatto ishlab chiquvchi ham uni ancha oldin qo’llab-quvvatlashni to’xtatgan.

2014-yilda o’tkazilgan auditlarda «jiddiy zaifliklar» va «kirish nazoratining yomonligi» haqida xabar berilgan, ammo hech narsa o’zgartirilmagan. Oxir-oqibat, o’g'rilar oddiygina yuk mashinasida kelib, yetti daqiqada qimmatbaho narsalarni o'g'irlab ketishgan — muzeyni qo’riqlash standarti oddiy eshik qulfidan zaifroq bo’lgan.

📟 DigiTech
😁184🔥108👍6😢5👨‍💻3💯2🫡2👏1
👨‍💻 Deyarli barcha vazifalarni sun'iy intellektga topshiramiz: top darajadagi Runable agenti chiqdi — u veb-saytlar yaratishi, tadqiqot o’tkazishi va hatto siz uchun ishlarni bajarishi mumkin.

SI agent har bir vazifa uchun eng mos modelni o’zi tanlaydi, masalan, video generatsiyasi uchun Veo 3.1. Uni ijtimoiy tarmoqlarga, elektron pochtaga, ish fayllari va messenjerlarga ulash mumkin.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥38👍177👏5🫡2🎄21💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyliklar dunyoda birinchi bo’lib orbitada tovuq qanotlarini qovurishdi — buning uchun maxsus kosmik pechni ishlab chiqishga to’g’ri keldi.

Oddiy pech u yerda ishlamaydi: tortishish kuchi yo’q bo’lgan sharoitda issiq havo bir nuqtada qotadi va oziq-ovqat bir tomondan yonadi, ikkinchi tomoni esa xom bo’lib qoladi.

To’g'ri pishishini ta'minlash uchun pechga maxsus ventilyatorlar, shuningdek, yog’ning butun stansiya bo’ylab tarqalishini oldini oluvchi murakkab filtrlash tizimi o’rnatildi.

📟 DigiTech
👏80😁3626👍15💯7🫡3🤔1