AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.71K photos
1.46K videos
2.46K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
💾 Samsung 512 TERABAYT hajmli SSD'ni chiqaradi.

Ushbu tezkor xotira yangi PCIe Gen6 standarti asosida ishlaydi, ma’lumotlar almashish tezligi 28 Gb/s gacha bo’lishini va'da qilishmoqda.

SSD 2027-yilda sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥88🤯25👏2111👍92😢2💯2
⚡️18 yoshli talaba oziq-ovqat fotosuratlari orqali kaloriyalarni hisoblaydigan ilovasidan allaqachon 30 million dollar ishlab topdi.

Dastur oziq-ovqat fotosuratlarini tahlil qilish uchun oddiy ChatGPT'dan foydalanadi, yigit shunchaki o’z dasturiga ChatGPT'ni ulab qo’ygan.

📟 DigiTech
👍169😁55🔥1813🫡10👏7🤯6👨‍💻32
📺 Zumerlar bepul televizorlarni chiqarishdi: Telly startapi barcha xohlovchilarga Smart TV tarqatmoqda. Lekin uni olgandan keyin kun bo’yi reklama ko'rishga to’g’ri keladi.

Qurilma xususiyatlari: asosiy ekrani 55 dyuymli 4K, video qo’ng’iroqlar uchun kamera, ovozli yordamchi va RGB yoritish tizimi mavjud. Uning pastida reklama uchun kichik ikkinchi ekran joylashgan.

Shartnomaga ko’ra, kompaniya kamera va mikrofon orqali «odamlar borligini» kuzatishi mumkin. Aytgancha, televizorni muntazam ravishda tomosha qilish kerak bo’ladi, aks holda 500 dollar jarimaga to’lashga yoki televizorni startapga qaytarishga to’g’ri keladi.

📟 DigiTech
😁111👍13😡108🤯5🤔42💯2🎉1👨‍💻1🎄1
📱Yaponiyaning Toyoake shahrida smartfondan kuniga ikki soatdan ortiq foydalanish taqiqlandi.

Cheklov faqat bo'sh vaqtga taalluqlidir — o’qish va ish uchun gadjetdan foydalanishda cheklov yo’q. Shuningdek, maktab o’quvchilariga telefonlarini soat 21:00 dan keyin o’chirishni tavsiya etuvchi varaqalar tarqatildi.

Huquqbuzarlik uchun jarimaga tortish hozircha rejalashtirilmagan, biroq rasmiylar uyqu va oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun ushbu eksperimentga qo’shilishni tavsiya qilishmoqda.

📟 DigiTech
👏67🤯44👍14124🔥3👨‍💻3😁2💯1🤝1
👨‍💻Yangi Claude Sonnet 4.5 uzluksiz 30 soat davomida kod yozishi mumkin, bu Anthropic neyron tarmoqlari orasidagi avvalgi rekorddan to’rt baravar ko’proqdir.

Bu vaqt ichida model 11 000 qator koddan iborat Slack klonini yaratdi. Sonnet 4.5 vazifani faqat bajarilgan deb hisoblagandagina kod yozishni to’xtatdi.

Dasturchilar, endi shoshilinch dedlayn vaqtida sizga nima yordam bera olishini bilasiz :)

📟 DigiTech
👍379👏53🔥2🤯2💯2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sora 2 chiqdi: modelga juda realistik videolar yaratish va ovoz generatsiya qilish o’rgatildi.

Neyron tarmoq fizika qonunlarini yaxshiroq tushunadi va birinchi Sora bilan solishtirganda, nozik detallar va dinamik sahnalarni yaxshiroq generatsiya qiladi. Uning asosiy xususiyati — odamlarni va hatto hayvonlarni eslab qolish qobiliyatidir.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Agar sizning hududingizda hali mavjud emas deb yozsa, VPN'dan foydalanib kiring.

📟 DigiTech
👍31👏87😁32🤓2💯1👨‍💻1🤝1
🧠 Tadqiqot: Yoshlarda miya faoliyati 10 yil ichida ikki baravarga yomonlashgan va buning aniq sababini hech kim bilolmayapti.

Olimlar 2013-yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda 4,5 million kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi va deyarli har bir inson xotirasi, reaksiya vaqti va kognitiv qobiliyatlari pasayganini aniqlashdi.

Bunda gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va siyosiy vaziyat sababchi bo’lishi mumkin deb taxmin qilishmoqda — stress va qaror qabul qilish qiyinligi tobora ortib bormoqda.

📟 DigiTech
😁38💯14😢12🤔73👨‍💻3👍21