AI | DigiTech
58.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.6K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman o'zgartirdi. Rasmlarda uning to’liq ismi ko’rsatilgan.

Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko’p so‘zlarni qanday sig'dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g'alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so’ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta'minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o’zgartirdi.

Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi.

📟 DigiTech
😁20623👍7🔥7😡6🤯5🫡4👏3🤔3🎉2💯1
⚡️Xitoy hukumati The New York Times jurnalistlariga Tibet platosidagi quyosh elektr stansiyasiga kirishga ruxsat berdi. Bu dunyo bo’yicha eng balandda joylashgan yashil energiya obyektlari tarmog'idir.

Talatan quyosh parki dengiz sathidan deyarli uch kilometr balandlikda joylashgan 420 kvadrat kilometr maydonga o’rnatilgan panellarni o’z ichiga oladi.

Bu hammasi emas: 2028-yilgacha panellar maydonini ikki baravarga katallashtirishadi, 2030-yilga borib esa energiya ishlab chiqarish hajmi 5 baravarga oshadi. Hozirda ushbu quyosh panellari 17 GVt energiya ishlab chiqaradi — bu Chikagodagi barcha uylarni quvvatlantirish uchun yetarli.

Shuningdek, u Xitoy SI modellarini o’rgatish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar markazlarini ham quvvatlaydi.

📟 DigiTech
👍65🤯1713👏7💯32🔥2🤝2🫡2👨‍💻1
👨‍💻 Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi.

O’rnatilgan sovutgich sichqoncha korpusi haroratini 10,3°C gacha pasaytiradi, qishda esa 20°C gacha isitish imkoniyati ham mavjud. Star Flash Cool and Warm Gaming Mouse shuningdek, bir zaryadda 100 soat ishlaydi va RGB yoritish mavjud.

Xitoyda narxi — 62 dollardan.

📟 DigiTech
😁67👍32🔥139🤓4👏32💯1🤝1🫡1😡1
🥔 Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik bilmagan.

Kompaniya o'z logotipiga quyosh nuri va har bir ta'mning o'ramiga butun kartoshka tasvirini, shuningdek, «Haqiqiy kartoshkadan tayyorlangan» yozuvini qo’shadi — so'rovlar natijalariga ko’ra, iste'molchilarning 42 foizi buni bilishmagan.

Tarkibi ham o’zgaradi: makkajo’xori yog'i zaytun yoki avokado yog'iga almashtiriladi, AQSh'da esa qo’shimchasiga, sun'iy qo’shimchalar va rang beruvchilardan voz kechishadi.

📟 DigiTech
60👍26👏18😡10💯3🤓3😁1🫡1
⚡️Insayder Mark Gurman'ning xabar berishicha, Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinchi gadjetlar bo’ladi.

Taqdim etilishi mumkin bo’lgan qurilmalar: yangilangan MacBook Pro va iPad Pro. Ular bilan birga Vision Pro'ning yangi versiyasi ham chiqariladi.

Katta ehtimol bilan, taqdimot bo’lmaydi. Qurilmalar shunchaki kompaniya veb-saytida paydo bo’ladi.

📟 DigiTech
👏3418🔥74👍3🫡3🤓2👨‍💻1
👨‍💻 Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman to’xtatdi — bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi.

Kompaniya Windows 10 foydalanuvchilariga Windows 11'ga yangilashni tavsiya qilmoqda va agar ularning shaxsiy kompyuteri uni qo’llab-quvvatlamasa, yangisini sotib olishni maslahat bermoqda. AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlashni yana bir yilga uzaytirish uchun pullik variant ham mavjud — uning narxi 30 dollar.

📟 DigiTech
👍49🤯2353👏3🫡3👨‍💻2🤝2🔥1😡1
☀️ Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni tasdiqladi.

Olimlar 2001-yildan buyon 4 million o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo’lishicha, magnit bo’ronlari yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar orasida, ayniqsa, bahor va kuzda o‘lim darajasining oshishiga olib kelgan.

📟 DigiTech
38👍17😢6💯5🫡4👨‍💻3👏2🎉2🎄2🤓1🤝1
🚘 Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini ochadi — ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkonini beradi. Shunga o’xshash tunnellar Las-Vegasda 2021-yildan beri ishlaydi.

Dubai Loop uzunligi 17 kilometr bo’lib, 11 ta stansiyani o’z ichiga oladi va undan soatiga 20 000 kishi o’ta oladi. Tunnelning birinchi qismi 2026-yilning ikkinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha hukumatning shahar ko’chalaridagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi.

📟 DigiTech
166🔥29👏11👍86🤯3😁2🎉2
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi barcha Mercedes-Benz elektromobillari uchun qo’llanilishi mumkin.

Mashina zaryadi uzoqroq yetishi uchun o’rnatilgan quyosh paneli va SI yordamchi mavjud. Ichki saloni Art Deco uslubida ishlangan va boshqaruv panelida hech qanday raqamli ekranlar mavjud emas.

Avtomobil ommaviy ishlab chiqarishgacha yetib boradimi yoki yo’q hali aniq emas.

📟 DigiTech
👍7225🔥11🤓7👏65🫡3🤯2🎉2💯2🤝2