AI | DigiTech
51K subscribers
2.62K photos
1.44K videos
2.38K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi.

Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.

Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.

📟 DigiTech
👏5720👍14🔥4🤝21💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlarga stol tennisi o'ynash o’rgatildi — endi ular ketma-ket yuz martadan ortiq zarbalar berishi va hatto odamlar bilan bir darajada tennis o’ynashlari mumkin.

Berklidagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari maxsus neyroalgoritmni ishlab chiqishdi, uning yordamida robotlar to’pning trayektoriyasini tahlil qiladi va birdaniga butun o’z tanasining harakatlarini hisoblab chiqadi.

Gumanoidlar allaqachon boshlang'ich tennischilarni shug’ullantirish uchun ishlatilishi mumkin va kelajakda ularni professionallar darajasiga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍35😨149🔥31👏1😁1👨‍💻1🤝1🫡1🎄1
🤖 Seul shahar bog’larida robot axlat qutilari paydo bo’ldi, ular o’zlari oldingizga keladi — buning uchun QR kodni skanerlash va bir necha daqiqa kutish kifoya.

Botlar yomon hidli va tez to’lib ketadigan axlat qutilari bilan bog’ ko’rinishini buzmaslik uchun ishga tushirildi, bonus sifatida ular ma’muriyatga favqulodda vaziyatlar haqida xabar berib, hududni patrul qilishadi.

📟 DigiTech
👍70👏2016🤓63🔥3🤯2🫡2🎉1💯1
⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlari tarkibidagi mashhur qo’shimcha miya qarishini tezlashtirishi va demensiya xavfini oshirishi aniqlandi.

Olimlar sakkiz yil davomida doimiy shakarni o’rnini bosuvchi qo’shimchalar qo’shilgan mahsulotlarni iste’mol qilib kelgan 12 000 kishini kuzatishdi va natijalar dahshatli bo’lib chiqdi:
— xotira, nutq va kognitiv funksiyalar yomonlashdi;
— miya 62 foizga tezroq qaridi, insult va demensiya xavfi uch barobarga ortdi;
— to’yinganlik signallari buzilgan, shu sabab odamlar tez-tez ovqatlanib, vazni ortib borgan.


Mutaxassislar aspartam, saxarin, kaliy asesulfam, eritritol, ksilitol va sorbitoldan voz kechishni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
🤯531913👍7🤔2🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️ Istalgan ovozni bepul klonlaymiz — Chatterbox Multilingual neyron tarmog‘i chiqdi.

— Qisqa yozuvdan ovozni klonlay oladi;
— Har qanday matnni his-tuyg'ulari bilan ovoz beradi, buning uchun maxsus sozlamalar kiritilgan;
— 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi;
— Asosiysi undan foydalanish bepul.

Onlayn demo versiyasidan foydalanishingiz yoki GitHub'dan kompyuteringizga o’rnatib olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍25👏119🔥32💯1🤓1👨‍💻1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Dreame o’zi zinalardan chiqa oladigan tank changyutgichni namoyish etdi.

Yangi Dreame Cyber ​​​​X maxsus harakatlanish platformasi bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida qurilma 25 sm balandlikdagi zinalarga chiqa oladi. O’rnatilgan datchiklar qadamlarning o’lchamlari va qiyaligini hisoblaydi. Ko’tarilganidan so’ng, changyutgich «oyoqlaridan» ajraladi va tozalashni davom ettiradi.

Narxi va chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas.

📟 DigiTech
🔥3612👍12👏42😢1
🚘 Avtomobillar uchun «MagSafe»: Porsche dunyoda birinchi bo’lib simsiz zaryadlash funksiyasi mavjud seriyali elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Kichik stansiya garaj yoki to'xtash joyidagi yerga o’rnatiladi va avtomobilni pastki qismdagi energiya qabul qiluvchisi orqali zaryadlaydi. Texnologiya Porsche Cayenne 2026'da paydo bo’ladi, zaryadlash quvvati esa 11 kVt bo‘lishi va'da qilinmoqda — elektromobillar uchun oddiy (tezkor bo’lmagan) zaryadlovchi bilan deyarli bir xil.

📟 DigiTech
56🔥1916👍8👏6💯1👨‍💻1🫡1
⚡️Uber Hindistonda taksi haydovchilariga sun’iy intellektni o’rgatish ishini taklif qildi.

Endilikda haydovchilar buyurtmalardan bo’sh vaqtlarida to’g’ridan-to‘g‘ri Uber ilovasida SI'ga matn va obyektlarni tanib olishni o’rgatishlari, kvitansiyalarni shifrlashlari va turli iboralarga ovoz berishlari mumkin.

Vazifalarning murakkabligiga qarab, ular soatiga 20 dan 200 dollargacha olishlari mumkin, ma'lumotlar esa SI modellarini ishlab chiqish va boshqa kompaniyalarga sotish uchun ishlatiladi.

📟 DigiTech
👍69😁25👏134💯2🤝2🫡21🔥1
⚡️72 ta foydali neyron tarmoqlar ro’yxati.

Tasvir va video generatorlari, matnlar, kodlar, eslatmalar, jadvallar va hattoki loyihalarni boshqarish bo’yicha neyrotarmoqlar mavjud.

📟 DigiTech
🔥39👍1810🤝32💯2🫡1
🚘 Porsche kompaniyasi tarixdagi eng kuchli 911 — 701 ot kuchiga ega va 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadigan 2026 Turbo S gibridini namoyish etdi.

Kupe va kabriolet 322 km/soat tezlikka erisha oladi, Nyurburgring trassasidagi burilishni boshqa Porsche'larga qaraganda 14 soniya tezroq yurib o’tadi.

Kupe narxi 234 000 yevrodan, kabriolet esa 246 000 yevrodan boshlanadi.

📟 DigiTech
48👍24🤝86🎉2💯1
👨‍💻 Xaker Burger King'ni «admin» paroli bilan buzib kirdi — u to’g’ridan-to’g’ri kompaniya veb-sayti kodida saqlangan.

Xaker 30 mingta Burger King filiallaridan istalganida muassasalarning ichki tarmog‘iga ulanish, mijozlar buyurtmalarini ko’rish va musiqani boshqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Aytgancha, ushbu xaker bir oy oldin McDonald's bosh sahifasiga Shrekni joylagan BobDaHacker bo’lib chiqdi.

📟 DigiTech
😁135👏1211🔥5👍4🫡4🤓3👨‍💻21💯1🤝1
🚘 Mercedes kompaniyasi bir metr uzunlikdagi ekran o’rnatilgan va ChatGPT, Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt yordamchisiga ega elektromobil GLC'ni chiqardi.

Unga umumiy quvvati 489 ot kuchi bo’lgan ikkita dvigatel o’rnatilgan. 100 km/soat tezlikka 4,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 713 km masofani bosib o’tadi.

Sotuvlar 2026-yilning yanvaridan, narxi esa 60 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍214👏3🤓21😢1💯1🤝1🫡1