AI | DigiTech
51.4K subscribers
2.6K photos
1.44K videos
2.38K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Labubu o’yinchog’ini o’ylab topgan odam sayyoramizning 100 ta eng boy odamlari qatoriga kirdi.

Hozirda Van Ning'ning boyligi 27,6 milliard dollarga baholanmoqda, shundan 20 milliardini u birgina shu yilning o’zida ishlab topgan.

Endilikda tadbirkor milliarderlar ro’yxatida 79-o’rinni va yil boshidan beri eng tez boyigan biznesmenlar orasida 9-o’rinni egallab turibdi. O’yinchoqlarni uning Pop Mart kompaniyasi ishlab chiqaradi, kompaniyaning 18 mamlakatda 571 ta do’konlari mavjud.

📟 DigiTech
🔥52🤯2616👏12😁11👍8🤓5😨42🫡2
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi.

Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi.

Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi.

📟 DigiTech
👏5219👍14🔥4🤝21💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robotlarga stol tennisi o'ynash o’rgatildi — endi ular ketma-ket yuz martadan ortiq zarbalar berishi va hatto odamlar bilan bir darajada tennis o’ynashlari mumkin.

Berklidagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari maxsus neyroalgoritmni ishlab chiqishdi, uning yordamida robotlar to’pning trayektoriyasini tahlil qiladi va birdaniga butun o’z tanasining harakatlarini hisoblab chiqadi.

Gumanoidlar allaqachon boshlang'ich tennischilarni shug’ullantirish uchun ishlatilishi mumkin va kelajakda ularni professionallar darajasiga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
👍33😨129🔥31👏1😁1👨‍💻1🤝1🫡1🎄1
🤖 Seul shahar bog’larida robot axlat qutilari paydo bo’ldi, ular o’zlari oldingizga keladi — buning uchun QR kodni skanerlash va bir necha daqiqa kutish kifoya.

Botlar yomon hidli va tez to’lib ketadigan axlat qutilari bilan bog’ ko’rinishini buzmaslik uchun ishga tushirildi, bonus sifatida ular ma’muriyatga favqulodda vaziyatlar haqida xabar berib, hududni patrul qilishadi.

📟 DigiTech
👍63👏1713🤓53🔥3🤯2🫡2🎉1💯1
⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlari tarkibidagi mashhur qo’shimcha miya qarishini tezlashtirishi va demensiya xavfini oshirishi aniqlandi.

Olimlar sakkiz yil davomida doimiy shakarni o’rnini bosuvchi qo’shimchalar qo’shilgan mahsulotlarni iste’mol qilib kelgan 12 000 kishini kuzatishdi va natijalar dahshatli bo’lib chiqdi:
— xotira, nutq va kognitiv funksiyalar yomonlashdi;
— miya 62 foizga tezroq qaridi, insult va demensiya xavfi uch barobarga ortdi;
— to’yinganlik signallari buzilgan, shu sabab odamlar tez-tez ovqatlanib, vazni ortib borgan.


Mutaxassislar aspartam, saxarin, kaliy asesulfam, eritritol, ksilitol va sorbitoldan voz kechishni maslahat berishadi.

📟 DigiTech
🤯491712👍6🤔2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️ Istalgan ovozni bepul klonlaymiz — Chatterbox Multilingual neyron tarmog‘i chiqdi.

— Qisqa yozuvdan ovozni klonlay oladi;
— Har qanday matnni his-tuyg'ulari bilan ovoz beradi, buning uchun maxsus sozlamalar kiritilgan;
— 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi;
— Asosiysi undan foydalanish bepul.

Onlayn demo versiyasidan foydalanishingiz yoki GitHub'dan kompyuteringizga o’rnatib olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍13👏62🔥21💯1🤓1👨‍💻1🫡1