AI | DigiTech
52.5K subscribers
2.7K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 NASCAR haydovchisi 320 km/soat tezlikda devordan yurib epik halokatga uchradi.

Kanzasdagi trassada antiqa avariya yuz berdi: poygachi Zayn Smit juda katta tezlikda harakatlanayotgan edi, ammo raqib uni devorga qisib qo’ydi. Zayn ham bo’sh ketmay, gazni kuchliroq bosdi va devorga chiqib ketdi, poygachi jarohat olmadi, ammo u uchun poyga tryukdan so’ng tugadi.

📟 DigiTech
🤝52🤯24🫡11😁6👍54🔥4👏41
💾 Samsung 512 TERABAYT hajmli SSD'ni chiqaradi.

Ushbu tezkor xotira yangi PCIe Gen6 standarti asosida ishlaydi, ma’lumotlar almashish tezligi 28 Gb/s gacha bo’lishini va'da qilishmoqda.

SSD 2027-yilda sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
🔥83🤯21👏1911👍92😢2💯2
⚡️18 yoshli talaba oziq-ovqat fotosuratlari orqali kaloriyalarni hisoblaydigan ilovasidan allaqachon 30 million dollar ishlab topdi.

Dastur oziq-ovqat fotosuratlarini tahlil qilish uchun oddiy ChatGPT'dan foydalanadi, yigit shunchaki o’z dasturiga ChatGPT'ni ulab qo’ygan.

📟 DigiTech
👍141😁33🔥1712🫡10👏6🤯4👨‍💻31
📺 Zumerlar bepul televizorlarni chiqarishdi: Telly startapi barcha xohlovchilarga Smart TV tarqatmoqda. Lekin uni olgandan keyin kun bo’yi reklama ko'rishga to’g’ri keladi.

Qurilma xususiyatlari: asosiy ekrani 55 dyuymli 4K, video qo’ng’iroqlar uchun kamera, ovozli yordamchi va RGB yoritish tizimi mavjud. Uning pastida reklama uchun kichik ikkinchi ekran joylashgan.

Shartnomaga ko’ra, kompaniya kamera va mikrofon orqali «odamlar borligini» kuzatishi mumkin. Aytgancha, televizorni muntazam ravishda tomosha qilish kerak bo’ladi, aks holda 500 dollar jarimaga to’lashga yoki televizorni startapga qaytarishga to’g’ri keladi.

📟 DigiTech
😁41👍7🤯5😡32🤔21🎉1💯1👨‍💻1🎄1